Dunyodagi jamiki mavjudot va nabotot olamining tirikligi suvga bog‘liq. Xususan, qishloq xo‘jaligi sohasini ham obi-hayotsiz tasavvur qilish mushkul


Download 7.57 Kb.
Sana14.10.2023
Hajmi7.57 Kb.
#1702051
Bog'liq
suv isrofiga qarshi kurash


Dunyodagi jamiki mavjudot va nabotot olamining tirikligi suvga bog‘liq. Xususan, qishloq xo‘jaligi sohasini ham obi-hayotsiz tasavvur qilish mushkul.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvdan maqsadli va tejamli foydalanish, suv isrof bo‘lishining oldini olish, qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tadbirkorlik sub’ektlarida profilaktika va amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.
«O‘zagroinspeksiya» axborot xizmati rahbari Xolida Shodiyeva tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish sohasidagi inspektorlar tomonidan joriy yilning o‘zida joylarda 16 ming 187 ta profilaktika tadbirlari o‘tkazilgan. Unda 34 ming 173 nafar fermer xo‘jaliklari va klaster tashkilotlari ishtiroki ta’minlandi. Berilgan aniq ko‘rsatmalar va amaliy choralar natijasida jami 12 ming 942 ta holatda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvning isrof bo‘lishi oldi olinishiga erishildi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, ekin maydonlarini ko‘llatib sug‘orish, suvlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlab qo‘yish, yetarli darajada suvchilarni jalb etmay, suvni qarovsiz qoldirish, limitdan ortiqcha suv olish, suvdan boshqa maqsadlarda foydalanish kabi holatlar aniqlanib, kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi.
3 ming 245 ta holatda suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatilgan maydonlarda undan foydalanmasdan qishloq xo‘jaligi ekinlarini an’anaviy sug‘orishga yo‘l qo‘yilishining oldi olindi.
Joriy yilda 15 mingdan ortiq gektar maydonda texnologiyalar ishga tushirildi.
Inspeksiya xodimlarining bevosita amaliy yordami bilan 1 ming 690 ta holatda suvdan foydalanuvchi va iste’molchilar o‘rtasidagi nizolar bartaraf etildi.
2 ming 81 ta holatda suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan iste’molchilarga suv yetkazib berishda ko‘maklashildi.
Shu tariqa suv tanqisligi sezilgan hududlarda sug‘orish tarmog‘idan foydalanuvchi fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqalar o‘rtasida navbat bilan foydalanish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.







proporsional



Download 7.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling