Dunyoqarash tushunchasi va mohiyati. Falsafaning asosiy yo’nalishlari. Ҳозирги вақтда компьютер«компьютер фалсафаси»


Download 203.15 Kb.
bet14/49
Sana22.12.2022
Hajmi203.15 Kb.
#1043674
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
Bog'liq
1-мавзу.docx

Absolyut haqiqat – bu bilish obyekti haqidagi inkor etib bo’lmaydigan to’liq va tugal bilimdir, nisbiy haqiqat esa – bilish predmeti to’g’risidagi noto’liq va notugal bilimdir. Absolyut haqiqat to’liq hajmdagi obyektiv haqiqatdan boshqa narsa emas, nisbiy haqiqat – notugal shakldagi, notuliq hajmdagi obyektiv haqiqatdir.Har bir nisbiy haqiqatda absolyut haqiqat jihati bor, chunki har qanday nisbiy haqiqat obyektivligi sababli, unda doimiy bilim jihati bor.
Bilimlarimizning haqiqat yoki yolg’onligini, ularning absolyutlik va nisbiylik darajasini konkret joy va vaqt sharoiti belgilab beradi. Joy va vaqt sharoiti almashinib, o’zgarib turadigan omil ekanligi sababli bir sharoitda haqiqat bo’lgan narsa o’zgargan sharoitda yanglish yoki yolg’on bo’lib chiqadi.
Joy va vaqt sharoitini har tomonlama hisobga olish talabi biluvchi subyektni dogmatik xatolardan ehtiyot qiladi. Joy va vaqt sharoitining o’zgarishi yetilgan vazifalarni hal qilishga ijodiy yondashuvni zarur qilib qo’yadi, zarur bo’lib qolganda o’rtaga qo’yilgan maqsadga erishish taktikasi, metodi va usullarini o’zgartira bilishni taqozo etadi. Shu boisdan ham bilishning u yoki bu shakllari, metodlari va usullarini absolyutlashtirish mumkin emas, eskirgan xulosalar va formulalarni o’z vaqtida yangilari, o’zgargan sharoitga mos keladiganlari bilan almashtirish zarur, chunki ayni bir xil qonuniyatlar turli tarixiy sharoitda turli natijalarga olib keladi.
Agar haqiqatga jarayon deb qarab unga uning rivojlanishi nuqtai nazaridan yondashiladigan bo’lsa, bu holda konkret haqiqatga abstrakt haqiqat qarama-qarshi qo’yiladi. Abstrakt haqiqat – bu to’liq bo’lmagan, rivojlanmagan, birtomonlama haqiqat, konkret haqiqat esa, aksincha, - to’liq, rivojlangan, ko’ptomonlama haqiqat. Har qanday haqiqat, u bilish jarayonida rivojlanib borganligi sababli, abstraktlikni ham, konkretlikni ham o’z ichiga oladi. Haqiqat o’z rivojining keyingi bosqichiga nisbatan abstrakt va ilgarigi rivojlanish bosqichiga nisbatan konkretdir. Haqiqatga darhol erishib bo’lmaydi; unga erishish bilishning qiyin, ko’p bosqichli jarayonidir.
Haqiqat o’z mazmuniga ko’ra hamisha obyektivdir. Ya’ni uning mavjudligi ayrim kishilarning xohish-irodasiga bog’liq emasdir. Masalan, O’zbekistonning milliy mustaqilligi obyektiv haqiqatdir. Ayrim kishilarning bu mustaqillikni tan olish yoki olmasligidan qat’i nazar, bu haqiqat o’z mazmunini saqlab qolaveradi. Shuningdek, haqiqat hyech qachon mavhum emasdir. U hamisha konkretdir. Hyegel so’zlari bilan aytganda, nimaiki voqye bo’lsa, u haqiqatdir, haqiqat — voqyelikdir. Haqiqat mazmunining konkret xarakteri joy, vaqt va sharoitni e’tiborga olishni talab etadi.
Haqiqatni nohaqiqatdan, yanglishuvdan, yolg’ondan farqlashtirish, ajratish uchun bizning bilimimiz obyektiv voqyelikka, uning yashash va rivojlanish qonunlariga qanchalik mos kelishini aniqlab olmoq kerak. Aristotel haqiqatning «klassik» konsepsiyasi muallifidir. Bu konsepsiya haqiqatni fikrning, bilimning voqyelikka mos kelishi deb, yolg’onni esa fikrning real ahvolga mos kelmasligi deb talqin qiladi. U o’zining «Metafizika» sida bunday deb yozadi: «Bor narsani yo’q deyish yoki yo’q narsani bor deyish yolg’on gapirishdir; borni bor va yo’qni yo’q deyish esa haqiqatni gapirishdir»4.



Download 203.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling