Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati Estetikaning zamonaviy yondashuvlari Estetik tarbiyada ijodning o‘rni


Go‘zallik va uning muqobillari. Ulug‘vorlik, fojeaviylik va kulgililik kategoriyalarining falsafiy mohiyati


Download 44.66 Kb.
bet3/6
Sana16.09.2023
Hajmi44.66 Kb.
#1679200
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
doc 3

Go‘zallik va uning muqobillari. Ulug‘vorlik, fojeaviylik va kulgililik kategoriyalarining falsafiy mohiyati. Estetikaning barcha kategoriyalari tabiatda, jamiyatda va san’atda o‘z ifodasini topadi. Go‘zallik va xunuklik kategoriyalari reallik va ideallik o‘rtasidagi sifat darajalari bilan ko‘proq bog‘liq bo‘lsa, ulug‘vorlik va tubanlik esa, miqdor darajalari bilan bog‘liqdir.
Kant ham Go‘zallikdan olinadigan lazzat - sifatning, ulug‘vorlikdan olinadigan lazzat - miqdorning namoyon bo‘lishi bilan bog‘liqligini ta’kidlaydi.
Go‘zallikda sifat va miqdor shunday o‘zaro muvofiqlikka va uyg‘unlikka erishadiki, uni falsafada me’yor deyiladi. Ulug‘vorlikda miqdor oldingi o‘ringa chiqadi, shunday faol rivojlanadiki, u ma’lum bir o‘lchovlarni buzadi va bu juda katta miqdor va hajmlarni keltirib chiqadi.
Masalan, tasviriy san’atda mahobatli rangtasvir — tasvirlanuvchilarning haqiqiy o‘lchamidan katta qilib ishlangan suvrat, yoki, mahobatli haykal — tasvirlanuvchi odam yoki hayvonlarning o‘z o‘lchamlaridan ancha katta qilib ishlangan haykallardir.
Qadimgi Misrliklar keksayish jarayonida sog‘lomlik va go‘zallik xunuklikka va xastalikka aylanadi deb ta’kidlaganlar. Go‘zallik va xunuklikning san’atdagi o‘zaro aloqasini ilk bor Arastu o‘z g‘oyalarida keltiradi.
Masalan, O‘rta asrlar Ovropasi estetikasida ilohiy qahramonlar “asbolyut” go‘zal qolganlari esa “absolyut” xunuk tarzda ifodalangan. Tabiiyki, bu yerda go‘zallik uyg‘unlik asosida, xunuklik esa uyg‘unlikning buzilishi asosida vujudga kelgan. (Xunuklik go‘zallikdagi miqdor va sifat me’yorlarining buzilishi natijasidir.)
Inson ulug‘vorligi va uning ruhiy va hamda jismoniy kuchlarining ko‘lami ulug‘vorlik kategoriyasini estetik qadriyatga aylantiradi, chunki ulug‘vorlik insonlarning va jamiyatning ideallarini ifoda etadi. Dastlab ulug‘vorlik xalq ertaklari va eposlaridagi insonning tabiat bilan stixiyali kurashidagi jismoniy kuch-quvvati, qahramonligi tarzida ifodalangan. Qadimgi Misrda ham qanchalik muhim odam suvratlarda yoki haykallarda tasvirlansa u shunchalik hajm jihatda katta qilib ifoda qilingan.
Keyinchalik esa, ulug‘vorlikning jismoniy jihatlaridan ko‘ra, ruhiy-ma’naviy axloqiy xususiyatlariga ko‘proq e’tibor qaratildi. Endilikda insonlar ongida ulug‘vorlik- miqdorning ko‘lamligi va katta jismoniy kuch bilan emas, balki inson ruhiyatning, xarakterining kuchi qudrati, ma’naviy yuksalish va axloqiy yetuklikning atributi sifatida tasavvur uyg‘otadi.

Download 44.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling