Dunyoqarash tushunchasi va mohiyati. Falsafaning asosiy yo’nalishlari. Ҳозирги вақтда компьютер«компьютер фалсафаси»


Download 203.15 Kb.
bet5/49
Sana22.12.2022
Hajmi203.15 Kb.
#1043674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
1-мавзу.docx

Asosiyfalsafiyyo’nalishlar

Turli falsafiy yo’nalishlarni har xil asoslar: yetakchi falsafiy muammolar (ibtido muammosi, dunyoni bilish muammosi va boshqalar) ga munosabat, usul, mavzu asosi, klassik meros va bashqalarga munosabat bo’yicha guruhlashtirish mumkin.


Falsafiy yo’nalishlar dunyo ibtidosining tabiati to’g’risidagi masalada u moddiy yoki g’oyaviy yagona substansiya – monizm (яъни, Монизм (юнонча - монос, яъни якка маъносини англатади) - оламнинг асоси яккаю-ягона сабабга, битта асосга эга деб таълим берадиган фалсафий таълимотдир), teng huquqli mustaqil (moddiy va ruhiy) – dualizm (яъни, Дуализм (лотинча - дуа, яъни икки деган маънони ифодалайди) - оламнинг асосида иккита асос, яъни модда (материя) билан бирга руҳ ва ғоя, яъни идея ётади дегувчи қарашдир), ko’pchilik substansiyalardan iborat – plyuralizm(яъни, Плюрализм (лотинча - плюрал, яъни кўплик деган маънони англатади) - оламнинг асосида кўп нарсалар ва ғоялар ётади деб эътироф этадиган таълимотдир) deb e’tirof etiladiganlarga bo’linadi. Falsafa tarixida dualizmning eng mashhur vakili fransuz faylasufi R.Dekart (1596-1650), plyuralizmniki nemis faylasufi G. Leybnis (1646-1716) bo’lgan.
Monizm falsafa tarixida ikki: materialistik va idealistik shaklda mavjud. Materializm ruhiy ibtidoga qadar ham va unga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan tabiat, moddiy substansiya birlamchi­li­gidan kelib chiqadi. Materializmning o’zi turli xususiy tarixiy shakl va oqimlarga bo’linadi: qadimgi, hamma narsa tabiiy «unsurlar»dan biri, ya’ni suv (Fales), havo (Anaksimen), olov (Geraklit) yoxud ularning qatori suv, havo, olov va tuproq (chorvaklarning qadimgi hind maktabi, Empedokl), suv, havo, olov, tuproq va metallga (qadimgi xitoy falsafasida) asoslangan deb tushunuvchi oddiy materializm; Yangi davr metafizik materializmi (Gobbs, Lokk); antropologik materializm (L. Feyerbax, N. Chernishevskiy); dialektik materializm (K. Marks, F. Engels); ilmiy materializm (G. Feygl, J. Smart); emerjentistik materializm (J. Margolis, M.Bunge) va hokazolar. Izchil materializm (materialistik monizm), materializmning u yoki bushaklda ilohiy turtki– deizm yoki tabiat bilan olloh aynan bir– panteizm degan g’oyani ilgari suruvchi shakllar to’g’risida ham gapirish mumkin.
Idealizm ruh va ong birlamchiligidan, shaxsiy ong (subъektiv idealizm) yoki shaxsdan tashqari ruhning mutlaq g’oyaligi (obъektiv idealizm)dan kelib chiqadi. Xitoy faylasufi Van Yan-Min (1472-1528), ingliz yepiskopi D. Berkli (1685-1753), «esse-percipl» (lat.mavjud bo’lmoq – demak idrok qilinadi) prinsipini ilgari surgan nemis faylasufi I.Fixte (1762-1814) subъektiv idealizmning yirik namoyandalari edilar. Empiriokritisizm, neopoziti­vizm, neokantchilik va boshqa qator falsafiy maktablar subъektiv idealizm prinsiplariga asoslangan. Qadimgi hind falsafasidagi braxmanizm va vedantizm, yunon faylasufi Aflotun (er.av.427-347 yillar), xitoy faylasufi Chju Si (1130-1200), nemis faylasuflari Shelling (1775-1854), Xegel (1770-1831), neotomizm kabilarning falsafiy tizimlari obъektiv idealizmga mansubdir.
Agar dunyoni bilish mumkinligi to’g’risidagi masalani oladigan bo’lsak, undagi faylasuflar haqiqiy bilimga erishish mumkinligini e’tirof etuvchi va uni inkor qiluvchilarga bo’linadi. Uni inkor qiluvchilar yo’nalishi agnostisizm degan nom oldi va D.Yum (1711-1776) hamda I.Kant (1724-1804) bu yo’nalishning taniqli vakillaridir. Agnostisizm elementlari hozirgi tizimlar (neopozitivizm, kritikrealizm)da ham uchraydi. Haqiqatga erishish mumkinligini e’tirof etuvchilar orasida ҳиссий bilish (sensualizm), ақлий билиш (rasionalizm), diniy vahiy yoki so’fiy his qilish (irrasionalizm) kabi yo’nalishlarni ham ajratish mumkin. Sensualizm va rasiona­li­zmning ham materialistik, ham idealistik shakllari mavjud.
Falsafiy yo’nalishlarni bilish usullariga ko’ra, empirizm, rasionalizm va irrasionalizmga bo’lish mumkin.
Dialektika (tafakkur metodini narsa va hodisalarni o’zaro bog’liqlikda va rivojlanishda deb qarovchi) yoki metafizika (tafakkur metodini narsa va hodisalar umumiy bog’liqlikdan tashqarida, o’z-o’zidan sifat jihatidan rivojlanmaydi deb qarovchi) mavqeiga ega faylasuflar ham farqlanadi.
Falsafiy yo’nalishlar asosiy mavzusi bo’yicha nisbatan tor ixti­sos­lashishga, masalan, gnoseologiya, antropologiya, aksiologiya, ontologiya muammolari kabilarga mo’ljallangan oqim va maktablarga bo’linadi. Masalan, «lingvistik falsafa» tabiiy tilni tahlil qilishga (J.Ostin, J.Uizdom, P.Stroson), «texnika falsafasi» hozir­gi dunyodagi texnika fenomeniga (A.Xuning, F.Rapp), «istori­sizm» maktabi esa (V. Diltey, R. Kollingvud) tarixiy bilim muammolariga yo’naltirilgan va hokazolar.
Falsafiy yo’nalishlar klassik merosga munosabat bo’yicha ilgarigi klassik tizim g’oyalarini tiklab, rivojlantirishga yo’naltirilgan neoklassik oqim (neokantchilik, neotomizm, neoxegelchilik va boshqalar), ularni to’liq qaytadan ko’rib chiqish va ularni rad etishga asoslangan antiklassik oqim (pozitivizm, nissheanchilik, tasavvuf) va tanqidni sintezlash va klassik meros an’analarini davom ettirishga yo’naltirilgan neoklassik oqim (marksizm, ekzistensializm va boshqalar)ga bo’linadi.



Download 203.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling