Dunyodagi global iqtisodiy o'zgarishlarning O'zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri


iqtisodiy oʻsish 1,5% gacha pasayishi


Download 101.61 Kb.
bet2/4
Sana14.10.2023
Hajmi101.61 Kb.
#1703753
1   2   3   4
Bog'liq
Презентация (1)

iqtisodiy oʻsish 1,5% gacha pasayishi prognoz qilingan. Oʻz navbatida, bu holatning taʼsiri mamlakatlar uchun judayam kuchli va davomli boʻlishi mumkinligi aytilmoqda.
  • Umuman olganda, global iqtisodiyotdagi mazkur salbiy tendensiyalar oqibatlari globallashgan iqtisodiyotning bir qismi sifatida Oʻzbekistonga ham oʻz taʼsirini koʻrsatishi tabiiy. Garchi, Oʻzbekiston rivojlangan davlatlar singari bir-biri bilan oʻzaro bogʻliqlik darajasi yuqori boʻlmasa-da, ularda boʻlayotgan jiddiy oʻzgarishlar mamlakat iqtisodiyotiga oʻz taʼsirini oʻtkazmasdan qolmaydi.
    • Jumladan, Xitoy Oʻzbekistonning eng katta savdo hamkori hisoblanib, Xitoy bilan tashqi savdo aylanmasi 2019-yilda 7,6 mlrd. dollarni (umumiy tashqi savdo aylanma hajmiga nisbatan - 18,1%), eksport- 2,5 mlrd., import – 5,1 mlrd.dollarni tashkil etgan.
    • Xitoydagi energoresurslarga boʻlgan talabning kamayishi, Oʻzbekistonning Xitoyga amalga oshirayotgan eksportini, shu jumladan tabiiy gaz eksporti hajmining kamayishiga olib keladi. Oʻzbekistonning eksport tarkibida energiya manbaalari va neft mahsulotlari (yaʼni tabiiy gaz) 3-oʻrinda (14,1%) turishini, Xitoyga jami eksport hajmining 36,4%i energiya manbaalari va neft mahsulotlari hisobiga toʻgʻri kelishini hisobga olib, xulosa qilish mumkinki, bu holat Oʻzbekistonga valyuta tushumining qisqarishiga olib keladi.
    • Shuningdek, Xitoydan kelayotgan xom-ashyo va butlovchi qismlarning kamayishi, transport xarajatlarining oʻsishi, ishlab chiqarish taʼminotidagi uzilishlar Oʻzbekistonning sanoat sohasiga jiddiy zarar keltirishi ehtimoldan xoli emas. Sababi, Oʻzbekiston sanoati uchun zarur boʻlgan mashina va asbob-uskunalar importi umumiy import hajmida Xitoyning ulushi 30,9%ni tashkil etadi, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlarning importi hajmida ham Xitoyning ulushi eng katta koʻrsatkich (24,0%) hisoblanadi. Shu va boshqa sabablar, Oʻzbekistonda mazkur vaziyat yuzasidan boʻlgan qisqa muddatli muhim choralarni koʻrish ehtiyojini tugʻdirmoqda. Buning uchunbirinchidan, fiskal va pul-kredit siyosatni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash va mamlakatdagi tarkibiy islohotlarni kuchaytirish lozim.
    • Mazkur choralar iqtisodiy oʻsishni barqarorligiga, isteʼmolchilar va investorlarning ishonchini oshirishga va noaniqlikni kamaytirishga yordam beradi.
    • Ikkinchidan esa, korxona va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini mustahkamlashga qaratilgan choralar, jumladan soliq stavkalarini maʼlum muddatga kamaytirish, “soliq taʼtillari”, “soliq kreditlari”ni taqdim qilish va uzoq muddatda qaytarish imkoniyatini yaratish, QQSni tezkor qaytarish mexanizmlarini joriy etish choralarini koʻrish maqsadga muvofiq. Naqd pul oqimi bilan bogʻliq muammolarga duch kelayotgan korxonalarga, ayniqsa kichik va oʻrta korxonalarga yordam berishga banklar tomonidan imkon berilishi lozim. Zarar koʻrishi ehtimoli boʻlgan hududlar va tarmoqlar uchun energiya manbalari narxini pasaytirish choralari koʻrilishi lozim.
    • Shu bilan birga, 9-mart kuni dunyo neft bozorida yana bir jiddiy vaziyat yuzaga kelib, neftning narxi oʻzining 2014-yildan keyingi eng past darajani qayd etdi. Ushbu holat neftga boʻlgan global talabning tushib ketishi ortidan neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEC) va Rossiya neft qazib chiqarishni (taklifni) kamaytirish boʻyicha kelishuvga erisha olmagani oqibatida yuzaga keldi.
    • Mazkur vaziyat ortidan Rossiya yetakchi kompaniyalari, jumladan “Gazprom”, “Lukoyl”, “Rosneft”, “Sberbank”, “X5 Retail Group”, “Novatek”, “Severstal” va boshqalar aksiyalari narxlari London birjasida keskin tushib ketdi. Jahon neft narxlarining pasayishi fonida Rossiya rubli pasayishni boshladi - dollar 72 rublga, yevro esa 82 rublga koʻtarildi.

    Download 101.61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling