Dunyoqarash tushunchasi va mohiyati. Falsafaning asosiy yo’nalishlari. Ҳозирги вақтда компьютер«компьютер фалсафаси»
-Mavzu: Axborot tushunchasi va axborot texnologiyalari rivojlanishining evolyusion bosqichlari
Download 203.15 Kb.
|
1-мавзу.docx
4-Mavzu: Axborot tushunchasi va axborot texnologiyalari rivojlanishining evolyusion bosqichlari
Reja Axborot tushunchasi va uning moxiyati Ilmiy-texnik inqilob va ilmiy-texnik taraqqiyot Kompyuter inqilobi Axborot – 1) biron voqea haqidagi batafsil xabar, ma’lumot. Davlatlar o‘rtasidagi muzokaralar natijasida tuzilgan bitim yoki shartnoma to‘g‘risida hukumatning rasmiy xabari. Xalqaro huquqda ikki va undan ortiq davlatlar o‘rtasida olib boriladigan diplomatik muzokaralar natijasida tu-zilgan bitimlar, shartnomalar yoki qabul qilingan boshqa qarorlar haqidagi xabar ikki yoki undan ortiq davlatlar tomonidan rasmiy e’lon qilinadi. Ikki davlat o‘rtasida olib borilgan muzoqaralar haqidagi Axborot odatda qo‘shma Axborot deb atala-di; 2) ba’zi vaqtli nashrlarning nomi (mas, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining axboroti, O‘zbekiston Respublikasi test markazining axboro-ti va boshqalar). Axborot tizimi - qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida axborotni to’plash, saqlash, ishlov berish va chiqarishda foydalaniladigan vositalar, usullar va xodimlarning o’zaro bog’liq majmui. Axborot o’z subyekti va obyekti (manbai) o’rtasidagi o’zaro aloqa jarayonining mahsuli (natijasi) sifatida vujudga keladi. Aks ettirishning uzatilgan, invariant qismi sifatidagi axborot konsepsiyasi tanlash jarayonini amalga oshirishga qodir o’zini o’zi boshqaruvchi tizimlar faoliyatini tavsiflashi mumkin. Axborot murakkab tarkibli tizimlarda aks ettirilgan rang-baranglikning boshqaruvga xizmat ko’rsatuvchi muhim qismi, kommunikasiya vositasi sifatida namoyon bo’ladi. U bir qancha xossalarni 215 o’zida mujassamlashtiradi – nafaqat aks ettirish, boshqarish, balki aloqa vositasi sifatida ham amal qiladi. Bu yerda axborotning kommunikativ jihati birinchi o’ringa chiqadi. Axborot –obyektiv reallikning muhim qismini ifodalovchi tushuncha bo’lib, o’zini saqlash, qayta ishlash va ta’sir natijalari (izlari)dan foydalanish uchun mo’ljallangan moddiy tizimlarda namoyon bo’ladi. Axborot bu tizimlarning faoliyat jarayonida o’z mazmuniga ega. Obyektivlik, moddiylashtirish va uzatish imkoniyatining mavjudligi – axborotning muhim xususiyatlari. Axborotning evristik mazmunini o’rganishda informasion vaziyatning quyidagi unsurlari muhim o’rin tutadi: 1) axborot subyekti (axborot oluvchi, uni o’zgartiruvchi va undan foydalanuvchi), axborot obyekti (axborot manbai): subyekt bilan o’zaro aloqaga kirishadi; 2) ehtiyojlar: aks ettirilgan rang-baranglikning muhim qismini tanlash masalasini yechadi. Subyektning qizg’in izchil faoliyati axborotning shakllanish jarayonida muhim omillardan biri sifatida amal qiladi. Tashqi ta’sirlardan axborot obyektining subyektga ta’siri, ta’sirni kodlashtirish va modellashtirish, teskari aloqa, subyektning bilim darajasi ta’sirida o’zgarish va hokazolarni qayd etish mumkin. «Axborotni o’rganish axborot-boshqaruv jarayonini tahlil qilish bilan uzviy bog’liq, chunki axborot unda funksional xossa sifatida mavjuddir»6 . Informasion vaziyat butun axborot jarayoni maydonini ifoda etadi. Shu sababli axborotning o’zi emas, balki u amalda o’z aksini topgan faoliyat yoki xulq-atvorni boshqarish tizimidagi aloqalar, funksiyalar va mexanizmlar o’rganish predmetini tashkil etadi. Axborot kommunikativ jarayonga qo’shilib, bilim muayyan shaxsning boyligiga aylanishiga imkoniyat yaratadi. Bilim – subyekt ongining mazmuni, bilish faoliyatining natijasi, amalda mavjud predmetlarga bog’langan bilish obrazlari majmui. Muayyan subyekt bilimining mazmuni hyech qachon idrok etilgan axborot mazmuni bilangina cheklanmaydi. Idrok etish bilimning alohida turi sifatida olingan axborotni anglab yetish, tushunish, talqin qilishni nazarda tutadi. Ilmiy bilimlar hajmining o’sishi bilan bog’liq bo’lgan demokratik jamiyat sharoitida bilimning yangi shakllarini izlash muammosi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu muammo asosan bilimni semiotika vositalari yordamida soddalashtirish yo’li bilan shaklan o’zgartirish bilan bog’liq. Bilimning informativligi bilish faoliyatining barcha sohalari, kommunikativ jarayonlarda muhim ahamiyatga ega. Bunda «kundalik amaliyot, ishlab chiqarish faoliyati, odamlar o’rtasidagi munosabatlarda aloqa texnikasi ma’nosidagi axborot miqdori emas, balki avvalo axborotning mazmuni yoki boshqacha aytganda informativlik muhimdir. Zotan, axborot miqdori qancha ko’p bo’lmasin, agar u idrok etilmasa, tushunib yetilmasa, undan zarracha naf bo’lmaydi»7. Bilimning informativligi borliq qonunlarini aniq aks ettiruvchi va insonga uning amaliy-o’zgartirish va bilish faoliyatida xizmat qiluvchi tushunchalar, mulohazalar, konsepsiyalar, nazariyalar va bilimning boshqa shakllarida ifodalangan muhim axborot majmuidir. Informativlikning mazmunini quyidagilar tavsiflaydi: 1) yoritilayotgan masalalarning muammoliligi; 2) o’rganilayotgan obyektning xossalari, aloqalari va munosabatlarini aniq aks ettiruvchi bilimning muhimligi va o’ziga xosligi; 3) axborotning yangiligi, agar u amalda ijtimoiy ahamiyatga ega va o’zlashtirilganidan so’ng foydalanuvchining munosabatini o’zgartirishi mumkin bo’lsa; 4) axborotdan faoliyat jarayonida foydalanayotgan subyekt maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi; 5) bilimning tushuntiruvchi, bashorat qiluvchi va uyushtiruvchi kuchi; 6) bilim mazmuni mantiqiy-gnoseologik o’zagining xususiyati sifatidagi bilimning invariantligi; 7) bilimning nomuayyanlik darajasi. Ilmiy bilimning informativligi fanning hozirgi davrdagi rivojlanish qonuniyatlari, avvalo uning samaradorligini oshirishga ko’maklashuvchi bilishdagi integrasiya jarayonlari bilan belgilanadi. Fan integrasiyalashuvining muhim unsurlaridan biri bo’lgan ilmiy axborot integrasiyasi ilmiy axborotning bir-biriga, fanning bir tarmog’idan boshqa tarmog’iga o’tishida namoyon bo’ladi. Hozirgi zamon fanining mantiqiygnoseologik asoslaridan biri bo’lgan integrasiya ilmiy bilimning informativlik darajasi va asosiy informasion imkoniyatlarini o’zgartiradi. Bu bilimning bir darajasidan boshqa darajasiga, narsalar va hodisalar mazmunini yanada teranroq aks ettiruvchi bilimga o’tish bilan bog’liq. Integrativ jarayonlar nazariy tizimlarning teranlik darajasini oshirib, nazariya va empirik ma’lumotlarning qo’llanish doirasini kengaytiradi. Nazariya mazmunining yanada teranlashuvi informativlik darajasining oshishiga, tushunchalar haqidagi axborotning integrativ jarayonlarga ta’sir ko’rsatish imkoniyatini ro’yobga chiqarishga ko’maklashadi. Shunday qilib, fanning integrasiyalashuvi tushunchalar tizimlarining informativligini ularning o’zaro aloqasi asosida ro’yobga chiqarish mexanizmi hisoblanadi. Fanning integrasiyalashuvi informativlikning muhim xususiyatlaridan biri – bilimning tushuntiruvchi va bashorat qiluvchi kuchini oshiradi. Ilmiy bilishga informativlikni invariantlik orqali tahlil qilish xos. Informativlik invariantlik ma’nosida ko’p jihatdan konseptual tizimlarning tushuntiruvchi kuchi yordamida ifodalanadi. Ilmiy axborot kommunikativ jarayonga qo’shilib, bilish faoliyatining samaradorligini oshirish vositasiga aylanadi. Bu bilimning informativligiga nisbatan gnoseologik va sosiologik yondashuvlarning birligi bilan belgilanadi. Shunday qilib, bilimning informativligini o’rganish ilmiy faoliyatga nisbatan mantiqiy-gnoseologik, sosiologik va psixologik yondashuvlarning birligini nazarda tutadi. Bilimning informativligi obyektiv va subyektiv narsalar va hodisalarning falsafiy birligidir. Informativlik bilim obyektiv mazmunining xususiyati bo’lgani holda, ayni vaqtda foydalanuvchilarning axborotga munosabati sifatida ham namoyon bo’ladi. Bu munosabat muayyan shaxsning ma’naviy dunyosi, bilish faoliyatini amalga oshirishning psixologik xususiyatlari bilan belgilanadi. Foydalanuvchi ijtimoiy-kommunikativ jarayoniga qo’shilgan axborotni uning obyektiv mazmuni va ijtimoiy ahamiyati, obyektiv ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyatlar nuqtai nazaridan qabul qilishi va tushunishi lozim. Bilimning informativligi ilmiy faoliyatni o’zgartirish, bilish, ijtimoiy-kommunikativ va psixologik jihatlarini qayd etishni taqozo qiladi. Sosiologik yondashuv shuni ko’rsatadiki, bilimning informativlik darajasini moddiy ishlab chiqarishning o’sishi, moddiy-o’zgartirish faoliyati asosiy vazifalari kompleks, integrativ xususiyatining kuchayishi ham, ilmiy kommunikasiyalarning rivojlanishi ham oshiradi. Bilimning yangi unsurlari vujudga kelishida ijtimoiy-kommunikativ jarayonga qo’shilgan, o’zlashtirilgan ijtimoiy muhim unsurlar faol ishtirok etadi. Axborotning ahamiyati quyidagilarda o’z aksini topadi: Agar axborot to’liq va aniq bo’lmasa, boshqarish qiyin bo’ladi. Har qanday ishning muvoffaqiyati ko’p jihatdan qaror qabul qiladigan shaxs qo’lida bo’lgan axborot hajmiga bog’liq bo’ladi. Genri Ford shunday degan edi: «Biznesda muvoffaqiyatning asosi - o’z vaqtida olingan, to’g’ri talqin qilingan va mohirona ishlatilgan axborot hisoblanadi». Axborot – bu boshqaruv apparati faoliyatining ham dastlabki nuqtasi, ham natijasidir. Boshqarish jarayoni boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida axborot to’plash, uzatish va qayta ishlash, boshqaruv buyruqlari ko’rinishida axborot berish va uni ijrochilarga yetkazishdan iboratdir. Axborotlarni tasniflashda quyidagicha amalga oshirish mumkin: Bajaradigan vazifasiga ko’ra: Direktiv axborot, hisobot ko’rinishidagi axborot, nazorat qilish bo’yicha axborot Axborotni tarqatish usuliga ko’ra: Xujjatlashtirilgan va xujjatlashtirilmagan axborot Qayta ishlash darajasiga ko’ra: Birlamchi, ikkilamchi axborotlar Kelib chiqish manbaiga ko’ra: Ichki va tashqi axborotlar Harakat yo’nalishiga ko’ra: Kiruvchi va chiquvchi Davriyligiga ko’ra: Smenali, sutkali, chorakli, oraliq, yillik va h.k. Taqdim etish shakliga ko’ra: Yozma, og’zaki, raqamli, harfli, kodlangan To’liqliligiga ko’ra: Yetarli, kam, ortiqcha Mazmuniga ko’ra: Statistik, Sosial (ijtimoiy), Iqtisodiy, Huquqiy, Moliyaviy, Texnologik, Marketing kabi turlar bo’lish mumkin Hozirgi kunda axborotga qo’yiladigan talablar quyidagilar: Ahamiyatlilik Yetarlilik Aniqlik Ishonchlilik Dolzarb Egiluvchanlik (ya’ni axborotni qayta ishlash va uzatishni texnik vositalar yordamida amalga oshirish imkoniyati) Axborotni to’plash va uzatishning tejamliligi Himoyalanganlik Axborot va axborot taxnologiyalaring shakllanishi kibernetika g’oyasining shakllanishiga olib keldi. Kibernetika g’oyasining asosiy ma’nosi, aloka va boshqarish jarayonlarnni urganishdan iborat. Bu yerda aloqa inofrmasion xodisa ma’nosida, ya’ni informasion jarayonni amalga oshirish ma’nosida "tushuntiriladi. Bu xol "informasiya" tushunchasi kibernetika uchun eng muxim nazariy tushunchalardan biri ekanidan dalolat beradi. Kibernetika materialistik dialektikaning kupgina prinsip va kategoriyalarini rivojlantirish uchun boy material yaratib beradi. Falsafiy kategorialarga yakin bulgan informasiya esa, uz navbatida, boshkarish, optimallashtirish va shu kabi kategoriyalarni chukurrok tushunish imkonini tug’dirmokda. Demak, Kompyuter falsafasining asosiy tushunchasi "informasiya"-eng umumiy fan bulgan falsafa uchun eng muximdir. Kompyuter va axborot texnologiyalari inqilobining jadallashuvi "Inson-mashina muxit"ining shakllanishiga olib keldi. "Inson-mashina muxit" majmuasida uzaro mutanosiblik muxim o’rin tutadi. Bunday borlik muammolarni astoydil ishlab chikish aloxida fan darajasiga kutarilmokda. Fanning bu eng yangi tarmogini "ergonika" deb atalmokda "Ergos"- yunoncha "inson" degan so’zdir. Bu bilan "insom mashina muxit" majmuasida inson mavkei birinchi urinda ekanligini ta’kiklash kuzda tutilgan. Insonning ruxiy va fiziologik imkoniyatlarini xisobga olmasdan yaratilgan mashina xamisha xavf tug’dirishi mumkin. AKSh da aviasiya xalokatining uchdan bir kismi mana shu "insoniy faktor" ning xisobga olinmasligi okibatida yuz berishligi aniklangan. Xakikiy gumanist kashfiyotchilar "inson mashina-muxxit" majmuasini doim yodda tutadilar. Ilmiy-texnik inqilob va ilmiy-texnik taraqqiyot 1. Ilmiy inqilob tushunchasi Fan taraqqiyoti rivojlanishning umumiy qonuniyatlariga buysunadigan jarayon va sohadir. Rivojlanishning umumiy qonuniyatlariga tadrijiy (evolyusion) va sakrashsimon (inqilobiy) o’zgarish, eski sifatdan yangi sifatga o’tish kiradi. Bu ikki turdagi o’tish fan taraqqiyoti uchun xam xosdir. Fan ijtimoiy institutdir. Shunday ekan fan o’zini taraqqiyotini ichki mexanizmlari va tashqi omillariga ega. Fan taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni bir tarkibiy qismidir. Fanni jamiyat taraqqiyotiga ta’sir etuvchi jiddiy kuch ekanligi marksizm va pozitivizmda anglanadi. Pozitivizm ijtimoiy taraqqiyoti 3 bosqichni belgiladi: diniy, metafizik va pozitivistik. Marksizm fanni kapitalizm sharoitida ishlab chiqarish kuchiga aylanishi ko’rsatdi. Ilmiy tadqiqot sohasida ishlaydigan mutaxassislar fan taraqqiyoti qonuniyatlarini bilishlari kerak. Bu mutaxassisni falsafiy tafakkur madaniyatiga kiradi, o’z sohasidagi faoliyatni qaytarilmas va davriy jarayonlarini bilish imkoniyatini beradi. Ilmiy – yoki nazariy – falsafiy inqilob tushunchasini fanga birinchi bo’lib I.Kant kiritgan. Uning fikricha turli davrlarda matematika, tabiiyot va falsafada inqiloblar yuz bergan. Birinchi ilmiy inqilob I.Kantni fikricha qadimgi yunon matematikasida sodir bo’lgan. Bu inqilobni mazmuni shundan iboratki, fales yoki boshqa kishi geometriya maslalarini yechish bilan qanoatlanmay, geometrik figuradagi va miqdorlarni nisbatini mantiqiy isbotlash orqali asoslashga o’tgan. (Kant. Tom Z.M. 1964 s. 84-85 betlar). Tabiatshunoslik, Kantni fikricha ilmiy inqilobni F.Bekon amalga oshirgan. Aslida F.Bekon uslubiy inqilobni amalga oshirgan. Ilmiy inqilobni Kopernik, Galigey, Kepler, Nyuton amalga oshirdilar. Inqilob tushunchasini o’ziga kelganda I.Kantni fikricha fandagi inqilob – bu “Baxtli faxm, uydir, insonlarni taraqqiyotiga olib keladigan nogahon yopishdir. Inqilob natijasida olim muammoni yechishni yangi aprior shakllarini topadi. I.Kant bergan yana ir tavsiya bo’yicha ilmiy inqilob biron bir bo’lim tarmogini to’satdan tug’ilishidir, bunda fan birinchi marta o’zini predmeti va maqsadini anglaydi. INqilobdan keyingi davrda fan faktlarni to’plash va ularga tavsif berish orqali tadrijiy taraqqiyot shaklida rivojlanadi. Ilmiy inqilobni intellektual mexanizmi ijodiy fikrlovchi tafakkurdir. Gegel Kantning ximmatli fikrini davom ettirmadi. Mutafakkir “Ilmiy-taraqqiyot” tushunchasini ishlatish bilan chegaralanadi. Gegelni fikricha ilmiy taraqqiyot nazariy tafakkurni kuyi bosqichidan yuqori bosqichga ko’tarilishdir.. Marksistik falsafada ilmiy revolyusiya u yoki bu fanda chuqur o’zgarishlar, bir tushunchalar va tamoyillar tizimidan, obyektni yana ham chuqur mohiyatini ochib beradigan, tushunchalar tizimiga o’tish deb tushuntiriladi. G’arb fani va falsafasida Kantdan keyin XX asrni o’rtalarigacha ilmiy taraqqiyotni tushuntirishdi kumulyativistik yondashuv hukm surdi. Bu yondashuvga ko’ra ilmiy-taraqqiyot fakt va bilimlarni to’xtovsiz to’planishidir, fakt va bilimlardan tashkil topgan irmoqlar qo’shilishib fan daryosini hosil qiladilar, har bir umumiy haqiqat mayda haqiqatlarni majmuasidir. Mazkur yondoshuv fanda keskin sakrashlar, inqilobiy o’zgarishlar o’lishni inkor etadi. Kumulyativizm yondashuvi fan taraqqiyotidagi tadrijiylikni, nazariy vorislari mutlaqlashtiradi. Fandagi keskin o’zgarishlar, butunlay yangi tushuncha va tasavvurlarni kelib chiqishni ilmiy inqilob emas, balki ijodiyot psixologiyasini predmeti bo’lmish g’ayrishuuriy jarayonidir. Shu bois, mantiqiy pozitimizvda ilmiy inqilob tushunchasi umuman ishlab chiqilmagan, tadqiqot predmetiga aylanmagan. Natijada fan taraqqiyotini sinxroniyasiga e’tibor bergan neopozitivizm ilmiy bilishni tarixiy dinamikasini, diaxronikasini e’tibordan chetda qoldirdi. Bu narsa 60 yillarda tanqidiy fikrlovchi faylasuflarga ayon bo’ldi. Antikulyayativizm yondashuvini ishlab chiqishda A.Koyre, E.Meyrsen xizmatlar kilishdi. Asta-sekin G’arb falsafasidapostnopozitivzm yo’nalishi shakllandi. K.Popper falsifikasionizm T.Kun fanni paradigmal konsepsiyasini yaratdi. 2. Ilmiy inqilob fan paradigmasini almashinuvi sifatida Fan taraqqiyotini antikumulyativ yondashuvini bir modelini T.Kun ishlab chiqdi. Bu yondashuvni zaminida har davrda bir butun tarixiy bilish xosilalari mavjudligi g’oyasi yotadi. Fanni borligini belgilab beradigan bir butun bilish xosilasini T.Kun paradigma deb ifodalanadi. U quyidagicha yozadi. “Paradigma deb men ma’lum davrda ilmiy jamoatchilikka barchalar tomonidantan olingan muammolarni qo’yish va ularni yechish modelini beradigan ilmiy yutuqlarni tushunaman” (Kunt Struktura i nauchnqx revolyusiy M.1975, S. 11) Faylasuflar T.Kun kiritgan “Paradigma” tushunchasini mazmunini noaniq deb baholadilar. Shundan keyin, T.Kun “Paradigma” tushunchasini olimlarini ma’lum bmlms tarmog’iga tegishli ekanliklarini, ularni ilmiy faoliyatlari ma’lum qoidalar tizimiga buysunishni ifodalaydigan tarmoqlar matrisasi (dissiplinariya matrisa) tushunchasi orqali ta’riflashga xarakat qildi. Paradigma tarkibiga nazariy umumlashmalar (qonunlar va tushunchalarni ta’riflaydigan xulosalar), universum va uni ontologiyasini tavsiflash imkoniyatini beradigan metafizik (ya’ni, umumnazariy, falsafiy) elementarlar, tadqiqot yo’nalishi belgilaydigan qadriyatli ko’rsatmalar va nihoyatda ko’pchilik olimlar tomonidan qabul qilingan namunalar konkret muammolarni hal qiladigan yechimlar kiradi. Bu unsurlar “Normal fanni” mavjudligini ta’minlaydilar. Ko’pchilik tan olgan paradigmani mavjud bo’lishi fani kamolotka, taraqqiy etgan bosqichga erishadigan dalolat beradi. Tomas Kun Paradigmalarni tarixiy shakllariga Aristotel dinamikasi Ptolomeyni astronomiyasini, Nyutonni mexanikasini kiritgan. Popperni fikricha ilmiy inqilobni xususiyati shuki, u ma’lum muammoni hal etishga intilgan nazariyalardan birontasini oqilona tanlashni bildiradi. Ilmiy bilish jarayoni – bu ilmiy nazariyalarni to’xtovsiz olga surish va falsifikasiya qilishdir. Fan to’xtamasligi kerak, hatto nazariya tajribada tasdiqlansa ham, doimo yangidan yangi nazariyalarni ishlab chiqish lozim. Demak, ilmiy taraqqiyot evolyusiyasi ketma-ket sodir, bo’ladigan ilmiy inqiloblardan tashkil topadi. K.Popperni g’oyasiga qaraganada T.Kunni nazariyasi ilmiy inqilob jarayonini chuqurroq tushuntiradi. Uning fikricha ilmiy inqilob davriy, vaqti-vaqti bilan sodir bo’ladigan chuqur o’zgarish bo’lib, u fanni yoki fan tarmog’ini predmetini, tadqiqot usulini, tushunchalar, tizimini va falsafiy asoslarini yangilashga olib keladi. Inqilobiy o’zgarishdan keyin fan taraqqiyoti normal tadrijiy taraqqiyot bosqichiga kiradi. Tadqiqotchilar T.Kunni paradigmal konsepsiyasini ayrim kamchiliklariga ham e’tibor berishdi. Xususan T.Kun fanni normal, evolyusion taraqqiyoti bosqichini asta-sekin rivojlanish, muammolarni yechish usuli algoritmlashgan faoliyat deb, fandagi tanqidiy va ijodiy xislatni ko’ra olmadi. Fanda inqilobga olib keladigan o’zgarishlar ilmiy bilishni tadrijiy taraqqiyot bosqichida sodir bo’ladi. Bundan tashqari fandagi tadrijiy va inqilobiy rivojlanish o’rtasida predmetli va konseptual vorislik bor. Ya’ni ikki davr bir-biriga nisbatan butunlay mustaqil bo’lmasdan, biri ikkinchisidan o’sib chiqadi. Ilmiy inqilob nimalarda namoyon bo’ladi? 1. Ilmiy inqilob tadqiqotni yangi sohalari va predmetini ochishda, shu bois, tadqiqotini yangi usullarini va ularga monand bo’lgan nazariy tushunchalarni ishlab chiqishda ko’rinadi. Shunday ilmiy inqilob qatoriga matematikada noevklid geometriyasi yoki differensial va ingtegral hisoblash usullarini, klassik va noklassik mexanikani yaratilishini kiritish mumkin. 2. Ilmiy inqilob tadqiqot obyektini chuqur, fundamental, mavjud tasavvurlarni o’zgartirib yuboradigan xususiyatlarini, qonuniyatlarini ochish va ularni talqin etishni bildirishi mumkin. Masalan, fizikada Bolsman termodinamikasini yoki yorug’likni kvant nazariyasini (plank) paydo bo’lishi. 3. Ilmiy inqilob obyekt haqidagi oldingi tasavvurlarni sifat jihatdan o’zgartirilishini bildirish mumkin. 1) Ilmiy g’oyadan tortib, to uni texnik qullashgacha bir butun ilmiy-texnik oqim paydo bo’ldi. 2) Kafedrani tayyorlash tizmida chuqur o’zgarishlar ta’limida akad.Kolmogorov –maktabi. 3) I T I ishlab chiqarish, boshqarish va mehnatini tashkil qilishni takomillashtirishni taqozo etdi. Fan – texnika taraqqiyoti fan va texnikani koevolyusion rivojlanishini bildiradi. Bu, birinchidan ilmiy g’oyalar va kashfiyotlarni texnika va texnologiyani kamolot darajsini to’xtovsiz yuksaltirishni, ikkinchidan, ilmiy tadqiqotlarda eng yangi texnik tuzilma va asboblarni qo’llashni bildiradi. Fan texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni moddiy va nomoddiy sohalarini sifat jihatdan o’zgartiradi. Mehnat unumdorligini oshiradi, ijtimoiy taraqqiyoti tarkibiy qismini tashkil qiladi. Fan texnika taraqqiyotini asosiy sohalari. Ishlab chiqarish va turmushni kompyuterlashtirish;. Ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarish; Biotexnologiya; Energetika; Transport; Kosmosni o’zlashtirish; Harbiy texnologiya (grant bombasi) Bu sohalari taraqqiyoti ijtimoiy hayotni iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va kundalik hayot sohalariga katta ta’sir ko’rsatmoqda. Kompyuter inqilobi Hozirgi vaqtda Ilmiy-texnik taraqqiyoti yuksalishi sodir bo’lmoqda. Yangi sanoat tarmoqdir, yangi texnologik tizimlar, yuqori darajadagi aniq mexanizmlar, barpo qilinmoqda. Bularni zaminida to’xtovsiz sodir bo’layotgan texnik yangilanishlar yotadi. O’z navbatida texnik chig’ilanishlar ilmi bilimlarni geometrik progressiyada o’sishi, ko’payishi yotadi. Ya’ni ilmiy axborotni ikki barobar ortishini vaqt oralig’i (intervali) qisqarib bormoqda. Bir necha asarlar oldin ilmiy axborotni ikki barobar ortishi har 15 yilda sodir bo’lar edi. Hozirgi paytda har ikki yilda ilmiy axborot massivi ikki barobar ko’paymoqda. Yangi bilimlarni paydo bo’lishi va ularni hajmini qisqa vaqtda ko’payishi-texnik taraqqiyotni bosh manbaidir. Bilishni o’sishni texnik yangilanishda uzib turishi lozim. Hozirgi texnik taraqqiyot ilmiy bilishlarni amaliy tatbiqi sifatida amalga oshmoqda. Oldinlari stixiyali kashfiyot shaklida sodir bo’lardi. Oldingi davrlarda texnik taraqqiyot ayrim texnik tuzilmalarni yaratish va undan foydalanishda namoyon bo’lar edi. Texnologiya deganda texnik qurilmalar bilan ishlashni ketma-ketligini ta’minlash, oraliq va yakuniy maqsadlarni amalga oshiruvchi faollik tizimi prinsiplarini yaratish tushunilar edi. Hozirgi texnologiyalar murakkab operasion struktura va tizimlarni o’z ichiga olib, ularni faoliyati vosita va boshqarish mexanizmlari, intellektual – axborot tizimi bilan ta’minlangan, ularni iqtisodiy ijtimoiy, ekologik oqibatlari oldindan belgilanadi. Hozirgi texnologiyalar ko’p bosqichli jarayon va nihoyatda ko’p parametrli tizim bo’lib, ularni boshqarish uchun insonni yordamchisi bo’lgan intellektual mexanizmlar kerak. Fanga asoslangan murakkab texnologiyalar hozirgi zamon fan-texnik taraqqiyotni bosh tarkibiy kismi bo’lmoqda. Aloxida-aloxida texnik qurilmalar emas, balki ijtimoiy, madaniy intellektual va texnik parametrlarni o’zida mujassamlashtirgan texnologiyalar fan-texnik taraqqiyotini bosh oqimini belgilab bermoqda. Bu esa boshqarish va nazorat funksiyalarini oldingi o’ringa chiqardi. Bunga ijtimoiy boshqarish va nazoratni murakkablashishi qo’shildi. Ijtimoiy va texnologik jarayonlarni tezlashishi amerikalik professor D.Benigor ta’kidlagan nazorat inqilobi jarayoni vujudga keldi. Nazorat va texnologik inqilob kompyuter inqilobini omili bo’ldi. Kompyuter inqilobi bir qancha texnik va texnologik o’zgarishlar mayda inqiloblar tufayli vujudga keldi. Aytaylik sanoat yangi sun’iy materiallar, moslamalar va texnologik tizimlar bilan ta’minlana boshladilar. Aytaylik, yarim o’tkazgichlar, chiplar, noana’anaviy materiallar shular qatoriga kiradi. Bulardan tashqari ijtimoiy ishlab chiqarish sohasida quyidagi mini inqiloblar yuz berdi: a) Jamiyatda informasion inqilobni yuz berishi. Bilishlar massivi har 2 yilda ikki barafar oshib bormoqda. Ijtimoiy hayotni barcha tomoni informasion tizimlarga biriktirilgan. Bu axborotga inqilobiy tus va miqyos berdi. b) Texnologik inqilob texnik tizimlardagi jarayonlar tozalashda va ko’p parametrli hodisa – oqibatlarni yuzaga keltira boshlashda. Inson o’zini tabiiy qobiliyatlari bilan ularni boshqara olmay qoldi. v) Nazorat inqilobi. Nazoratni amalga oshirish uchun kerak bo’ladigan amallar va funkqiyalar portlashsimon tarzda, an’anaviy usullar bilan bajarish mumkin bo’lmay qoldi. g) Intellektual faoliyatni texnikalashtirish, texnologik asosga qo’yish. Hisoblash mehanizmlari EXM va boshqalar. d) muxandislik tafakurini taraqqiyoti. Muxandislik tafakkuri hozirgi paytda informasion texnologiyaga, ijodiy xarakterga ega, yuqori samarali matematik isbotlashga tayanadi. Qayd qilingan omillar kompyuter inqilobini zamin sifatida tayyorladilar. Shu bois kompyuter inqilobini kompleks hodisa deyish mumkin, u ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, ilmiy texnologik yuksalishlarni o’zida sintez qilib sun’iy aql bilan texnologiyani birlashganini mujassamlashtirdi. Postindustrial jamiyatga o’tayotgan mamlakatlarda boshqarish, nazorat qilish, hisoblash jarayonlari tezlashdi. Lekin haqiqiy hisoblash inqilobi texnologik taraqqiyotni mumkin bo’lgan oxirgi tezlik, hajm vamasshtabga kelgandan keyin sodir bo’la boshladi. Texnologik tizimlarni insonga ko’rsatayotgan ta’siri fiziologik psixologik bardosh berish chegaralaridan chiqa boshladi. Ayni paytda texnologik parametrlarni qayd qiladigan hujjatlar ham katta tezlikda bordi. Aytaylik 1980-90 yillarda AQShda har kun 400 mln. Varaqli hujjat yaratilardi saqlanadigan hujjatlar esa 10-12 birlikni tashkil qiladi. Boshqarish faoliyatini oqilona jarayonga aylantirish uchun elektron hisoblash texnikasini, axborot va boshqarish texnologiyasini uzatish vositalariga ehtiyoj kuchaydi. Hisob va nazorat inqilobi global miqyosiga ega bo’lgan intelektni paydo bo’lganidan darak beradi. Bir vaqtlar Kant falsafiy, estetik va axloqiy aqlni tanqidiy tahlilini bergan edi. Keyinchalik ilmiy aqlni salohiyati ortib bordi. XX asrda muxandislik tafakkurini miqyosi oshishi bilan texnologik aql shakllana bordi. Texnologik aql doimo takomillashib boradigan texnologik faoliyatni qoidalari bilimlar, anjazalar, usullar tizimidir. Fan-texnika taraqqiyoti va inqilobi jarayonida texnologik aql ijtimoiy ong, madaniyat va sivilizasiyani kuchli unsuriga aylana bormoqda. Birinchi davrda texnologik aql va texnikani taraqqiyoti parallel jarayon sifatida sodir bo’ladi. Birinchi elektron-hisoblash mashinasi yaratilishi xar ikkalasini koevolyusiyasini boshlanganidan darak beradi. Dastlabki EXMlarni yaratilishi birinchi kompyuter revolyusiyasini sodir bo’lishini ko’rsatdi. Birinchi EXMlarni 30 yillarda bir-birlardan mustaqil ravishda amerikalik fizik Dj Atanasov va nemis muxandisi K Kuze yaratganlar. EXMlarni avlodi degan tushuncha paydo bo’ldi. 1960 yillarda AQSh va boshqa mamlakatlarda kompyuterni ikkinchi avlodni ishga tusha boshladi. 1963-1980 yillarda EXMlarni 3 va 4 nchi avlodli paydo bo’ladi. Ularni asosini chin deb atalgan integral sxemalar tashkil qilgan. Hisoblash tezligi sekundiga bir necha yuz million operasiyaga yetkazildi. Ikkinchi inqilob shaxsiy mini kompyuterlarni ishlab chiqish bilan boshlanadi. Mikroprosessorlarni birinchi irmog’i va shaxsiy kompyuterlarni 1972 va 1973 yilda shakllandi. Ommaviy tijorat kompyuterini amerikaliklar S.Djabs va S.Voznyak ishlab chiqqan. 1970 yillarni oxirida shaxsiy kompyuterlar inqilobi boshlandi. Hozirgi paytda kompyuterlarni sekundiga 10-15 operasiyalarni bajaradigan avlodini ishlab chiqish ishlari olib borilayapti. Ko’p prosessorli, murakkab arxitekturali. Femptosekundali kompyuter. Biomolekulyar chiptalarga asoslangan, fomptosekund (10-15 oper. K sek.) tezligiga ega bo’lgan, minimizasiyalashgan kompyuterlar 3-nchi kompyuter inqilobini boshlanishidan darak beradi. Butunjahon axborot tarmog’i Internetning yaratilishi va faoliyat ko’rsatishi insoniyatning texnika sohasida erishgan yutuqlari ko’rsatkichidir. Internet kompyuter tarmog’idan iborat. Internet tarixi 35 yildan ziyod davrni qamrab olgan bo’lib, uning tarmog’idagi tarkibiy qismlar va texnologiyalar XX asrning 60-yillaridan ishlab chiqila boshladi. «Internet» atamasining o’zi esa kompyuter tarmoqlari belgilangan texnikaviy andozalar bo’yicha birlashtirilganda – 1982 yilda paydo bo’ldi. Hamda yangi texnikaviy tizimlarning vujudga kelishidagi zarur bosqichga aylandi.U katta miqdordagi, turli tarmoqlarni birlashtirgan bo’lib, tarmoq markazlarining o’zi bir necha mingtani tashkil etar edi. 1991 yilda elementar zarralar fizikasi Yevropa laboratoriyasi xodimi Tim Berners-LiningWord Wide Web (WWW) «Butunjahon o’rgimchak to’ri» loyihasi e’lon qilindi. Shu loyiha tufayli Internet ommalashib ketdi. WWW loyihasining yaratilishi Internetni rivojlantirish sohasidagi yirik yutuqlardan biri hisoblanadi. WWW ning asosini tashkil etuvchi Web tarmoqlari Internetda deyarli har qanday axborotni – matn, grafik tasvirlar, tovush, videotasvirlarni joylashtirish imkoniyatini beradi. Bugungi kunda Internet o’ta tez harakat qiluvchi yo’ldoshli ma’lumotlar uzatish magistrallaridan tortib to asta-sekin ulanadigan telefon liniyalarigacha bo’lgan turli kanallar yordamida bir-biriga bog’langan millionlab kompyuterlardan iborat.8 Internetni rivojlantirish uchun telekommunikasiyalarning – axborot uzatiladigan kanallarning ko’p tarmoqli tizimi zarur. Telekommunikasiya tarmoqlari va tizimlari hozirda texnikaning jo’shqin rivojlanayotgan sohasini tashkil etadi. O’zbekiston telekommunikasiya texnikasini jadal sur’atlar bilan rivojlantirish hamda butunjahon axborot tizimidan foydalanishning muhimligini anglab yetgan holda telekommunikasiyalarni rivojlantirish milliy dasturini va Internet imkoniyatlaridan ishlab chiqarish, ta’lim, fan va madaniyatni rivojlantirishda foydalanish samaradorlinini oshirish yuzasidan qator muhim qarorlar qabul qildi. Download 203.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling