Dunyodagi global iqtisodiy o'zgarishlarning O'zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri


Download 101.61 Kb.
bet3/4
Sana14.10.2023
Hajmi101.61 Kb.
#1703753
1   2   3   4
Bog'liq
Презентация (1)

Rossiya rublining kuchsizlanishi – soʻmning almashuv kursini kuchaytirishi, bu esa, Rossiya bozorida Oʻzbekiston eksport mahsulotlarining qimmatroq boʻlishiga va mahalliy eksportyorlarning daromadlari kamayishiga, oʻz navbatida, bu ham Oʻzbekistondagi valyuta hajmini kamayishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin.

  • Rossiya rublining kuchsizlanishi – soʻmning almashuv kursini kuchaytirishi, bu esa, Rossiya bozorida Oʻzbekiston eksport mahsulotlarining qimmatroq boʻlishiga va mahalliy eksportyorlarning daromadlari kamayishiga, oʻz navbatida, bu ham Oʻzbekistondagi valyuta hajmini kamayishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin.
  • Shuningdek, Rossiya iqtisodiyotining sustlashishi oqibatida, Oʻzbekistonlik migrantlarning mamlakatimizga keltirayotgan 3,4 mlrd.dollarlik (YAIMga nisbatan 5,9 foiz) foydasining qisqarishiga olib kelishi ham mumkin.
  • Aholi umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan keladigan daromadlar 25,3%ni tashkil etishini hisobga olganda, mazkur vaziyat Oʻzbekistonda aholining yashash darajasiga ham maʼlum darajada taʼsir koʻrsatishi mumkin.
  • Buning uchun, iqtisodiy faollikni ragʻbatlantirish va bandlikni qoʻllab quvvatlash choralarini koʻrish maqsadga muvofiq. Jumladan, kichik tadbirkorlikni moliyalashtirishni kengaytirish, berilayotgan kreditlar imtiyozli davrini uzaytirish lozim.
  • Barcha ruxsat beruvchi va byurokratik tartib-tamoyillarga maʼlum muddat moratoriy eʼlon qilish, tadbirkorlik faoliyatidagi vujudga kelayotgan toʻsiq va muammolarni tezkorlik bilan hal etish, bandlikni taʼminlash boʻyicha keskin choralar koʻrish, qisqa muddatli ish oʻrinlari tashkil etilishini ragʻbatlantirish lozim.
  • Mazkur koʻriladigan choralar, tashqi global iqtisodiy oqibatlarni Oʻzbekistonga taʼsirini kamaytirish, iqtisodiy vaziyatni muvozanatlashtirish uchun xizmat qiladi.

Shu oʻrinda taʼkidlash lozim, koʻpgina davlatlarning markaziy banklari asosiy foiz stavkalarini tushirishi moliyaviy sektorda emas, balki iqtisodiyotning real sektorida investitsion jozibadorlikni oshirishga qaratilgan. Agar 2008-yildagi tajribadan kelib chiqsak, oʻsha paytdagi ushbu vaziyat kapital oqimning rivojlangan davlatlardan rivojlanayotgan davlatlarga (Xitoyga) qarab harakatlanganligi kuzatilgan. Shu sababdan, Oʻzbekistonning ayni paytdagi vaziyatdan foydalanib qolish imkoniyati mavjudligini inobatga olib, qulay investitsion muhitni yaratishga katta eʼtibor qaratishinvestitsion jozibadorlikni oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 101.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling