Dunyoqarash tushunchasi va mohiyati. Falsafaning asosiy yo’nalishlari. Ҳозирги вақтда компьютер«компьютер фалсафаси»
Фалсафа - инсоният тарихидаги энг
Download 203.15 Kb.
|
1-мавзу.docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Ф а л с а ф а" атамаси иккита грекча суз ("ф и л е о"- севаман ва "софия"-донолик) дан олинган булиб, "доноликни севаман" маъносини англатади.
- Фалсафани қизиқтирган саволларнинг хилма-хиллигини эътиборга олиб, греклар уни донолик фани ёки донишмандлик деб аташган.
Фалсафа - инсоният тарихидаги энг қадимий фанлардандир. У олам ва унинг яшаши, ривожланиши ва тараққиёти, ҳаёт ва инсон, уларнинг моҳияти, борлиқ ва йўқлик каби кўп муаммолар ҳақида баҳс юритадиган фандир.
"Ф а л с а ф а" атамаси иккита грекча суз ("ф и л е о"- севаман ва "софия"-донолик) дан олинган булиб, "доноликни севаман" маъносини англатади. Унга бундай ном тасодифан берилган эмас. Фалсафа пайдо бўлиши биланоқ, кишилар фикрини банд этган турли туман саволларига жавоб қидиришга ҳаракат қилган. Хусусан бизни қуршаб олган дунё қандай пайдо бўлган ва ким томонидан яратилган? У қандай ривожланади? Онг материяга боғлиқми? деган саволлар шулар жумласидандир. Фалсафани қизиқтирган саволларнинг хилма-хиллигини эътиборга олиб, греклар уни донолик фани ёки донишмандлик деб аташган. Фалсафа, дастлабки кезларда ташқи дунё, тафаккур ва билиш ҳақидаги ҳамма билимларни ўз ичига олади. Шунинг учун ҳам у бир бутун таълимот кўринишида бўлади. Бу ўша даврдаги илмий билиш даражасига мос келади. Фалсафани махсус билимлар билан бирлаштирилиши қадимги даврга хос хусусиятларидир. Diogen Laertskiy (eramiz II asrioxiri - III asrboshlari) so’zlariga qaraganda, o’zini birinchi marta faylasuf deb atagan kishi – yunon mutafakkiri va olimi Pifagordir. Faylasuflarning qanday ekanliklariga ta’rif berib, u shunday degan: «Hayot o’yinga o’xshaydi: ba’zilar unga musobaqalashgani kelsa, ayrimlar savdolashgani, eng baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda ham xuddi shunday, ba’zilar qullar kabi shuhrat va boylikka o’ch bo’lib dunyoga keladi, va holanki faylasuflar – faqat haqiqat uchun keladi»1. Bugungi kunda haqiqatni izlash faqat falsafagina taalluqli degan fikrga qo’shilib bo’lmaydi. Faylasuf bo’lmasdan ham fizika, tibbiyot, badiiy ijodda yoki kundalik hayotda bilim va haqiqatga intilish mumkin. Biroq haqiqatni ongli izlash aynan falsafadan boshlangan. «Falsafa nima degani?» savolga javob izlash oson emas. Har birimiz u yoki bu matn, yo nutq falsafiy yohud falsafiy emasligini ichki sezgi bilan his etamiz. Ammo falsafaga qat’iy ilmiy ta’rif berish juda mushkul. Bunga urinib ko’rishning o’zi kifoya. Falsafaga tegishli bo’lmagan narsani aniqlash osonroq. Masalan, falsafa DNK tuzilishini aniqlash bilan shug’ullanmaydi, differensial tenglamalarni yechmaydi, kimyoviy reaksiyalarni o’rganmaydi, yer qobig’i harakatini tadqiq etmaydi va hokazolar. Agar fanlar, aytaylik, botanika yoki lingvistika ta’riflarini oladigan bo’lsak, ulardagi mavjud farq, odatda, mashg’ulotning asl mohiyatiga daxl qilmaydi. Hech bir botanik mutaxassisligi fanining mavzusi - o’simlik olami ekanligiga e’tiroz bildirmaydi. Har qanday lingvist o’z fanining mavzusi – til ekanligini tasdiqlaydi. Falsafada esa boshqacharoq. Bir faylasufning ta’rifi boshqasinikidan farq qilishi mumkin. Falsafaning ta’rifi shuqadar ko’p va turli-tumanki, ko’pchilikda «O’zi bir fan to’g’risida gap ketyaptimikin yoki yo’qmi?»2 degan savol tug’ilishi mumkin. Ba’zi falsafiy tizimlarda falsafa oliy bosh ibtido yoki birinchi sabab to’g’risidagi fan deb ta’riflanadi. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Arastu ta’limotida, u «barcha mavjudotning ibtidosi va sabablari to’g’risidagi fan» deyilgan bo’lsa, o’rta osiyolik mutafakkir Abu Ali Ibn Sino falsafani «mutlaq borliq to’g’risidagi oliy fan» deb ta’riflagan. Boshqa yo’nalishlarda falsafaning bosh sababi birinchi ibtidolarni bilish ekanligi umuman rad etiladi, masalan, o’rta asr ilohiyotchisi al-G’azzoliy o’zining «Faylasuflarni rad etish» nomli maxsus asarini shu mavzuga bag’ishlagan. Ba’zi ta’limotlarda falsafa «to’g’ri fikrlash orqali erishilgan bilim» (T.Gobbs), umuman, «fanlarni ko’rib muhokama qiluvchi» (G.V. Xegel) deb keng tasavvur qilinsa, boshqalarida tor ma’noda, masalan, «fikrning mantiqiy oydinlashuvi» (L.Vitgenshteyn) yoki «umum majburiy qadriyatlar to’g’risidagi fan» (V.Vindelband) sifatida tushuniladi. Odatda, falsafaning u yoki bu ta’rifi umuman falsafani emas, balki tegishli faylasuflarning o’z nazariyalarini belgilashi hisoblanadi, garchand, ko’pchilik faylasuflar aynan o’z falsafiy qarashlarinigina haqiqiy (yoki chinakam) deb o’ylaydilar. Falsafaning o’z ifodasini topishidagi nomuayyan vaziyat, ayniqsa, eng Yangi davr uchun xosdir. Bu shu qadar oddiy holga aylandiki, hatto zamonaviy faylasuflardan biri X.F.Morua falsafada yuzaga kelgan vaziyatni quyidagicha ifodalashiga sabab bo’ladi: «Falsafa» deganda nimani tushunish hamisha mushkul bo’lgan, biroq 20-asr mobaynida «falsafa»ni ta’riflash mushkulligi shu darajada ortdiki, buni bartaraf etish deyarli mumkin bo’lmay qoldi»3. Download 203.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling