Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati Estetikaning zamonaviy yondashuvlari Estetik tarbiyada ijodning o‘rni


Estetika fanining obyekti va falsafiy mohiyati


Download 44.66 Kb.
bet2/6
Sana16.09.2023
Hajmi44.66 Kb.
#1679200
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
doc 3

Estetika fanining obyekti va falsafiy mohiyati. B.Husanovning ta’kidlashicha “Estetika predmeti, obyekti va tadqiqot doirasiga ega fan. Ma’lumki, barcha fanlar o‘z predmetiga ega bo‘lib, olamning mohiyatini bilish, borliqning mazmunini tushunish, voqelikni tasavvur qilishga qarab har bir fan o‘z predmetini belgilaydi. Mohiyatan insonni paydo bo‘lishi va voqelikni idrok qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha qadriyatlar estetikaning predmeti bo‘la oladi. Jumladan, tabiat va uning estetik xususiyatlari, san’at va uning badiiy obrazlardagi ifodasi, ijod jarayoni va uning qonuniyatlari, jamiyat va uning rivojlanish prinsiplari estetikaning predmeti bo‘lib xizmat qiladi”.
Estetika fani etika, psixologiya sotsiologiya, dinshunoslik, pedogogika, semiotika san’atshunoslik fanlari bilan uzviy aloqador va falsafiy fan hisoblanadi.Ma’lumki, bilish nazariyasida, bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning obyektiv reallikka munosabatini o‘rganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqqoniyligi shartlari va asosiysi mezonlarini tadqiq etadi3.
Estetika fanining qonuniyatlarini kelib chiqishida ham badiiy bilim muhim o‘rin egallaydi. Badiiy bilim borliqni tushunib yetish refleksiyasining o‘ziga xos shakli bo‘lib, u san’at borlig‘ining barcha bosqichlarida, asar g‘oyasidan boshlab uning odamlar tomonidan qabul qilinishigacha, o‘ziga xos tarzda ro‘yobga chiqadi. Shuningdek, o‘yin vositasidagi bilim ham san’atning kelib chiqishida muhim ahamiyatga ega. O‘yin jarayonida shaxs qizg‘in bilish faoliyatini amalga oshiradi, bilimlarning katta qismini o‘zlashtiradi, madaniy boyliklar yaratadi.
Farobiy yozgan edi: «Inson o‘zining alohida xususiyatlari bilan barcha hayvonlardan farq qiladi, chunki unda jon bor, undan tana a’zolari vositasida ta’sir etuvchi kuchlar paydo bo‘ladi, bundan tashqari, unda tana a’zolarining vositasisiz ta’sir etuvchi kuch ham bor; bu kuch aqldir»4.
Ong – odamning, uning miyasi va psixikasining tashqi dunyoni ideal aks ettirishidir; insonning ma’naviy dunyosidir, o‘zining dunyoda borligini anglab yetishidir; uning tashqi dunyoga munosabatidir. Ong, tafakkur, psixika – bu materiyaning eng asosida, negizida yotgan aks ettirish layoqatining muqarrar oqibatdir.
Suqrot-san’at taqlid orqali hayotni in’ikos (aks ettirish) ettirish ekanligini ta’kidlaydi. San’at asari tabiat asari singari shakl va materiya (modda) birligidan iborat. San’at tabiatga taqlid qiladi va ana shu taqlid natijasida tabiatga o‘xshab organizm yaratadi.
Kishining, aytaylik, biron-bir voqeani boshidan kechirishi esa uning taqqoslashini, o‘ylashini, ideallashtirishini, abstraktlashtirishini, chalg‘ishini, ya’ni tafakkur amaliyotidan foydalanishini bildiradi.
Eng qadimgi odamlar (arxantroplar) faoliyatining dastlabki mahsulotlariyoq ulardan o‘z mehnati natijalarini anglab olishlarini talab qiladi. Masalan, eng qadimgi mehnat qurolini – qo‘l rubilosini yasash uchun bir qator barqaror tasavvurlar, bo‘lg‘usi qurol shaklining ideal obrazi, mezoni mavjud bo‘lishi, tafakkurda eng oddiy sabab-oqibatli aloqalar aniqlab olinishi talab qilinadi. Paleoantroplar (qadimgi odamlar) bosqichida, chamasi, umumlashgan tasavvurlar, eng oddiy muhokama va xulosalar paydo bo‘ladi. Shu davrda diniy va estetik tasavvurlarning kurtaklari paydo bo‘ladiki, neandertal odamlar ko‘milgan joylardagi topilmalar bundan dalolat beradi. Ong shaxs ma’naviyatini, uning emotsiyalari, kechinmalari, tashvish va orzu-umidlarini, fantaziya va hayollarini, insonning subyektiv, ichki borlig‘i dunyosini, uning ruhini keltirib chiqaradi va shakllantiradi.
A.Sher ta’kidlaydiki, “Inson o‘ziga ato etilgan ongning turli qirralari bilan olamning turli tomonlarini, har xil jihatlarni nurlantiradi, o‘zida aks ettirib tahlil etadi, xulosalar chiqaradi. Natijada, bir inson bitta hodisani o‘nlab, balki yuzlab rakkursda mushohada qilish va anglashi mumkin. Ongning ana shunday faoliyat turlaridan biri estetik anglashdir. Estetik anglash, aytib o‘tganimizdek, estetik jarayonni tashkil etishi barobarida estetik munosabatni yuzaga keltiradi, ongning ana shu faoliyati ichki nafosatni shakllantiradi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, estetik anglash faqat estetik qadriyatlar yohud obyektlarni idrok etishda emas, balki yangi estetik qadriyatlar yaratishda ham faol ishtirok qiladi, ya’ni u estetik faoliyat jarayonida o‘zining doimiy ulushiga ega: san’at asarining dunyoga kelishida, turmush sharoitini, ishlab chiqarishning go‘zallashuvida va shunga o‘xshash holatlarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi”5.
Demak, dunyoni bilish nafaqat qonunlarni aks ettiruvchi kategoriya va tushunchalar, balki san’atda yaratiladigan obrazlar, oliy shakllar, ya’ni badiiy obrazlar orqali ham amalga oshiriladi. Har qanday bilish insonning ikkita bilish qobiliyati: ratsional (aqliy), mavhum-mantiqiy (abstrakt-mantiqiy) va his etish, obrazli-ta’sirchanlik (obrazli-emotsional)dan iborat. San’at olamida har bir badiiy asar yaxlit holda bilish, falsafiy, estetik mohiyatning mujassamligini talab qiladiki, ushbu mohiyatsiz musiqa quruq tovushlar yig‘indisi, tasviriy san’at quruq ranglar yig‘indisi, she’riyat esa so‘zlar yig‘indisi bo‘lib qolaveradi. Ayniqsa, maqom janri, simfoniya, roman, doston, portret janrlari murakkab falsafiy tizimdir.
Geraklit inson ma’naviy kamolotida hissiy va mavhum bilim to‘plash sodir bo‘lishini, estetik madaniyat esa har ikkalasini birga olib borishni taqozo etishini ta’kidlaydi. Chunki, hissiyot jismning tabiati haqida uzul - kesil bilim berolmaydi. To‘liq bilimni faqat tafakkur bera olishini ta’kidlaydi6. Demak, tafakkur ustunligi, tafakkur orqali hissiyot ma’nosini, ahamiyatini idrok etish shaxsning haqiqiy nafosatni ajratib olishiga imkon beradi.
Nafosat-obyektiv voqelik sifatida narsa-hodisalarning estetik xususiyatlarini anglatsa, subyektiv voqelik tarzida insonning ana shu estetik xususiyatlarini anglash va idrok etish borasidagi botiniy faoliyatidir.
Ma’lumki estetika fani «San’at falsafasi» iborasi bilan ham yuritiladi. Estetika fani esa falsafiy fan bo‘lib uning nazariy va uslubiy asoslarini falsafiy tafakkur nazariyasi va tarixi tashkil qiladi.
Falsafani qadimda (Aflotun, Arastu) san’at deb atashgan. Falsafa fanmi yoki san’atmi degan muammo o‘shandan buyon bahslarga sabab bo‘lib kelgan. San’at falsafasida, san’atning falsafiy o‘rni, dunyoqarashi, madaniyatshunoslik tizimidagi fundamental aspektlari va ularning turli ko‘rinishlari va o‘ziga xosliklari tadqiq etiladi. Fan tashuntiradi, san’at ko‘rsatadi iborasi bejiz emas.
Estetik tafakkur tarixida nafosat mezonlariga rioya qilish, vazn tuyg‘usi, tenglik aksi, ularni yaratish jarayonidan olinadigan quvonch kabi estetik faoliyatning muhim belgilari mavjud bo‘la borgan. Uyg‘unlik, tartib, me’yor ritm kabi estetikaning fanining qonuniyatlarini shakllanishi uchun insoniyat badiiy faoliyatida uzoq tarixiy davrlar kerak bo‘lgan. Chunki, badiiy faoliyatda tafakkur mezonlari asosan quyidagi jihatlarda o‘z aksini topadi: abadiiy asar g‘oyasida; asarning obraz qurilishida, badiiy asardagi shakl va mazmun uyg‘unligida; kayfiyat va ular ortida turgan fikrlarni o‘ylab ko‘rishda; asarning badiiy to‘qimasi – garmonik tuzilishidagi fikrlar rivojida, kompozitsiya, ritm, faktura, dinamikada, asarning shakllanish mantig‘ini fikrlab ko‘rishda; fikr va hissiyotlarning mujassamlashishining mukammal yo‘llari, usullari va vositalarini topishda; asarning uslubiy jihatlarida.
Verk ta’kidlaydiki: Go‘zallikning asl sabablari sifatida mutanosiblikni ham, manfaatlilikni ham, maqsadga muvofiqlilikni ham, mukammallikni ham ko‘rsatish mumkin emas, chunki bu sabablar ratsionallik bilan bog‘liq. Vaholanki go‘zallik aqlimizni ijodi emas. Go‘zallik idrok etilayotganda sezgilarni hammasi umumlashib, bir yoqadan bosh chiqarib ishtirok etadi. Demak go‘zallik birvarakay barcha sezgi a’zolariga taalluqlidir.
Estetika fanida ong, tafakkur kabi omillar bilan bir qatorda subyektik-ruhiy, estetik va intuitiv omillar ham g‘oyat muhim ekanligini kuzatamiz. Bu o‘rinda ijod va intuitsiya, estetik anglash tuzilmasi, katarsis, empatiya-insoniyat tarixida estetik mezon va qonuniyatlarning yaratilishida asosiy o‘rin tutganligini alohida qayd etish lozim. Estetik his-tuyg‘u, eng avvalo go‘zallik mezonlarini his etish jarayonlarini anglatadi.
Kant san’atning tabiatini aql va hissiyot, mantiq va intuitsiya, kabi qarama-qarshi tushunchalarning yig‘indisi tashkil qilishini ta’kidlagan edi. Kantning fikriga ko‘ra, estetik hissiyot beg‘araz va narsa-hodisaga bevosita maftunlikka borib taqaladi.
Inson yaratilibdiki, o‘z hayoti va faoliyatida intuitiv ravishda dastlab go‘zallik qonunlarini bilmagan holda ham, hayotini ko‘rkamlashtirishga o‘z tassavvuridagi go‘zallikni yaratishga intilib kelgan.
Bizga estetika fani tarixidan ma’lumki, “estetika” so‘zi yunoncha aisthetikos–«oyestetikos» (olmoncha «estetik» – «eshtetik») so‘zidan olingan bo‘lib, “sezish”, “his qilish”, “his etiladigan” singari ma’nolarni anglatadi.
His-tuyg‘ular intelektual, ma’naviy va estetik turlarga bo‘linar ekan, estetik his-tuyg‘ularga bizning go‘zal, chiroyli, yoqimli narsalardan zavqlanishimiz, shodlanishimiz, huzur kilishimiz, rohatlanishimiz kabilar kiradi. Bu hislarning manbai go‘zal tabiat, san’at, adabiyot, chiroyli turmush kabilar bo‘lishi mumkin. Ular albatta sezgilar orqali insonga etib keladi.
Sezgilarning o‘zaro ta’siri asosan ikki: sensibilizatsiya va sinesteziya jarayonida sodir bo‘ladi. O‘zaro ta’sir jarayonida bir analizatordagi sezuvchanlikning ortib ketishi «sensibilizatsiya» deb ataladi. Sinesteziyaga shunday sezgilarning o‘zaro ta’siri kiradiki, ularda qo‘zg‘alish ta’siri ostida bir analizatordan boshqa bir analizatorga xos bo‘lgan sezgi paydo bo‘ladi. Ular «Go‘zal ohang», «nafis rang» kabi yoki go‘zallik, uyg‘unlikka asoslangan estetik hissiyot va tushunchalarning vujudga kelishiga olib keladi.
Ana shunday nisbiy go‘zallik haqida fikr yuritib, G‘azzoliy ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydigan narsalarda ham go‘zallik mavjudligini aytib o‘tadi. Haqiqatan ham, biz «go‘zal ovoz» deganimizda, faqat qulog‘imiz orqali, «yoqimli hid» deganimizda dimog‘imiz orqali go‘zallikni ajratamiz. Demak, go‘zallikni his etishda besh sezgining hammasi baravar ishtirok etishi shart emas. Ayni paytda, Imom G‘azzoliy go‘zallikni ba’zan besh sezgining birortasi ham ishtirok qilmagan xolda his etish mumkinligini alohida ta’kidlaydi.7.
Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tavsifi.
Har bir fanda “kategoriya” uning mezonini anglatadi. Kategoriyalar (yun.belgi, izohlash)falsafiy tafakkur uchun nihoyatda muhim, olamdagi o‘zgarish, rivojlanish, aloqadorlik va uzviy bog‘liqlikka xos umumiy jihatlarning in’ikos; narsa va hodisalarning o‘ziga xosligi, o‘xshashligi va farqlarini, barqarorligi va o‘zgarishini anglatuvchi, bilishning asosini tashkil etuvchi umumiy tushunchalar.8
Estetika fanida deyarli har bir kategoriyaning qarama-qarshi kategoriyasi mavjuddir. Masalan, go‘zallik-xunuklik, ulug‘vorlik-tubanlik, fojeaviylik va kulgililik. Umuman, qarama-qarshiliklar birligi san’atni ham harakatga keltiruvchi mexanizmdir desak adashmagan bo‘lamiz. Falsafa fanida ham, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni-dialektikaning muhim qonunlaridan biri bo‘lib, u tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyotida amal qiladigan yalpi umumiy qonundir.
Ayniqsa, Qadimgi yunon falsafasida Pifagor va pifagorchilarning qarashlarida o‘ziga xosdir. Ular olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini raqamlar orqali tushuntiradi. Xususan, 1-raqam olamdagi hamma narsa va hodisalarning nafosat olamining asosidir, 2 - raqam tabiatdagi qarama-qarshiliklar, ya’ni go‘zallik va xunuklik, yorug‘lik va zulmat, erkak va ayol kabi tushunchalarning asosidir.
Esxil esa o‘z tragediyalariga ikkinchi aktyorni olib kirdi va shu bilan fojiaviy to‘qnashuvlarni ancha teran ishlash va hatti harakat jihatlarini kuchaytirish imkoniga erishdi. Bu teatr san’atida yuz bergan chinakkam burilish nuqtasi edi: bittagina aktyor bilan xor ishtirok etuvchi eski tragediya o‘rniga sahnada o‘zaro olishuvlar orqali personajlarning fe’l atvori ochiladigan yangi xildagi tragediya paydo bo‘ladi. Demak, qarama-qarshilik insonning estetik madaniyatida har xil vaziyat va kayfiyatlarni aks ettirib, hamisha undagi ijtimoiy o‘zgarishlarga hamohang ravishda yangilanib boradi.
Ijodkorlar uchun har bir davrda, o‘z davrining ziddiyatlari, odamlar orasidagi munosabatlar, rivojlanib borayotgan dunyo illatlarini ochib tashlash, hayotni go‘zallik qonunlari asosida qayta qurish ishtiyoqi yetakchi mavzu bo‘lib kelgan.
Estetik idealga intilish - estetikada yangidan-yangi estetik me’yorlarni, mezonlarni, go‘zallikni,uyg‘unlikni, nafosatni, ulug‘vorlikni, hayratni yaralishiga asosiy omil bo‘lib hizmat qilgan.
Estetik ideal eng avvalo-g‘oyadan boshlanadi, g‘oya esa har bir davrning estetik ehtiyojlaridan kelib chiqadi. G‘oyalar o‘z ibtidosi va intihosiga ega. Ular ham ma’lum makon va zamonda paydo bo‘lishi, jamiyat rivojiga muayyan hissa qo‘shishi, kishilar ongi va qalbidan joy olishi, o‘z umrini yashab, joziba, kuch-quvvatini yo‘qotgach, tarixiy xotiraga aylanishi mumkin.
G‘oyalar ezgulikka yoki yovuzlikka, ozodlikka yoki istibdodga, ma’rifatga yoki jaholatga xizmat qilgan. G‘oyalar bilan bir qatorda qadriyatlarda ham shunday parallel holatni kuzatamiz.
Ijtimoiy jarayonlar ta’sirida kishilarning qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvuri, qarashlari o‘zgaradi, bu esa taraqqiyot jarayonida odamlarning turmush sharoitlari, hayoti va ma’naviy qiyofasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Turli xil jihatlar har qanday qadriyatlarning qarama-qarshi tomonlarini tashkil qiladi. Ijobiyligi va salbiyligi, baholanishi va ahamiyatiga ko‘ra bir-biriga mutlaqo zid ko‘rinadigan “yaxshilik” va “yomonlik”, “haqiqat” va “haqsizlik”, “baxt-saodat” va “g‘am-kulfat”, kabi tushunchalar hayotning bir-biri bilan qarama-qarshi bog‘langan jihatlarini ifodalaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda estetika fanining go‘zallik, xunuklik, ulug‘vorlik, tubanlik, fojeaviylik, kulgililik singari mezoniy tushunchalarining vujudga kelishida ham g‘oya, qadriyatlarning va ulardagi qarama-qarshilik prinsiplari bilan uyg‘unlik mavjud. G‘oya va qadriyatdan farqli o‘laroq estetika ushbu tushunchalarning estetik tuyg‘ular orqali vujudga keladigan insonning kechinmalarini ham o‘rganadi.
Aristotel: ”San’atkorlar, - deb yozadi u, - muayyan shaxslarni tasvirlaydilar, ular esa yaxshi va yomon bo‘lishi mumkin. Ular bizdan yaxshiroq yoki bizdan yomonroq, yoki hatto bizdek bo‘ladilar . Tragediya va komediya orasida ham xuddi shunday tafovut mavjud: komediya hozirgi vaqtda yashayotganlardan ko‘ra yomonroq, ikkinchisi esa, yaxshiroq kishilarni tasvirlashga intiladi”.9
Farobiy ham she’riyat san’atiga to‘xtalib ta’kidlaydi: She’riy so‘zlarga kelsak, ular suhbat vaqtida tilga olingan narsani yo holatni, afzallik yoki pastlikni yanada aniqroq, ravshanroq tasvirlash, kuchaytirish uchun qo‘llaniladi. Bunda (she’riy tafakkur ham) go‘zallik va chirkinlik, yuksaklik va tubanlik (olchoqlik)ni yoki shu kabi (hayot hodisalarini) tasvirlashdir.10
Estetik tafakkur tarixida ko‘pgina mutafakkirlar go‘zallikning idealga nisbatini tadqiq etganlar, yoki go‘zallikni mezon, komillik, ideallik deb bilganlar.
Qadimgi Yunonlar tartibsizlik, xunuklikni Xaos so‘zi bilan, tartiblilik, xushbichimlik, koinot uyg‘unligini va idealni Kosmos so‘zi bilan belgilaganlar. Go‘zallikning qonuniy prinsipi –estetik me’yor bo‘lib, u saqlangan joyda hamisha go‘zallik mavjud bo‘ladi. Xunuklik esa estetik me’yorning buzilishi, asosida yuzaga keladi. Tarixiy manbalarda ushbu fikrlar ifoda etilgan ko‘plab manbalarni keltirish mumkin. Anandavardxana (Hindiston XIasr)ning mashhur “Dxvanyaloka”(Poetik javhar yog‘dusi) asarida she’rni barkamol va go‘zal qiluvchi fazilatlar-ravshanlik, fikr kuchi, bog‘lanish, malohat (tatimlilik), mutanosiblik, uyg‘unlik, ma’nodorlik, nafislik (nafosat), ohangdoshlik, go‘zallik (dilbarlik), olijanoblik fazilatlarini hosil qilishda qanday qoidalarga amal qilish zarurligi tushuntiriladi.Buning ziddi, teskarisi bo‘lgan, she’rni zaiflashtiruvchi (sayozlik, siyqalik, dag‘allik, befarqlik, beodoblik, xunuklik, qabihlik kabi ) illatlarning kelib chiqish sabablari ham uqtiriladi11.

Download 44.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling