Dutor haqida ma’lumot


IJROCHINING O TIRISHI VA DUTORNI USHLASH HOLATI


Download 3.14 Mb.
bet4/5
Sana16.11.2023
Hajmi3.14 Mb.
#1781073
1   2   3   4   5
Bog'liq
DUTOR HAQIDA MA

IJROCHINING O TIRISHI VA DUTORNI USHLASH HOLATI
Odatda dutor o‘tirib ijro etiladi. 0‘rindiqning yarmiga, suyanchig‘iga suyanmasdan o‘tirish maqsadga muvofiqdir. Cholg‘uni o‘ng oyoq soniga joylashtirilib, o‘ng qo‘l bilagini dutor kosasining yuqori qismiga qo‘yiladi. Dutor dastasini chap qo‘l yordamida ushlab turiladi. Shunda cholg uning dastasi chap yelka balandligi bilan teng turishi lozim. Cholg‘uni bir oz o‘ziga tomon burib ushlash sozanda uchun qulaylik yaratadi. Bu holat dutor pardalarini aniq ko'rishga va ijrochi barmoqlarining pardalar ustidan ravon harakatlanishiga yordam beradi


O‘NG VA CHAP QO‘L HARAKATLARI
Dutoming o‘ta nozik va ta‘sirli sadolanishida o‘ng qo‘l zarblari muhim ahamiyatga ega. 0‘ng qo‘l qanchalik nozik harakatlantirilsa, dutor shunchalik mayin, jozibali yangraydi. O‘ng qo‘l barmoqlarini iloji boricha dutor qopqog‘iga urmasdan, faqat torlarning o‘ziga tekkizib harakatlantirishga muntazam mashqlar orqali erishish mumkin. Ijro jarayonida o‘ng qo‘lning bilak qismi dutor kosaxonasining yuqori qismidagi qopqoq bilan ulangan joyiga ohista qo‘yib, barmoqlami esa dutor kosaxonasining bo‘g‘iziga yaqin bo‘lgan joyida harakatlantirish tavsiya etiladi.
0‘ng qo‘l barmoqlarini o‘ta yoyib yuborish kerak emas, bunda ijrochilik maktablarining o‘ziga xos qonun-qoidalariga asoslanish lozim. Iloji bo‘lsa, barmoqlar bir-biridan ajralmagani ma‘qul. Barmoqlaming pastga va yuqoriga harakati vaqtida qo‘lning bilak qismi erkin holatda bo‘lishi kerak. 0‘ng qo‘l barmoqlari torda harakatlangan vaqtda timoqlar bilan emas, balki barmoqlaming uchi (yumshoq joyi) bilan chalish maqsadga muvofiqdir. Chunki timoqlar yordamida hosil etilgan tovush yoqimsiz va qo‘pol eshitiladi. Chap qo’lning dastada erkin harakat qilishi shu qo‘l barmoqlarining pardaga to'g‘ri bosilishiga ham bogiiqdir. Barmoqlar pardalarga yuqoridan ko'tarilgan holda tushishi lozim. Bunday holatda bosh barmoqni (u qaysi holatda turishidan qaf i nazar) torni bosayotgan ikkinchi barmoq qarshisida qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Chap qo‘l bosh barmog‘i dutorning qanday sozlanishiga qarab turlicha joylashadi. An‘anaviy ijrochilikda jimjiloq ishlatilmaydi. Chap qo‘lni pardalarga to'g'ri qo'yish tovushlar sofligiga, barmoqlarni tez toliqib qolmasligiga imkoniyat yaratadi.


Download 3.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling