Duragay qorako’lni xillash tartibi reja: Kirish
Download 109.15 Kb.
|
DURAGAY QORAKO’LNI XILLASH TARTIBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
XULOSAQishloq xo’jalik mollaridan ko’zda tutilgan darajada mahsulot olish ya’ni undagi mahsulot berish irsiy imkoniyatlaridan to’liq foydalanish uchun ozuqa tarkibini bilish va oziqlantirishni to’g’ri tashkil etish, mustahkam ozuqa bazasini yaratish va unumli foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Biz o’tkazgan tajribalar natijalari asosida quyidagi xulosalarni chiqarishimiz mumkin. Qishloq xo’jalik hayvonlariga ozuqa ratsionlari barcha ko’rsatkichlar bo’yicha tenglashtirilgan bo’lishi lozim. To’yimli moddalarning hayvonlar organizmi uchun ahamiyati katta bo’lib ular plastik, energetik va barcha moddalar almashinuvi jarayonlarida ishtorokchi vazifalarni bajaruvchi hisoblandi. Hayvonlarni sog’ligini asrashga, mahsuldorligiga va olinadigan mahsulot sifatiga oziqlantirish katta ta’sir ko’rsatadi. To’liq qiymatli oziqlantirish modda almashinuvi buzilishining, takror ishlab chiqarishning va hayvonlarning kasallanishini oldini olishda alohida o’rin to’tadi. Shu narsa e’tiborga olingan holda zoomuhandislarga ozuqalar sifatini, ozuqani tayyorlash texnologiyasini va oziqlantirishni nazorat qilish vazifalari yuklatiladi. Katta yoshdagi qo’ylarni bo’rdoqiga boqish uchun ratsion turli o’t pichani, bug’doy samoni, paxta shroti va arpa doni bilan to’liq qiymatli rasion bilan bo’rdoqiga boqishda rasionga har bir bosh qo’yga bir kunda 10 gramm karbamid va 15 gramm diamoniy fosfat qo’shib berish natijasida: 75 kun davomida bo’rjoqiga boqilib ularning tirik vazni tajriba oxirida 48,2 kg ni tashkil etib, nazorat gurhdagi qo’ylarga nisbatan o’rtacha 2,7 kg yoki 5,9% yuqori bo’lganligi aniqlandi. Go’shtga boqilgan qo’ylarning semirish sur’atlari 11,5 kg ga teng bo’lgan, bu ko’rsatkich nazoratga nisbatan 2,5 kg yoki 21,7 %ga yuqori bo’lganligi aniqlandi. Qo’ylarning o’rtacha kunlish et olishi 153 g ni tashkil etib nazorat ko’rsatkichiga nibatan 33 g yoki 21,7 % ziyod bo’lganaligi aniqlandi. Qo’yclarning har bir kg semirishi uchun 7,1 kg ozuqa birligi va 959 g hazmlanuvchi proteinga teng bo’lgan, bu nazorat ko’rsatkichiga nisbatan 1,5 ozuqa birligi va 38,9 g hazmlanuvchi protein tejalganligini ko’rsatadi. Nazorat so’yim ko’rsatkichlari shuni ko’rsatdiki so’yishdan oldingi tirik vazni 2,7 kg yoki 5,9 %, go’sht og’irligi 2,2 kg yoki 11,4%, go’sht chiqimi 2,2%, ichki yog’ og’irligi 0,2 kg yoki 9,5 %, ichki yog’ chiqimi 20%, so’yim og’irligi 2,4 kg yoki 11,2 % va so’yim chiqimi 2,3 % ga yuqori bo’lganligi aniqlandi. Tajribaning iqsisodiy ko’rsatkichlari bo’yicha natijada o’rtacha har bir qo’ydan olingan daromad 43,4 m.so’mga yoki 11,2 % ga ko’p bo’ldi, ushbu guruhda 1 kg go’shtning tannarxi 1,0 m.so’mga past bo’ldi. Bu ko’rsatkichlar natijasida go’sht yetishtirishning rentabellik darrajasi 13,7 % ga yuqori bo’lgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATIShaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarini ko’paytirishni rag’batlantirish chora tadbirlari to’g’risida»gi O’zR Prezidentining PK 308 - qarori, 2006 y. 23 mart. «Shaxsiy yordamchi dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarini ko’paytirishni rag’batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik maxsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi ko’shimcha chora - tadbirlari to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PK-842 - sonli qarori. Toshkent. 2008 yil 21 aprel. Karibayev K.K., Karibayev N.K. Qishloq xo’jalik hayvonlarni to’la qiymatli yem-hashak bilan oziqlantirish.va ozuqalarni tayyorlash hamda saqlash texnologiyas. O’zbekiston ITI ilmiy ishlar to’plami.Toshkent 1991. 86 bet. Xamrakulov R., Karibiyev R. Qishloq xo’jalik hayvonlarini oziqlantirish. Toshkent 1999. S.Yusupov. Duragay qorako’lchilik mahsulotlari yetishtirish texnologiyasi. O’zbektston qishloq xo’jaligi. 2000 y, № 4. S.Yusupov. Duragay qorako’lchilik. Toshkent 1991. Gaziyev A. Qora duragay qorako’l qo’ylarining yuqori mahsuldor zavod tiplari, suruvlari va duragay qorako’lchilik mahsulotlariga qayta ishlov berish texnologiyasining ilmiy asoslarini ishlab chiqish. O’zbekiston qishloq xo’jaligi. J. 2000 y, № 4. Makarov N., Perepelisin Ye. Duragay qorako’l qo’ylarini oziqlantirish va asrash texnologiyasi. O’zbektston qishloq xo’jaligi. 2000 y, № 4. Maxmudov M., Muqimov T. Cho’lda oziqa yetishtirishga oid yutiqlar. O’zbektston qishloq xo’jaligi. 2000 y, № 4. Xaydarov K.X., Naxalbayev A. Gilmoya – Samaradorlik manbai. Qishloq xujaligida bozor islohatlarini keskin chuqurlashtirish muammolari 2-jild. SamKXI ilmiy ishlar to’plami Samarqand, 2004. Баканов В. Кормление сельскохозяйственных животных. Агропрмиздат 1990. Давлатов Н.Ш. Использование бентонита при кормлении продуктивнного скота. Самарканд 1993. Давлатов Н.Ш. Рекомендации по использованию бентонитовой подкормки в качестве минеральной подкормки в животноводстве. Самарканд 1995. Калашников А.П. Нормы и рационы кормления сельскохозяйственных животных. Агропромиздат 1988. Хохрин С.Н. Кормление сельскохозяйственных животных. С.петербург 2004. Юсупов С. Фазилов У., Газиев А. Принципы моделирования технологии управления пустынно-пастбищным животноводством. Ўзбектстон қишлоқ хўжалиги. 2000 й, № 4. Яҳяев Б. Бентонит – эффективная кормовая добавка. . Ўзбекистон қишлоқ хужалиги. – Тошкент, 2003. -№ 11. Б. 27-28. Яхяев Б., Хайдаров К. Влияние структуры рациона на мясную продуктивность старовозрастных каракульских овец. Материалы научной конференции Самаркандского Государственного университета. – Самарқанд, 2005. Яхяев Б. Использование бентонита в кормлении овец в качестве минеральной подкормки. Самарканд 2002. www.biotroph.ru/view_post www.zookorm.ru www.cornel.edu. www.viktori.ru) http://www.big-fermer.ru Download 109.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling