28-§. XX asr boshlarida Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli.
1.XX asr boshlarida Xitoyda har yili qancha korxona ishga tushirilgan--------50 tadan ko`p
2.XX asr boshlarida Xitoyning eksport hajmi necha baravar o`sgan-------2 baravar
3.Sun Yatsen qaysi yillarda yashagan---------1866-1925-yillar
4. Sun Yatsen qayerda qanday oilada dunyoga kelgan------Guanchjouda (Kanton),dehqon oilasida
5. Sun Yatsen qachon qayerdagi tibbiyot institutini tamomlagan-------XIX asr 90-yillar boshida Gongkongdagi ingliz tibbiyot institutini
6. Sun Yatsen qachon “Xitoy uyushmalari ittifoqi”(Tunminxay) siyosiy tashkilotini tuzgan--1905-yil
7.Xitoyda qachondan “Minbao” (Xalq gazetasi) chiqa boshlagan---------1905-yil noyabrdan
8.Uxanda shahrida qachon askarlar inqilob ko`tarib,Manjur sulolasi hukmronligi tugatilganligini e`lon qilgan-------1911-yil 11-oktabrda
9.Xitoydagi 1911-yilgi inqilob qanday nom bilan tarixda qolgan--------“Sinxay inqilobi”
10. Sun Yatsen qachon qayerda bo`lib o`tgan Millat Majlisidan so`ng Xitoyning vaqtinchalik prezidenti deb e`lon qilingan-------1911-yil 29-dekabrda Nankindagi
11.Xitoy inqilobidan so`ng Pekindagi imperator hokimiyatining boshlig`i kim edi----Yuan Shikay
12.Yuan Shikay inqilobiy harakatning tazyiqi bilan qachon Sin sulolasini taxtdan voz kechishga majbur etgan-------------1912-yil 12-fevral
13.Gomindan (Milliy partiya) qachon tuzilgan------1912-yil
14.Xitoyda “Ikkinchi inqilob” qachon boshlangan------1913-yil
15.”Ikkinchi inqilob” Xitoyning qaysi qismida boshlangan-------Janubida
16.Xitoyda Yuan Shikay qachon Konstitutsiyaviy Kengash chaqirgan-------1914-yilda
17.”Yangi Xitoy Konstitutsiyasi” qachon tuzilgan--------1914-yil
18.Sinxay-------sinxay o`zbek tilida, “yil” degan ma`noni anglatadi.Xitoy oy kalendariga ko`ra,inqilob bir yil davom etgani uchun u Sinxay (bir yil davom etgan inqilob) deb atalgan
19.Sin sulolasi-------1628-1644-yillardagi dehqonlar urushi natijasida barham topgan Min sulolasidan keying hukmron sulola.Bu sulola 1644-1911-yillarda hukmronlik qilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |