Dunyoviy va diniy madaniyat. Mavzu rejasi


Antropotsentrizm, ratsionalizm, ssientizm -


Download 45.35 Kb.
bet2/5
Sana23.04.2023
Hajmi45.35 Kb.
#1392095
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dunyoviy va diniy madaniyat.

Antropotsentrizm, ratsionalizm, ssientizm - Uyg‘onish davri madaniyati yaratgan asosiy qadriyatlar keyingi asrlar Yevropa madaniyati asosini belgiladi. Uning keng rivojlanishi natijasida XVII asrda «ilmiy inqilob», XVIII asrda ma’rifatparvarlik g‘oyalarining tarqalishi va sanoat inqilobi boshlanishiga, nihoyat, XIX-XX asrlar davomida madaniyatning klassik texnikaviy shakldagi yutuqlariga olib keldi.
XVII asrda fan yevropaliklar hayotiga, jamiyat ishlab chiqarishining barcha tizimlarini rivojlantirishning tabiiy va zaruriy sharti bo‘lgan maxsus ijtimoiy institut sifatida kirib keldi. Bu davrda matematika va mexanikada ilmiy inqilob sodir bo‘lib, aniq fanning ikki yo‘nalishi ya’ni, aksiomatik va tajribaviy faoliyatlar birlashdi. Zamonaviy fanda ekspertiment (tajriba) bilishning usuli va quroli sifatida nazariy fanning antik va o‘rta asrlar shaklida tubdan farq qilib, keng qo‘llanila boshlandi. Tajribaga tayanuvchi olim antik davr donishmandi yoki o‘rta asrlardagi ilohiyotshunosdan farqli olamga mutlaqo boshqacha nuqtai-nazar bilan qarab, sodir bo‘layotgan hodisalarni kuzatish va mushohada qilishdan tabiatni ehtiyojiga mos tarzda o‘zgartiruvchiga aylandi.
Fanning shakllanishi va sekin-asta jamiyat hayotiga muhim asos bo‘lib kirishi yangi davr kishisining turmush tarzi, fikr yo‘sini, tafovuti qiyofasi sifatida ratsionalizmning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Ratsionalizmning keng ko‘lamda namoyon bo‘lishi XVIII asrdagi ma’rifatparvarlik harakati bilan bog‘liq. Ma’rifatparvarlar insoniyatning baxtsizlik va nohaqlikdan aziyat chekishi bilimsizlikdan ekanligiga, faqat ma’rifatli xalq va uning odil hukmdorigina manfaatparastlar va tekinxo‘rlarni cheklab «Ozodlik, Tenglik, Qardoshlik»ni o‘rnatishga qodir ekanligiga ishonganlar. Ma’rifatparvarlar vakili D.Didro va D.Alamber «Fan, san’at va hunarmandchilik ensiklopediyasi»ni nashr qilishi o‘sha davr madaniyatining katta yutug‘i bo‘ldi. «Ensiklopediya» nafaqat insoniyatning muhimi ilmiy yutuqlarini tartibga soldi, balki yangi madaniy qadriyatlar tizimini ham shakllantirdi.
Ma’rifatparvarlarning ratsionalistik yo‘nalishi XVIII asrdagi ishlab chiqarishni tashkil qilish, davlatning ichki va tashqi siyosati, huquq institutlari va siyosiy partiyalarning shakllanishi, san’at taraqqiyotida ko‘plab tamoyillarni belgilab berdi. Ma’rifatparvarlar Buyuk Fransuz inqilobining ideologlari hisoblanib, Uyg‘onish davri gumanistlari boshlab bergan madaniy qadriyatlarni insonlar ongiga singdira boshladilar. XVIII asrda ilmiy bilim jamiyat ongini butunlay yangi sifat darajasiga ko‘tardi. Fan insonning madaniy hayotiga chuqur kirib borib, uning ma’naviyatiga mazmun bag‘ishladi. Fan kishilarning-tabaqaviy, milliy-irqiy yoki boshqa farqlaridan qat’iy nazar barcha uchun bir xil mohiyat kasb etdi.

Download 45.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling