Duragay qorako’lni xillash tartibi reja: Kirish
Download 109.15 Kb.
|
DURAGAY QORAKO’LNI XILLASH TARTIBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
- Duragay qorako’lning belgilari
- Duragay qorako’lga berilgan ishlov sifatida andozatalablari
- Duragay qorako’lning sath o’lchamlari va rang guruhlari
DURAGAY QORAKO’LNI XILLASH TARTIBI REJA: Kirish Duragay qorako’lning belgilari Duragay qorako’lga berilgan ishlov sifatiga andoza talablari Duragay qorako’lning sath o’lchamlari va rang guruhlari Duragay qorako’lning navlari Duragay qorako’lning nuqsonlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati KIRISHYurtimizda agrar sohaning qoramolchilik tarmog’i bozor munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar izchil bilan amalga oshirilmoqda. Bu borada davlatimiz raxbari tomonidan «Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarini ko’paytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2006 yil 23 martda qabul qilingan 308-sonli hamda «Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollar ko’paytirishni rag’batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachili mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» 2008 yil 21 aprelda qabul qilingan 842-sonli qarorlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2009-2011 yillarda Chorvachilikni rivojlantirish, qoramollar bosh sonini va mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Respublikamizda chorvachilik qishloq xo’jaligining yetakchi sohalaridan biri bo’lib, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim o’rin tutadi. Shuni hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan chorvachilik sohasini rivojlantirish bo’yicha muhim qarorlarning qabul qilinishi va chorvachilikni rivojlantirish huqumat Dasturlari asosida olib borilayotganligi tufayli sohada chorva mollari sonining ko’payishi, ularning nasdorlik va mahsuldorlik sifatlari ortishi pirovardida iste’mol bozorida chorva mahsulotlarining narxlari barqarorligi saqlanib, oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanmoqda. Chorvachilik sohasi rivoji xalqimiz dasturxoniga oqsilga boy oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, sanoatimizni xom-ashyo bilan ta’minlash, o’g’it bilan yerimizni boyitish orqali tuproq unumdorligini oshirish, aholini ish bilan ta’minlash kabi ijtimoiy-iqtisodiy masalarni yechish uchun mustahkam asos bo’lmoqda. Respublikamizda chorvachilik sohasini rivojlantirish asosan uch yo’nalishda amalga oshirilayotganligini kuzatish mumkun: Shaxsiy, yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollari sonini ko’paytirish maqsadida qoramol sotib olish uchun mikrokreditlar berish, turli tashkilotlar qoshida qoramolchilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik yordamchi xo’jaliklarni tashkil etish; Chorvachilkda naslchilik ishlarini yaxshilash maqsadida chetdan naslli mollar keltirish, sun’iy urug’lantirishni qamrab olish darajasini oshirish, zooveterinariya punktlari sonini ko’paytirish orqali servis xizmatlarini yanada kengaytirish; Ozuqa bazasini yaxshilash uchun mavjud bo’lgan ozuqa ekinlari maydonlaridan unumli foydalanish. Aholi va fermer xo’jaliklariga omixta yem, shrot va sheluxa mahsulotlarini tashkil etish maxsus shaxobchalar orqali yetkazib berishdan iborat. Ushbu ishlar samarasi o’laroq, birinchidan – respublikada qoramollar soni 8,5 mln. bosh bo’lib, oxirgi 5 yilda 2,6 mln. boshga yoki 45 % ga ko’paydi. Shundan shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklarda 2,2 mln.boshga yoki 38 % ga, fermer xo’jaliklarda 200 ming boshga yoki 62 % ga ortdi. Qo’y va echkilar soni 14,4 mln. bosh bo’lib, shu yilar davomida 4,5 mln. boshga yoki 45 % ga, shundan aholi va dehqon xo’jaliklarda 3,6 mln. boshga yoki 65 % ga, fermer xo’jaliklarda 678 ming boshga yoki 35 % ga ko’paydi. Parrandalar bosh soni 33 mln. boshni tashkil etib, 14,2 mln. boshga yoki 1,7 marta, shundan aholi va dehqon xo’jaliklarda 8,4 mln. boshga yoki 1,6 marta, fermer xo’jaliklarda 2,7 mln. yoki 4,3 martda ortdi. Ikkinchidan, zooveterinariya servis xizmatlarini kengaytirish maqsadida 791 ta punkt tashkil etilib, ularning soni 2443 taga yetkazildi. Shu yillar davomida pullik xizmat ko’rsatish darajasi 6 barobarga oshdi. Sigir va tanalarni sun’iy urug’lantirish esa 10 barobarga ko’paydi. Respublikamiz chorvachiligini veterinariya maqsadlari uchun ishlatiladigan dori darmonlar bilan ta’minlash ishlarini 670 firma va xususiy veterinariya aptekalari bajarmoqda. Ular tomonidan 2009 yilda 740 dan ortiq, jami 3,5 mlr. so’mlik veterinarii dori darmonlari sotilgan. Bundan tashqari Vazirlar Maxkamasining 1995 yil 20 apreldagi «Mollarning karantin qilinadigan va o’ta xavfli kasalliklarning odini olish va tugatish chora- tadbirlari byudjetdan mablag’ bilan ta’minlanadigan ro’yxatlarni tasdiqlash to’g’risida»gi 119-F sonli farmoyishiga muvofiq byudjetning 5,4 mlr. so’m miqdoriga teng ajratmalari hisobidan 25 tur vaqsina, diagnostikumlar va boshqa veterinariya preparatlari keltirilgan. Uchinchidan, aholi qaramog’idagi chorva mollari sonini qupaytirish va aholi bandligi oshirish maqsadida so’nggi 4 yilda qoramollarni sotib olish uchun 125,6 mlrd. so’m miqdorida mikrokreditlar ajratildi. To’rtinchidan, parrandachilik fermer xo’jaliklar soni oxirgi uch yilda 370 taga oshib, 677 taga yetkazildi. Ushbu maqsadlarda birgina 2009 yilning o’zida 18 mldr. so’m kredit mablag’lari ajratilgan. Chorvachilik sohasini tarmoqlar bo’yicha ko’rib chiqsak, qoramolchilik tarmog’ida 2014 yil 1 yanvar holatiga Respublikamiz dehqon xo’jaliklarida 7919,9 ming bosh qoramol, shu jumladan 3338,3 ming bosh bo’lib, 1300025 tonna go’sht va 5573452 tonna sut ishlab chiqarildi, ya’ni jami mavjud qoramollarning 93 %, sigirlarning 94,4 %, ishlab chiqarilagna go’shtning 95 % va sutning 96,7 % ushbu xo’jaliklar ulushiga to’g’ri kelmoqda. Keyingi yilarda bu xo’jaliklarda qoramollar bosh soni mutasil ortib bormoqda. Hozirgi kunda ularning mahsuldorliginini oshirish uchun sifat jihatidan takomillashtirish, ya’ni mollarning irsiy imkoniyatlarini oshirish, naslni yaxshilash muhim vazifa hisoblanadi. Bu borada keyingi 4 yil davomida Respublikamizga chetdan yuqori nasl qiymatiga ega 17 ming boshga yaqin naslli mollar olib kelindi, bu bilan tarmoqning naslchilik bazasisi yanada mustahkamlandi. Ushbu olib kelingan mollarning bosh sonini to’liq saqlab qolish, ular uchun mustaxkam ozuqa bazasini yaratish va asrash sharoitlarni yaxshilash, xar bir moldan bir yilada bir bosh naslli buzoq olish, tuqgan sigirlarni sun’iy qochirish vazifalari dolzarb ahamiyat kasb etadi. Kelajakda asosiy e’tibor eksport talablariga javob beradigan, raqobatbardjosh assortimentdagi duragay qorako’l terilarini ishlab chiqarishga qaratiladi. Shu munosabat bilan 2011 y qora duragay qorako’l terilarining 80-82% 1 navli, shulardan jaket 1 assortimentdagi terilar 5-7%, qovurg’asimon assortimentdagi terilar 25-30%, yassigul assortimentdagi terilar esa 17-22% tashkil etishi 2015 yilga borib bu ko’rsatkichni mutanosib ravishda 82-85, 10-12, 30-35 va 20-25% yetkazish ko’zda tug’ilgan. Oxirgi yillarga duragay qorako’l terilariga bozor talabining ortishi uning sifatini yaxshilash va assortimentini kengaytirishni taqozo etmoqda. Ushbu holatini hisobga olgan xolda 2011 y 1 navli sur duragay qorako’l terilar salmog’ini 80-82%, 1 navli ko’k terilar salmog’i 78-80 % yetkazish borasida sa’yi xarakatlar qilinmoqda. Duragay qorako’lchilik sohasida asosiy mahsulotlardan biri qo’y go’shti hisoblanadi. Har yili duragay qorako’lchilikda 15-16 % duragay qorako’l ona qo’ylar yoshi bo’yicha brakga chiqariladi, ularni bo’rdoqiga boqish sifatli qo’y go’shti ishlab chiqarishning asosiy manbai hisoblanadi. Qo’ylarni bo’rdoqiga boqishda to’la qiymatli rasion qo’ylarning genetik imkoniyatlaridan to’lik foydalanish imkonini beradi. Shuning rasionlar energiya, protein, vitamin va minerl moddalar bilan tenglashtirilgna bo’lishi lozim. Duragay qorako’lning belgilari Duragay qorako’l ko’y zoti halq seleksiyasi natijasida yaratilgan bo’lib ulardan olinadigan duragay qorako’l terilari o’zining nafisligi, bejirimligi, pishiqligi, rang-barang tuslarda tovlanib turishi bilan jahon mo’yna bozorida xamisha munosib baholangan. Biroq duragay qorako’lchilik sohaning asosiy mahsuloti bo’lgan duragay qorako’l terilarini ishlab chiqarish manbai bulib qolmasdan, balki, arzon tannarxlarda go’sht, jun va charm mahsulotlari ishlab chiqarish manbai hamdir. Cho’llarni o’zlashtirish va uning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish tajribasi shuni ko’rsatadiki, xozirgi davrda duragay qorako’l qo’ylarini urchitish cho’l mintaqalari resurslaridan samarali foydalanishning yagona, iqtisodiy jihatdan asoslangan va maqsadga muvofiq yo’lidir. Demak, duragay qorako’lchilikni rivojlantirish ijtimoiy – iqtisodiy masala bo’lib,sohada iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish va rivojlantirishning yaqin yillarga mo’ljallangan ustivor yo’nalishlarini aniqlash uning taraqqiyotini belgilaydigan dolzarb muammolardan hisoblanadi (S.Yusupov 2000). Qorako’chilikka ixtisoslashgan shirkat xo’jaliklarida 2007-2008 y qish faslining o’ta sovuq kelishi va shu yo’ili va undan avvalgi bir necha ob-havo noqulay kelgan yillarda yaylovlar hosildorligining kamayib, quduq va buloq suvlarning kurib qolishi duragay qorako’lchilikka ixtisoslashtirilgan xo’jaliklar moliyaviy ahvolining og’irlashuviga olib keldi. Muxtaram Prezidentimiz va Xuqumatimiz tomonidan chorvachilik sohasida, shuningdek qorako’chilik soxasida iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish borasida olib borayotgan siyosatlari o’zining ijobiy natijalarini bera boshlaydi. Natijada kompaniya tizimidagi xo’jaliklarda sohani rivojlantirish, sifatli va eksportbop duragay qorako’lchilik maxsulotlari ishlab chiqarish, eksport qilish, duragay qorako’l ko’ylar bosh sonini ko’paytirish, ularni suniy urug’lantirish chorva mollari naslini yaxshilash borasida ijobiy ishlar amalga oshirilishigiga zamin yaratildi (A.Gaziyev 2000). Kelajakda asosiy e’tibor eksport talablariga javob beradigan, raqobatbardjosh assortimentdagi korako’ terilarini ishlab chiqarishga qaratiladi. Shu munosabat bilan 2011 y qora duragay qorako’l terilarining 80-82% 1 navli, shulardan jaket 1 assortimentdagi terilar 5-7%, qovurg’asimon assortimentdagi terilar 25-30%, yassigul assortimentdagi terilar esa 17-22% tashkil etishi 2015 yilga borib bu ko’rsatkichni mutanosib ravishda 82-85, 10-12, 30-35 va 20-25% yetkazish ko’zda tug’ilgan. Oxirgi yillarga duragay qorako’l terilariga bozor talabining ortishi uning sifatini yaxshilash va assortimentini kengaytirishni taqozo etmoqda. Ushbu holatini hisobga olgan xolda 2011 y 1 navli sur duragay qorako’l terilar salmog’ini 80-82%, 1 navli ko’k terilar salmog’i 78-80 % yetkazish borasida sa’yi xarakatlar qilinmoqda. Duragay qorako’l zoti genofondida to’plangan qimmatli genotiplar mavjud. Bu genofond tarkibidagi qora, ko’k, buxoro suriga mansub bo’lgan populyasiyalar miqdoriy jihatdan yetarli darajada bo’lib, olib borilayotgan seleksiya-naslchilik ishlari ularning yanada kengayishini ta’minlanmoqda. Bu qimmatli genotiplardan naslli material sifatida foydalanish zotning salohiyatini yanada boyitishi mumkin. Shu nuqtai nazardan ularni saqlash va ko’paytirish duragay qorako’lchilikning dolzarb muammolaridan biridir. Naslchilik ishlarini yuritish tizimiga asosan duragay qorako’lchilikda naslli mollarni yetishtirish naslchilik zavodlari va naslchilik xo’jaliklari zimmasiga yuklatilgan. Hozirgi kunda respublikada jami 104 duragay qorako’lchilik xo’jaliklari mavjud bo’lib ulardan 20 tasi naslchilik zavodlari, 9 naslchilik xo’jaliklari makomiga ega (N.Makarov, Ye.Perepelisina 2000). Naslchilik zavodlari va xo’jaliklari o’z talablarini qondirish bilan bir qatorda tovar xo’jaliklarini naslli mollar, ayniqsa, naslli qo’chqorlar bilan ta’minlashlari lozim. Duragay qorako’l qo’y zoti tarkibida jami 30 yuqori mahsuldor zavod tiplari mavjud bo’lib, ularning 9 tasi qora, 12 tasi sur, 5 tasi ko’k, 2 tasi oq, 1 tasi guligaz va 1 tasi zarmalla duragay qorako’l qo’ylarning zavod tiplaridir.Ular asosiy naslliy yadro hisoblanib, zotning har tomonlama rivojlanishi ta’minlaydi. Har bir sohadagi kabi kabi duragay qorako’lchilik sohasida ham muammolar mavjud. Duragay qorako’l qo’ylarining irsiy saloxiyati faqatgina ularni to’la qonli oziqlantirish sharoitida yuqori darajada namoyon bo’ladi. Shu jihatdan cho’l xududlarida yaylovlardan foydalanish, ularning holatini yaxshilash va mahsuldorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Duragay qorako’lchilikka ixtisoslashtirilgan shirkat xo’jaliklariga davlat tomonidan 11,7 mln ga yer maydonlari uzoq muddatga foydalanishga topshirilgan bo’lib, shundan 0,2 mln ga haydaladigan yer maydonlari, 9,7 mln ga yaylovlar tashkil etadi. Duragay qorako’lchilik xo’jaliklari yaylovlaridagi mavjud suv inshoatlaridan uzoq vaqt foydalanish natijasida aksariyat shaxtali qujduqlar va skvajinalar suvi kamayib, yetarli darajada suv chiqmay qolgan va yaylov suv quvurlarining bir qismi yaroqsiz holga kelib kolgan. Buning asosiy sababi, hozirgi vaqtda Respublikada mavjud yaylovlardagi suv inshootlarini keng qo’lamdagi ta’mirlash va yangilarini barpo etish ishlarib olib borilmayotganligi, bu sohada faoliyat yurituvchi tashkilotlar tugatilganligidir. Respublikamizdagi mavjud yaylovlarning holati so’ngi yillardagi noqulay iqlim sharoiti va boshqa salbiy ta’sirlar natijasida yomonlashib, har yili 16,5 ming ga yaylov degradasiyaga uchramoqda. Sungi 25 yil ichida degradasiya hitsobiga yaylovlar 412, ming ga kamaygshan. Yaylovlar hosildorligi ular joylashgan xududlarga bog’liq holda 0,65-1,65 s/ga ozuqa birligini, respublika bo’yicha o’rtacha 1,1 s/ga ozuqa birligini tashkil etadi. Respublika bo’yicha har yili yaylovlar hosildorligining pasayishi o’rtacha 1,5% ni tashkil etmoqda. Bu muammo davlat miqyosida keng ko’lamdagi yaylovlarning meliorativ holatini yaxshilash bo’yicha markazlashgan holda ajratilgan mablag’lar hisobidan fitomeliorativ tadbirlar amalga oshirilmayotganligi oqibatida yanada chuqurlashmoqda (A.Rabbimov 2000, M.Maxmudov 2000). Yuqolridagilardan tashqari, duragay qorako’lchilikka ixtisoslashgan xo’jaliklar asosan cho’l, dasht, va tog’ oldi kabi ekstremal sharoitli xududlarda joylashganligini inobatga olib duragay qorako’lchilik shirkat xo’jaliklari xududidagi aholini ijtimoiy himoyalashni yaxshilash maqsadida qo’ychilik otarlari va cho’pon- cho’liklar turmush kecharadigan manzillarda elektr, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashYu ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini rivojlantirish, shu va yuqorida ko’rsatilgan boshqa muammolarni hal etish, sohaning eksport imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida xom-ashyoga qayta ishlov berish, texnika va uskunalari sotib olish, xo’jaliklarining moddiy-texnika va institusiolnal salohiyatini oshirishga davlat, mahalliy va xorijiy hamda halqaro nodavldat-notijorat, gumaknitar tashkilotlar xomiylik ko’magi, grant va investisiyalarni jalb etishga davlat boshqaruvi organlari tomonidan amaliy yordam ko’rsatilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. 2018 yilning birinchi yarim yillik yakunlari bo’yicha ―O’zbek duragay qorako’li‖ kompaniyasi tarkibidagi duragay qorako’lchilik shirkat xo’jaliklari, shuningdek, bir qancha a’lo sanoat tashkilotlarining faoliyati natijasida qator ijobiy natijalarga erildi. Shu jumladan, tizim bo’yicha joriy 1 iyul holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbat:
mayda shoxli bosh sonini 58,3 ming bosh, shundan, sovliqlar 151,1 ming boshga ko’paytirishga erishildi; -ichki extiyojlar uchun qo’y va echkilarni xshjalikda so’yim 4455 boshga, harom chiqimi 1792 boshga kamaydi. Kompaniya bo’yicha 2010 yilning 1 iyul holatiga jami 1024,0 ming bosh, hosil olinib, olingna hosilning 771, 9 ming boshi yoki 75 foizi o’stirishga qoldirildi. Joriy yilning birinchi yarmida kompaniya bo’ycha 6921,4 tonna go’sht ishlab chiqarilishiga, va ushbu ko’rsatkichning o’tgan yilga nisbatan 53,2 tonnaga ko’paytigiga erishildi. Jun ishlab chiqarish ko’rsatkichi 1514,1 tonnani tashkil etdi. Bu yilgi tashki bozordagi eksportbop mahsulotlarga bo’lgan talabdan kelib chiqib, o’stirishga qoldirishni ko’paytirish hamda duragay qorako’l teri uchun so’yishni kamaytirgan holda jami 843,5 ming dona duragay qorako’l teri ishlab chiqarildi. Kompaniya va korako’lchilik va cho’l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari hamkorligida tug’ilgan qo’zilarning nasliy sifatlarini aniqlash hamda naslchilik ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish maqsadida 344 nafar bonityorlar malakasi oshirildi. Natijada jolriy yilda o’stirishga qoldirilgan 766,1 ming bosh qo’zilar daromadga olinib individual baholandi va sirg’alanadi (S.Yusupov 2009). Seleksiya-naslchilik ishlarini yaxshilash uchun Duragay qorako’lchilik va cho’l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari bilan hamkorlik joriy yilda 29 ta naslchilik toifasidagi xo’jaliklarda 20,1 ming bosh qo’chqorlar kelajakda naslchilik ishlarida tana tuzilishi va kelib chiqishi bo’yicha, 15-20 kunlik yoshida esa teri va gul xususiyatlarining saqlanishi va rivojlanish ko’rsatkichlari bo’yicha baholandi. Kompaniya rejasi asosida aholi va fermer xo’jaliklarini naslli mollar bilan ta’minlash maqsadida har yili o’rtacha 120-130 min bosh atrofida naslli qo’chqorlar va qo’zilar parvarishlashnib, sotish ko’zda tutilmoqda. Bu o’z navbatida aholi va duragay qorako’lchilik fermer xo’jaliklarida chorva mol bosh sonlari oshishiga va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga zamin yaratmoqda. Kompaniya tizimida chorva qishlovchi mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish maqsadida korakulchilik shirkat xo’jaliklarida dag’al xashak tayyorlash tadbirlari ishlab chiqilib bir shartli qo’y uchun 150 kilogrammdan, jami 322,1 ming tonna dag’al xashak tayyorlash bo’yicha ishlab bajarilmoqda. Kompaniya tizimidagi duragay qorako’lchilike xo’jaliklari va tashkilotlari tomonidan 2010 yilning birinchi yarmida 1395,3 ming AQSh dollari miqdorida duragay qorako’lchilik mahsulotlari, shu jumladan 463,8 ming AQSh dollari miqdorida qayta ishlangan duragay qorako’l teri, 931,5 ming AQSh dollari miqdorida yuvilgan jun eksport qilinib, bu boradagi topshiriqni 168 % bajarishga erishildi. Bu boradagi yillik topshiriqlarini bajarish maqsadida bugungi kunga qadar shiriqlarini bajarish maqsadida bugungi kunga qadar 258,1 ming AQSh dollari hajmida duragay qorako’lchilik mahsulotlarini eksportga sotish bo’yicha shartnomalar imzolanib o’rnatilgan tartibda tegishli tashkilotlar ro’yxatidan o’tkazildi. Q.Haydarov va B.Yahyayev (1998) ta’kidlashicha, bozor iqtisodiyotiga utish davrida qoarkko’chlilik xo’jaliklarning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan yangi texnologiyalarni joriy etmoq zarur. Yoshiga qarab brakka chiqarilgan sovliqlarni burdoqiga boqiladigan va sanoat asosida duragay qorako’lcha yetishtiriladigan yirik xujaliklararo komplekslarni tashkil etish qo’ylarni boqishda ilg’or texnologiyalarni qullashga imkon beradi. Duragay qorako’lchilik amaliyotida ana shunday kompleks Samarqand viloyati Kattakurg’on burdoqchilik bazasi asosida faoliyat ko’rsatmoqda. Qattaqurg’on burdoqchilik kompleks ishida viloyatdagi qorako’chilik xujaliklardan shartnomalar asosida qarib qolgan qo’ylar va axta qo’chqorlarni qabul qilinib burdoqiga boqiladi. Bundan tashqari duragay qorako’lcha yetishtirishda yaroqli sovliqlar sun’iy usulda urug’lantiriladi va bug’ozlikning 128-134 kunida sovliqlarni so’yish yuqori sifatli duragay qorako’lcha teri olish imkoniyatini beradi. Bunday kompleks muvaffaqiyatli faoliyati uchun zarur bo’lgan shartlardan beri yem-xashak bazasini tashkil etishdir. Kattaqurg’on ixtisoslashtirilgan kompleksi yem-xashak bazasini asosan paxta sanoati koldiqlari (shrot va sheluxa) tashkil etadi. Bizga ma’lumki, paxta chigiti qoldiqlari shrot va sheluxa O’zbekiston sharoitida qishloq xo’jalik hayvonlarini oziqlantirishda keng qullaniladi. Shuni ta’qidlash joizki bunday oziqalarni uzluksiz ravishda yedirish natijasida hayvonlar organizmiga salbiy ta’sir etadi. Bunday paxta shroti tarkibida toksin xususiyatiga ega bulgan polifenol ferment –gossipol mavjud.(Yahyaev B. 2000). Paxta shroti saqlanadigan gossipol bilan hayvonlar zaxarlanishining imkoniyatini xisobga olib uni zararlantirish usullarinin imkoniyatini hisobga olib uni zararsizlantirish usullarini izlab topish uchun olimlar e’tibori Azkamar qonidan qazib olingan gilmoyaga kelib tuxtaldi. Gilmoya – bu tarkibida montmorillornit, pantronit, beydelit va boshqa minerallar saqlovchi tabiiy alyumosilikatlardir. U kolloid ximik, ionalmashinuvchi, bog’lanuvchi, sorbsion-katolitik va boshqa xususiyatlar bilan xarakterlanadm. Gilmoya tarkibida hayvon organizmiga zarur bo’lgan elementlar saqlanadi, jumladan, temir, kaliy, kalsiy, natriy, oltingugurt, magniy, marganes va boshqalar. Professor N.Sh.Davlatov (1993) ta’qidlashicha Azkamar gilmoyasi hayvon organizmi uchun zararsiz bo’lib, oshqozon-ichak yo’lida gossipolni biriktirib olib, uning organizmiga surilishini bartaraf qilishga yordam beradi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, bu gilmoya -37oS da paxta shroti va oshqozon suyuqligi muxitga qo’shib o’tkazilsa uning sorbentlik xususiyatiga natija olindi. Bundan tashqari Azkamar gilmoyasi 500 ta buqachalar rasioniga 310 kun davomida qo’shib berilganda uni qabul qilmagan hayvonlarga qaraganda o’rtacha bir kunlik usish 90,5 g ga ko’p bo’lgan. Qishloq xo’jalik tajribasida gilmoyalar, qoramol, chuchqa, qo’y va echki, parrandalarni ozitqlantirishda mineral oziqa sifatida ijobiy natija bermoqda. B.Yaxyaev (2002) va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda, Azkamar gilmoyasi hayvonlarning gossipol bilan zaxarlanishni oldini olish xususiyati va og’il sharoitda qo’ylar uzoq muddatda birxil oziqalar bilan oziqlantirilganda ularning mineral moddalarga bo’lgan talabi oshishini inobatga olgan holda Kattakurgon burdoqchilik kompleksida ilmiy-xo’jalik tajriba o’tkilgan. Bu tajriba duragay qorako’lcha olish uchun bug’oz qo’ylar, nasl olishga yaroqsiz qari sovliqlar va axta qo’chqorlar rasioniga Azkamar gilmoyasi mineral oziqa sifatida berish kuzda tutilgan edi. Bu xar bir yosh jinsiy guruh o’z navbatida 25 boshdan turt guruxga bo’lingan edi.1 –guruh hayvonlar nazorat guruxi bo’lib, xo’jalikda qabul qilingan rasion asosida boqiladi, 2-guruh asosiy rasionga qo’shimcha har bir kilogramm tirik vazniga 0,5 g gilmoya, 3-guruh 1 gr va 4-guruh 1,5 gr gilmoya oldi. Tajriba jarayonida bug’oz qo’ylar 130 kun, qisr qo’ylar va axta qo’chqorlar 75 kun davomida burdoqiga boqiladi. Tajribani utkazishdan maqsad Azkamar gilmoyasi duragay qorako’l qo’ylarning go’sht mahsuldorligiga bug’oz, qo’ylarning teri sifatiga va jun o’sish sur’atiga ta’siri o’rganish edi. Tajriba natijalari shuni ko’rsatadiki, Azkamar gilmoyasi asosiy rasionga hayvonning har 1 kg tirik vazniga 1 va 1,5 g qo’shib berish natijasida bug’oz qo’ylarning kunlik o’sishi 140 g, qisr qo’ylarning 155 g va axta qo’ychkorlarning 188 g ni tashkil etib bu ko’rsatkichlar tajriba guruhlariga nisbatan 17,26 va 29 g ziyod bo’lgan. 1-jadval Hayvonlarning go’sht maxsuldorligini o’rganish maqsadida o’tkazilgan nazorat so’yim natijalari qo’yidagi jadvalda keltirilgan.
1 jadvalda ko’rsatilganidek, tajriba guruhlarida nazorat so’yim ko’rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan yuqori bo’lgan. Bug’oz qo’ylardan olingan duragay qorako’lcha terilar sathi nazorat guruhida 929 sm2 ni tashkil etgan, 3-chi va 4-chi guruhlarda ya’ni har 1 kg tirik vazni uchun 1 va 1,5 g gilmoya qo’shib berilgan qo’ylardan olingan terilar sathi 1003 va 1000 sm2 bo’lib bu ko’rsatkichlar nazorat guruhiga nisbatan 74 va 79 sm2 ziyod bo’lgani aniqlangan. Bundan tashqari bu tajriba guruhlar qo’ylarning jun uzunligi tajriba guruhiga qaraganda 10,9 dan 11,7% gacha uzun bo’lgan (Q.Xaydarov 2005, B.Yaxyayev 2003).
Sur duragay qorako’l terilarga ichki va ayniqsa tashqi bozorlarda talab tez o’sa boshladi. Qora duragay qorako’lga nisbatan sur terilar narxi 1.5 barovar oshganligi sur qo’ylarini urchitishga kata turtki bo’ldi. Sur qo’ylarni urchitish uchun yetarli ilmiy usul, ishlanma va takliflar borligi xo’jaliklarga katta foyda berdi.
Xo’jalikning iqtisodini yaxshilash maqsadida 1961 yili Oyoq-og’itma tajriba sansiyasidan 50 bosh va 1969 yili Buxoro viloyatining kolxozlarida 150 bosh sur qo’chqorlar krltirib surchilik bilan shug’ullanishga asos solingan edi. Keltirilgan sur qo’chqorlar bilan xo’jalikdagi qora qo’ylar sun’iy usulda urug’lantirish yo’li bilan ularning irsiy ta’sirini oshirishga erishilgan. Natijada qora geterozigat qo’ylar yildan – yilga ko’payib ularni sur qo’chqorlar bilan urug’lantirish asosida sur qo’zi olish imkoni yaratilgan.rang bo’yicha har xil juftlash, y’ani geterozigat qora qo’ylar (sur qo’chqorlardan tug’ilgan) sur qo’chqorlar bilan juftlashtirish tufayli 50 foizgacha sur qo’zi olish imkoniga erishilgan edi. Sur qo’ylar ko’payishi bilan sur rang bo’yicha bir xil juftlashga o’tish tufayli sifatli, surlik darajasining nomoyonligi yaxshi ifodalangan, jun tola sifati yaxshi qo’zilar yildan-yilga ko’payib ularning orasidan naslli qo’chqorlarni tanlash imkoni tug’ila boshlagan edi. Bir yo’la past sinfli va duragay qo’ylarni suruvdan chiqarish ishlari ham olib borilgan natijada 1961 yil xo’jalik 1.2 % sur teri yetishtirgan bo’lsa, 1980 yilga kelib terilar 85-90% yetgan.
Naslli sur qo’chqorlarini tanlashga e’tibor yildan yilga oshishi natijasida ularning sifatlari yaxshilanib qalam gullilari va yassi gullilaridan iborat bo’lishiga erishilgan. Ularning 70 foizi elita sinfiga mansub. Yana bir muhim yutuq bu xo’jalikdagi sur qo’ylarning 70-80 foizi kumush sur rang-bakda bo’lishidadir. Yassi gulli qo’ylar seleksiyasiga alohida etibor berilishi va yassi gulli sur qo’chqorlaridan su’niy urug’lantirishda unumli foydalanish hisobiga shu qo’ylarning xo’jalik podasida 30-35 foizni tashkil qilishga olib keldi. Umuman olganda, ―Saribel‖ naslchilik shirkat xo’jaligidagi Buxoro suri duragay qorako’l qo’ylari o’ziga xos yuqori maxsuldor yassigulli kumush rang bakdagi genafondiga aylangan. Endigi vazifa 2012-2014 yillarda erishilgan seleksion yutuqlarni mustahkamlab maqsadli juftlash asosida naslchilik ishlarini xo’jalik duragay qorako’l qo’ylarini maxsuldorlik va nasliy xususiyatlarini takomillashtirish zot tipiga mansub qo’ylarni sifatiy va miqdoriy jixatdan rivojlantirish talab qilinadi. Natijada xo’jalikda duragay qorako’l qo’ylaridan olingan mahsulotlarning yeksportbopligi oshadi, qo’ylarni sifati yaxshilanadi. Bular xo’jalikning samaradorligini yanada yuqori bo’lishiga sabab bo’ladi. Xo’jalikning umumiy yer maydoni 159861 gektar bo’lib shulardan 159783 gektari tabiiy yaylovlardir.Umumiy yer maydoninig 120 000 ga butazor va saksovulzorlar tashkil etadi. ―Saribel ―nasilchilik shirkat xo’jaligi Navoiy viloyati Konimex tumanida joylashgan. Uning shimol qismida ―Qizilqum‖, sharqida ―Oyoq-quduq‖, janubida
2-jadval
Xo’jalikda yerdan foydalanish
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki xo’jalikning jami yer maydoni 159861 gektar bulib shundan 159783 gektari yaylovlardan iboratdir bu esa xo’jalikning umumiy yer maydonining 99.95% ni tashkil qiladi. Xo’jalikning yaylovining 75.1% ni tbiiy butazor va saksovulzorlar tashkil qiladi. 3-jadval
Xo’jalikda yem-xashak tayyorlash.
Yuqoridagi jadval ma’lumotlarida ko’rinib turibdiki xo’jalikda 2012 yilda 88150 sentner dag’al xashak tayyorlangan. 2013 yilda 2012 yilga nisbatan 33770 sentner kam dag’al xashak, 5108 sentner kam ozuqa tayyorlangan. 2014 yilda 2013 yilga nisbatan 19454 sentner dag’al xashak kam jamg’arilgan, lekin ozuqa yetishtirish 13257 sentner ortig’i bilan bajarilgan buni yilning og’ir kelganligi dag’al xashakning kam jamg’arilganligi va hosildorligining past bo’lganligi bilan izohlash mumkin. jadval Xo’jalikda chorva mol bosh soni
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki xo’jalikda chorvamollar bosh soni yildan yilga kupayib borgan 2013 yilda qo’ylar 56200 ming bosh bo’lsa 2013 yilda 15023 bosh ga kamaygan. Shuningdek ot va tuyalar soni ham yildan yilga ko’payib borgan. 2012 yilga nisbatan 2014 yilda otlar 23 boshga, tuyalar esa 21 boshga ko’paygan.
jadval Xo’jalikning poda ctrukturasi (bosh)
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, xo’jalik chorva mollarining asosiy qismini sovliqlar tashkil etib, 2013 yilda 64,3 %, 2012 yilda 60,5 %, 2013 yilda 61.6% tashkil qilgan. Xo’jalikda naslli qo’chqorlar jami qo’ylarning 2013 yilda 4,1 %, 2013 yilda esa 3,9 % ni tashkil qilgan. O’tgan yili to’g’ilgan urg’ochi qo’zilar 2013 yilda jami qo’ylarning 22,7 % ni tashkil etgan. jadval Xo’jalikda mahsulot ishlab chiqarish
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki xo’jalikda 2014 yilda 12100 dona duragay qorako’l teri ishlab chiqarilgan ya’ni 650 dona qora ko’l teri kam ishlab chiqarilgan, 2013 yilda o’tgan yilga nisbatan 168 dona duragay qorako’l teri kam ishlab chiqarilgan. Jun va go’sht ishlab chiqarish 3 yil mobaynida ham 2 sentinerdan ko’payib borgan. Shirdon ishlab chiqarish aksincha 2014 yilga nisbatan 2012-2013 yillarda 1340 donaga kam ishlab chiqarilgan. jadval Xo’jalikda mahsulot sotish.
Yuqoridagi jadval ma’umotlardan ko’rinib turibdiki xo’jalikda 2014 yilda 12127 dona qorakul teri sotilgan, 2013 yilda 2014 yilga nisbatan 1739 dona kam sotilgan. 2014 yilda 2013 yilga nisbatan 1956 dona teri ko’p sotilgan.jun va gusht ishlab chiqarish ham yildan yilga kupayib brogan,shirdon ishlab chiqarish esa 2014 yilgta nisbatan 2012-2013 yillarda 1340 donadan kam sotilgan. jadval Xo’jalikda mahsulotni sotish baxosi
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, xo’jalikda ishlab chiqarilgan 1 dona duragay qorako’l teri 2014 yilda 23515 so’mga, 2012 yilda esa 14080 so’mga, 2013 yilda esa 17458 so’mga sotilgan. 2013 yilda bir sentner jun 85550 so’mga, go’sht tirik vaznda 94000 so’mga, bir dona shirdon 800 so’mga sotildi. jadval Xo’jalikda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi (so’m)
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, xo’jalikda ishlab chiqarilgan 1 dona duragay qorako’l terining tannarxi 2013 yilda 9110,2 so’m, 2012 yilda 13688,8 so’m bo’ldi. 2013 yilda esa bir dona duragay qorako’lning tannarxi 16018,5 so’mni tashkil qildi. 2013 yilda xo’jalikda jun va go’sht ishlab chiqarish uchun bo’lgan harajatlar 1 s jun uchun 45074 so’mni, 1 s go’sht uchun 175688 so’mni tashkil qildi. Xo’jalikda ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxning yildan-yilga ko’tarilishiga sabab yoqilg’i mahsulotlarining bahosining narxining oshganligi bilan izohlash mumkin. Duragay qorako’lning sath o’lchamlari va rang guruhlari Qishloq xo’jalik hayvonlardan ko’zda tutilgan miqdorda sifatli mahsulot olish, ya’ni undagi mahsulot berish imkoniyatlaridan to’liq foydalanish uchun ozuqa tarkibini bilish va oziqlantirishni to’g’ri tashkil etish ko’p yillar mobaynida ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar va amaliyotchilar tomonidan isbotlangan. Ilmiy ishlab-chiqarish tadqiqotni o’tkazish uchun analog guruhi usuli bo’yicha 20 bosh yoshi bo’yicha brak qilingan duragay qorako’l qo’ylar ajratib olindi, bunda qo’ylarning genotipik kelib chiqishi, konstitusiyasi, tirik vazni, semizlik darajasi va mahsuldorligi hisobga olingan. Ushbu qo’ylar 10 boshdan ikki guruhga bo’lindi. Birinchi guruh shartli ravishda nazorat guruhi va ikkinchisi tajriba guruhi deb nomlandi. Ushbu guruhlar bir tajriba jarayonina bir hil sharoitda bir xil rasion bilan boqilib kelgan. Tajribani o’tkazish chizmasida ko’rsatilgandek, nazorat va tajriba guruhlariga qo’ylarni oziqlantirish uchun ratsion tarkibidagi ko’yidagilar ozuqalar kiritilgan: dag’al ozuqalardan – turli o’tlar pichani va bahorgi bug’doy samoni, konsentrat ozuqalardan - paxta chigiti shroti va arpa doni, mineral ozuqalardan osh tuzi. Yuqorida ta’kitlangandek nazorat va tajriba guruhlarning rasiolari energetik va to’yimlik jihatidan bir hil bo’lgan, lekin tajriba guruhiga qo’shimcha qilib bir boshga bir kunda 10 gramm sun’iy azot saqlovchi karbamid qo’shimchasi va 15 gramm diamoniy fosfat mineral qo’shimchasi berilgan. Qo’ylar ustida tajribani o’tkazish uchun ozuqa ratsioniga ko’nikish va o’raginish maqsadida tajribani boshlashdan 10 kun oldin tayyorgarlik davri davomida oziqlantirilib kelindi. Bizlar o’tkazilgan ilmiy ishlab-chiqarish tadqiqotlarimiz qo’yidagi chizma asosida olib borildi. Download 109.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling