Dunyoqarash tushunchasi va mohiyati. Falsafaning asosiy yo’nalishlari. Ҳозирги вақтда компьютер«компьютер фалсафаси»


- ikkinchidan, sakrash tadrijiylikning uzilib, miqdor o’zgarishlaridan tub sifat o’zgarishlariga o’tishidir


Download 203.15 Kb.
bet20/49
Sana22.12.2022
Hajmi203.15 Kb.
#1043674
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49
Bog'liq
1-мавзу.docx

- ikkinchidan, sakrash tadrijiylikning uzilib, miqdor o’zgarishlaridan tub sifat o’zgarishlariga o’tishidir;
- uchinchidan, sakrash eskini tugatish va yangi sifatga mos keladigan holatlarning vujudga kelishi tufayli paydo bo’ladigan ziddiyatlarni hal qilishdir;
- to’rtinchidan, sakrash olamning rivojlanib, ilgarilab borishidir.
Hodisalarning sifat xususiyatlariga va ularning rivojlanish sharoitiga bog’liq ravishda eski sifatdan yangi sifatga o’tish turli shakllarda sodir bo’ladi. Har bir narsa, hodisa o’zining aniq inkor qilish usuliga, o’z navbatida aniq sakrash shakliga egadir.
Demak, har qanday o’zgarish, har qanday rivojlanish miqdor va sifat o’zgarishlarining o’zaro bir-biriga o’tishi orqali sodir bo’ladigan jarayonlardan iborat. Borliqning hamma sohasida doimo eski, umri tugayotgan narsa va hodisalarning barham topishi, yangi narsa va hodisalarning vujudga kelish jarayoni sodir bo’lib turadi. Bundagi eskining yangi bilan almashinishi inkor deb ataladi.
O’zgarish va rivojlanish jarayonida o’z-o’zini inkor etish tamoyili nihoyatda muhim. Bunda vorislik – eskining inkori va yangilikning shakllanishi sifatida namoyon bo’ladi. Ana shu jarayonlarning doimiy takrorlanishi inkorni inkor qonunining mohiyatini bildiradi.
Mazkur qonunga muvofiq obyektiv voqyelikdagi narsa va hodisalarning rivojlanishi jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilinishi ro’y beradi. Biroq, aksariyat hollarda, eskilik butunligicha inkor qilinmaydi, undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi.
Inkor tushunchasi kundalik ongda «yo’q», so’zi bilan qo’shilib ketadi, inkor qilmoq — «yo’q» demakdir, biror narsani rad etmoqdir. Lekin dialektikada inkor kundalik ongda ishlatiladigan tushunchadan farq qiladi. Dialektikada inkor qilish to’g’ridan-to’g’ri «yo’q» degani emas, ya’ni narsani mavjud emas, deb e’lon qilmoq yoki uni har qanday usul bilan yo’qotib tashlamoq emas.
Inkorni dialektik tushunish yangining eski bilan oddiy almashuvi bo’lmasdan, balki eskining bag’rida vujudga kelib, undan foydalanib, qaror topishini tan olishdir. Dialektik inkorning muhim ikki jihati mavjud: birinchisi, eskining o’rniga yangining kelishi tabiiy-tarixiy jarayon bo’lganligi uchun taraqqiyotning muhim sharti hisoblansa; ikkinchisi, u yangini eski bilan vorisiy bog’liq ekanligini ham ifodalaydi.
Inkorni inkor qonunini tushunish uchun uni nega shunday deb atalishini izohlamoq lozim. Falsafaning bu ta’limotini ikki marta takrorlanuvchi inkorda ifodalanishi olamdagi narsa va hodisalarning doimiy ravishda o’zgarib, bir holatdan ikkinchi holatga o’tib borishi va oqibatda, rivojlanish uzluksiz ekanligidan kelib chiqadi.



Download 203.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling