Dunyoqarash tushunchasi va mohiyati. Falsafaning asosiy yo’nalishlari. Ҳозирги вақтда компьютер«компьютер фалсафаси»
Download 203.15 Kb.
|
1-мавзу.docx
Metafizika
«Metafizika" (yunon- fizikadan keyin) dialektika kabi universal metoddir. Bu so’z ilmiy muomalaga er. av. I asrda Aristotelning shogirdi, uning she’rlari sharhlovchisi Rodosskiy tomonidan kiritildi. Mutafakkir asarlarini bir tizimga solar ekan, u borliq va bilish haqidagi umumiy masalalarni fizikadan so’ng "birinchi falsafa"ning (mohiyat, sabab va boshqa) ikkinchi falsafadan farqli xususiy-ilmiy bilimlarni o’rganadigan qismi sifatida talqin qilgan. Ko’p hollarda, dialektikaga qarama-qarshi deb talsin etiladigan metafizika olamdagi narsa va hodisalarni o’rgaiishda ularning muayyan vaqt davomida nisbatan o’zgarmasdan, alohida turgan xolatiga diqqatni ko’proq qaratadigan usuldir. Bu usul qo’llanganida olamning namoyon bo’lish shakllari hamda ular bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarning alohida sismi yoki holatiga asosiy e’tibor beriladi. Voqyea, hodisa va jarayonlarni doimiy o’zgarish holatida o’rganish ni-hoyatda qiyin bo’lganligidap, nafaqat faylasuflar, balki barcha fan mutaxassislari uning nisbatan tinch va o’zgarmay turgan holatini o’rganadilar, tadqiq etadilar. Aslini olganda, olam garchand dialektik o’zgarish va harakatda bo’lsada, bu jarayon doimo ham nihoyatda tez sodir bo’lavermaydi. Biz dunyodagi narsa, hodisa va odamlarga shunchalik metafizik tarzda œrganib qolganmizki, go’yo kechadan bugunning farqi yo’qdek, kecha ko’rgan ishiga bugun duch kelganimizda unda hyech qanday o’zgarishlar bo’lmaganday tuyuladi. Shu ma’noda, hayotda ko’p hollarda metafizik usulda fikr yuritamiz, nimalargadir ana shunday munosabatda bo’lamiz. Aslida esa ular ham azaliy o’zgarishlar jarayoniga tushgan narsa va kishilar janligini juda kamdan-kam hollarda o’ylab ko’ramiz. Xuddi shunday, bizning umrimiz ham kechadan ertaga qarab oqib turadigan dialektik jarayondir. Biz ham ana shunday o’zgarib boramiz, ammo ko’p hollarda bunga unchalik ko’p e’tibor berilavermaydi. Shu tariqa maktabni tugitib qo’yganimizni, ulg’ayganimizni, bolalikning ortda qolganini go’yoki bilmay qolamiz... Alohida ta’kidlash lozimki, metafizik usulning hayotda, ilmiy izlanishlar va falsafiy tadqiqotlarda ham o’z o’rni bor. Bizda haligacha metafizikaning tushunchalari, kategoriyalari, tamoyillari va ilmiy mohiyati izohlangan yoxud tadqiq etilgan asarlar, tadqiqotlar yo’k,- holaversa, uni dialektika bilan butunlay qarshi qshshb qo’yish va bu farqni mutlaq ziddiyat darajasiga ko’tarish ham maqsadga muvofiq emas. Ayian ana shunday yondashuv sobiq ittifoqda dialektikani mutlaqlashtirishga, metafizikani esa kuruk, va o’lik ta’limot sifatida qarashga, uning imkoniyatlaridan foydalanilmasligiga sabab bo’ldi. Hozirgi zamon fanida metafizika uch asosiy ma’noga ega: Falsafa umumiy hodisalar haqidagi fandir. Bu ta’limotning asoschisi Aristotel bo’lib, u "narsaning birinchi turi" haqidagi ta’limotdir. Bu ma’noda, "metafizika" tushunchasini XX asrning yirik nemis faylasufi M. Xaydegger ham o’rganadi. Uningcha, bu kategoriya bilishning obyekti va subyektini bir vaqtda ifodalovchi tushunchadir. Maxsus falsafiy fan ontologiya, umuman, borliq haqidagi ta’limot bo’lib, nazariya bilish mantig’i va uning xususiy ko’rinishlaridan mustasnodir. Shu ma’noda, bu tushuncha g’arb falsafasida o’tmishda ham (Dekart, Leybnis, Spinoza va h.k.), hozirda ham keng qo’llaniladi. U bilish (tafakkur) va xarakatni falsafiy tushunish ma’nosida dialektikaga qarama-qarshi qo’yiladi. Bunda shu ma’nodagi tushuncha, ya’ni antidialektika haqida so’z boradi. Uning eng asosiy xususiyatlaridan biri bir tomonlamalik bilish jarayonining fa- Qat bir qismini mutlaqlashtirishdir. Falsafa tarixida metafizika (dialektika kabi) hyech qachon o’zgarmasdan qolmagan. U turli tarixiy shakllarda namoyon bo’lgan. Eski metafizika XVII-XIX asr falsafasi va fanida ayniqsa kamol topdi (metafizik materializm, naturfalsafa, falsafa tarixi va h.k.) Metafizikaning bu shakliga xos xususiyat umumiy o’zaro aloqadorlik va taraqqiyotni inkor qilish, olamga bir butun tizimli yondashuvning yo’qligi, tafakkurning ikkilanuvchanligi umumiy dunyoviy aloqadorlikning tugaganligiga ishonishdir. Eski metafizik tafakkur uslubi shakllanishining obyektiv asoslari butunning alohida elementlari xususiylikni, alohida tomonlar (fikran) nima uchun bir butunlikdan ayri holda bo’lishi va bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan holda rivojlanishini tushun-tirish zaruriyatidir. Bu usul kundalik turmushda, aql darajasida, predmet taraqqiyotidagi aloqa munosabatlarda zarur va to’g’ridir. Shuning uchun metafizikaning bu shakli predmetlardagi barqarorlikni, ulardagi o’zgarishlarni tizimli o’rganish, taraqqiyotning manbalari va mexanizmlarini aniqlash bilan bog’liq. XIX-XX asrlarda eski metafizikadagi keskin kurashda taraqqiyot g’oyasining yangi dalillar bilan mustahkamlanishi ikki muhim natijaga olib keldi: dialektik tafakkurning yangi uslublari paydo bo’ldi; XX asrda eski metafizikaning ilmiy dalillarini inkor qiluvchi yangi metafizika shakllandi. Yangi metafizika eski metafizikadan farqli o’laroq, narsalarning umumiy aloqadorligini va ular taraqqiyotini inkor qilmaydi. Bu fandagi va jamiyatdagi buyuk kashifiyotlar davrida absurddir. Antidialektika yangi shaklining asosiy xususiyati - taraqqiyotni izoxlashning turli variantlari va yo’llarini izlashdan iborat. Buni quyidagi yo’nalishlarda tushunish mumkin: a) eng umumiy, abadiy o’sish, o’zgarish yoki aksincha kichrayish (tekis evolyusionizm) tarzida; b) xuddi sifat o’zgarishlari kabi sakrashlar zanjiri (katastrofizm) shaklida; v) takrorlash sifatida qagiy liniyali yo’nalishga ega bo’lgan doimiy jarayon (to’g’ri chiziqli rivojlanish) holatida; g) hyech qanday yangiliklarsiz aylana doirasidagi abadiy harakat ko’rinishida; d) mohiyatidan ziddiyat kelib chiquvchi harakat sifatida; ye)progress sifatida, ya’ni oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga intilish tarzida. Taraqqiyotning o’zaro aloqadorlik va ta’sirning boshqa aralash izoxlari ham bo’lishi mumkin. Metafizikaning turlari har xil asoslar, mezonlar bilan farq-lanishi mumkin. Bilishning metafizik metodi - byurokratizm, konservatizm, volyuntarizm va h.k. Amaliy faoliyatning boshqa bir tomonlama harakatlari tarzida namoyon bo’lishi ham mumkin. Bilimning metafizik usullari turlicha bo’lib, idealizm, sensualizm, raiionalizm, empirizm, dogmatizm, relyativizm va boshqa shakllarda namoyon bo’lib, bilimning alohida shakllari natijalarini mutlaqlashtirish jarayonida paydo bo’ladi. Download 203.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling