Ushbu jadvalda Markaziy bank tomonidan o’tkazilgan matbuot anjumanida 2022-yil yakuniga ko’ra inflatsiya darajasi 12. 5% atrofida bo’lishi, 2023-yilda esa 5% gacha pasayishi prognoz qilindi. Mos ravishda yaim 5


Download 0.87 Mb.
Sana23.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1389230
Bog'liq
Mengnarov Javohir


1-jadval

Ushbu jadvalda Markaziy bank tomonidan o’tkazilgan matbuot anjumanida 2022-yil yakuniga ko’ra inflatsiya darajasi 12.5% atrofida bo’lishi, 2023-yilda esa 9.5% gacha pasayishi prognoz qilindi. Mos ravishda YAIM 5.8%, 2023- yilda 5% bo’lishi kutilyotganligi tasvirlangan.
2-jadval

Ushbu jadvalda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish maqsadida kelgusi yilida 22 ta qishloq va mahallalar tanlab olinib, ularda 326,7 mlrd so’mlik qurilish-montaj ishlarini bajarish ko’zda tutilgan. Yani bunda 361,4 km avtomobil yo’llari, 242 km ichimlik suv tarmoqlari, 24.5 km gaz tarmoqlari, 364 km elektr tarmoqlari kengaytirilishi bo’yicha bajariladigan ishlar ko’rsatilgan.

1-diagramma



Ushbu diagrammada yalpi xududiy mahsulot ishlab chiqarish hajmi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi hamda xizmatlar hajmini hisoblab chiqib uyushmagan yoshlarni ishga jalb qilish nazarda tutilgan. Yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish hajmi 54.8 trln so’mni tashkil etishi va o’sish sur’ati 105.6 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 94.7 trln so’mga va o’sish sur’ati 107.3 foizga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 12.7 trln so’mga va o’sish sur’ati 102.8 foizga hamda xizmatlar hajmi 11,1 trln so’mga va o’sish sur’ati 150 foizga o’sishga erishganligi tasvirlangan.
2-diagramma

Ushbu diagrammada 2021-yilda 756km ichki yo’llar ta’mirlanib, 14 foiz ichki yo’llarni axvoli yaxshilanganligi; 232 km ichimlik suv tarmog’I qurilib, ta’minlanganlik darajasi yil boshiga nisbatan 66.1 foizdan 70.4 foizga yetganligi; elektr ta’minoti bo’yicha joriy yilda 986.7 km tarmoq kengaytirilganligi aks etganini ko’rishimiz mumkin.
Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling