Dusmatov fazliddinning
Download 1.35 Mb.
|
fazliddin uzbekiston kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parrandachilik
Tuyachilik. Tuyalar miloddan 2000 yilcha ilgari xonakilashtirilgan. Ularning bir o`rkachli (dromedar) va ikki o`rkachli (baktriya) turlari mavjud. Tuyachilik cho`l, chalacho`l va quruq dasht zonalarida taraqqiy etgan. Buyuk ipak yo`li orqali boshqa ashyolar qatori Xitoyga Baqtriya va Davan (Farg`ona vodiysi)dan tuyalar ham olib ketilgan. Tuyachilik O`zbekistonda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida yaxshi rivojlangan. Tuyalardan asosan ulov sifatida (200-400 kg yuk ko`taradi), shuningdek, go`sht, sut va jun tayyorlashda foydalaniladi. O`rtacha bir bosh tuya 300-350 kg go`sht, sog`in davridagi har bir biyadan 1500-5300 kg sut olish mumkin. Bir o`rkachli tuyalardan 2-4 kg, ikki o`rkachlilaridan 5-10 kg jun olish mumkin. Tuya juni to`qimachilik sanoati va gilamchilik uchun xom ashyo hisoblanadi. Tuya junining 75 foizini tivit tashkil qiladi.
Parrandachilik ham tez ko`payadigan va serdaromad tarmoqdir (tovuq yetti xazinaning biri). Bu tarmoq keyingi davrda Respublikaning barcha mintaqalarida asosan shaxsiy va fermer xo`jaliklarda tez rivojlanib bormoqda. 2022- yilning 1- aprel holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda parrandalar bosh soni 86 722,4 mingtaga yetdi. Parrandalar bosh sonini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta hajmi 51 164,9 ming bosh dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim. 2022- yilning 1- aprel holatiga parrandalar bosh soni 2021- yilning mos davri bilan solishtirganda 103,2 % ni tashkil etdi. 2021- yilning mos davri bilan solishtirganda fermer xoʻjaliklarida 12,2 %, dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida 1,2 % va qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 2,4 % oʻsish qayd etildi. 2022- yil 1- aprel holatiga parrandalar bosh soni toʻgʻrisidagi maʻlumotlarni xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, parrandalar bosh sonining 16,6 % i fermer xoʻjaliklari hissasiga, 59,0 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklariga, 24,4 % i qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelishini qayd etib oʻtish lozim. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling