Dusmatov fazliddinning


Download 1.35 Mb.
bet12/14
Sana06.04.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1329649
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
fazliddin uzbekiston kurs ishi

Darrandachilik. Respublika chorvachiligining an`anaviy tarmoqlari qatorida darrandachilik ham rivojlanmoqda. Asosan muskulli kalamush (ondatra), suv bobri (nutriya), tulki, norka kabilar Quyi Amudaryo, Mirzacho`l hamda Surxondaryo mintaqalarida boqiladi.[4]
Shuningdek, mamlakat chorvachiligida quyonchilik va asalarichilik kabi tarmoqlar ham mavjud. Mazkur tarmoqlarining mamlakat chorvachilik mahsulotlari yetishtirishdagi salmog`i uncha katta bo`lmasada, o`ziga xosligi bilan ajralib turadi.

XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak qishloq xo’jaligi rivojlangan O’zbekistonda sanoatning bu turi qadimdan shakllangan va rivojlanish bosqichini davrlararo o’tagan. Dastlab suv tegirmonlarida un, objuvozlarda guruch, juvozlarfa o’simlik moyi, novvoyxonalarda nonlar tayyorlangan, qandolatchilar turli xil shirinliklar, uzumdan musallas, tariqdan bo’za va boshqa sharbatli va suyuq ichimliklar tayyorlaganlar.


Oziq- ovqat sanoatining yetakchi tarmog’i go’sht ishlab chiqarishdir. Mustaqillik yillarida mamlakatimizning turli geografik rayyonlarida jamoa, davlat, shirkat va fermer xo’jaliklari va tadbirkorlar tomonidan zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan go’sht mahsulotlari va turli kolbasalar ishlab chiqaradigan ko’pgina kombinatlar qurildi.
Jumladan, birgina ,,O’zbekbirlashuv” tarkibida kolbasa mahsuloti ishlab chiqaradigan 34 ta sex barpo qilindi. Respublika go’sht sanoatida Germaniya va Turkiya firmalari bilan hamkorlikda yarim tayyor go’sht mahsulotlari ishlab chiqarish, go’shtni qadoqlash, ichak mahsulotlari tayyorlash va ularni o’rab, iste’molga chiqarish ishlari yo’lga qo’yilgan.
Jumladan bugungi kunga kelib Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 33 474,3 mlrd. so‘mni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar 31 701,6 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 1 479,3 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 293,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
2022- yilning yanvar-mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102,8 % ni (2021- yilning yanvar-mart oylari mos ravishda 2020- yilning yanvar-mart oyiga nisbatan – 103,1 %), shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 102,9 % (103,1 %)ni, o‘rmon xo‘jaligi – 101,9 % (101,6 %)ni, baliqchilik xo‘jaligi – 102,1 % (106,3 %)ni tashkil qildi. 2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot (YAIM) (yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ)) tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 13,2 % ni tashkil qildi. Ushbu ko‘rsatkichni hududlar kesimida tahlil qilar ekanmiz, eng yuqori ulush Jizzax viloyatiga (33,0 %) to‘g‘ri kelsa, aksincha kam ulushga ega hududga Navoiy viloyatini (7,5 %) keltirib o‘tish mumkin.
2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmining 94,7 % i – dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar (2021- yilning yanvar-mart oylarida 94,4 %), 4,4 % i – o‘rmon xo‘jaligi (4,7 %) va 0,9 % i – baliqchilik xo‘jaligi (0,9 %) hissasiga to‘g‘ri keldi. Yuqorida aytib o`tilgan ma`lumotlar shuni ko`rsatadiki qishloq xo`jaligi respublikamiz iqtisodiyotining asosiy tramog`i ekanligidan dalolat beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling