Dusmatov fazliddinning


Download 1.35 Mb.
bet7/14
Sana06.04.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1329649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
fazliddin uzbekiston kurs ishi

Qoramolchilik - respublika chorvachiligining yetakchi tarmoqlaridan biri. U respublikada yetishtiriladigan go`shtning to`rtdan uch qismini va sutning deyarli hammasini beradi. Mamlakatda qoramolchilikning sut, sut-go`sht, go`sht, go`sht-sut yo`nalishlari rivojlangan. Sut va sut-go`sht yo`nalishidagi qoramolchilik yirik shahar atrofi xo`jaliklarida hamda yaqinda o`zlashtirilgan mintaqalarda, go`sht-sut, go`sht yo`nalishidagi qoramol zotlari esa tog` va tog`oldi mintaqalarida nisbatan ko`proq boqiladi.
O`zbekiston mintaqalarida qoramolchilikning hududiy joylashishi bir xilda emas. Eng ko`p qoramollar Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariga to`g`ri keladi. Jumladan, mamlakatdagi jami qoramollarining 14,9 foizi Samarqand, 10,7 foizi Qashqadaryo viloyatiga boqiladi. Shuningdek, qoramollar soni Xorazm (584,8 ming bosh), Buxoro (556,4 ming bosh), Farg`ona (533,9 ming bosh), Surxondaryo (531,1 ming bosh) viloyatlarida ham ko`p.
Qoramol zotlarini yaxshilash sohasida ko`p ishlar qilinmoqda. Jumladan, Boltiqbiyi davlatlaridan sersut qoramollar keltirilib rayonlashtirilgan va ularni chatishtirish orqali yangi zotlar yaratilgan. Mahalliy zotlarni qoraola zotlar bilan chatishtirib qo`ng`ir va qora-ola zotlarning O`zbekiston tipi yaratilgan.

3-Rasm. O‘zbekistonning chorvachilik keng tarqalgan rayonlari.
Hududlar kesimida chorvachilik mahsulotlarining eng yuqori hajmi Samarqand (3 934,1 mlrd. so‘m), Toshkent (3 545,0 mlrd. so‘m) va Buxoro (2 659,5 mlrd. so‘m) viloyatlarida qayd etildi.[4]
Aksincha kam hajmga ega hududlarga Sirdaryo viloyati (831,2 mlrd. so‘m), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (886,6 mlrd. so‘m) va Navoiy viloyatini (1 671,8 mlrd. so‘m) keltirib o‘tish mumkin.
Yuqori o‘sish sur’atlari Namangan (104,3 %), Sirdaryo (104,2 %) va Farg‘ona (104,0 %) viloyatlarida qayd etildi. Respublika chorvachilik mahsulotlari tarkibida hududlarning eng katta ulushi Samarqand (13,4 %), Toshkent (12,1 %), Buxoro (9,1 %) va Farg‘ona (9,0 %) viloyatlariga to‘g‘ri keldi.
4-Jadval

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling