Dutorlar:-dutor bas, dutor kontrabas, dutor alt ba dutor prima haqida
Download 58.02 Kb.
|
Dutorlar dutor bas, dutor kontrabas, dutor alt ba dutor prima docx
Dutorlar:-dutor bas, dutor kontrabas, dutor alt ba dutor prima haqida. Dutor(forscha: دوتار) — OʻrtaOsiyo, Eron va Janubiy Osiyoda tarqalgan anʼanaviy ikki torli musiqa asbobidir. Nomi fors tilidan „ikki tor“ (< دو du — „ikki“, تار tār — „tor“) deb tarjima qilinadi, biroq Hirot dutori oʻn torʼtta torli boʻladi. Dutor XV asr atroflarida paydo boʻlgan deya tahminlar mavjud. O‘zbek, tojik, uyg‘ur, turkman, qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan. O‘zbek dutori muloyim, nafis va shirali ovozi bilan boshqa cholg‘ulardan ajralib turadi. Dutorning dutor-alt turi ham mavjud, dutor-kontrabas, dutor-bas kabi zamonaviy turlari ham mavjud. Dutor yakkanavoz va jo‘rnavoz cholg‘u sozi bo‘lib, sozandadan katta ijro mahoratini talab etadi. Dutorda yakka zarb, qo‘shzarb, bilak zarb, bidratma, teskari zarb kabi ijro usullari mavjud. Dutor haqidagi dastlabki yozma maʼlumotlarni Navoiyning zamondoshi Zaynulobidin al-Husayniy ,,Musiqaning ilmiy va amaliy qoidalari” nomli risolasi (XVI bobi)da uchratamiz. XVI – XVII asrlarda ,,Dutoriy” taxallusi bilan ijod etgan (hirotlik Yusuf Mavdudiy Dutoriy, mashhadlik Mirquliy Dutoriy kabi) sozandalarning nomlari manbalarda saqlangan. Hozirda milliy dutor ijrochiligining o‘ziga xos uslublari 4 ta asosiy (Andijon, Toshkent, Samarqand va Xorazm) dutorchilik maktablari orqali namoyon bo‘ladi. Dutor-alt – anʼanaviy dutorni 1930-yillarda qayta ishlash natijasida paydo bo‘lgan turi. Torlari kapron (yoki boshqa polimer iplari)dan ishlanadi. Dastasiga xromatik tartibda joylashgan yog‘och yoki suyak pardalari yelimlab yopishtiriladi. Repertuaridan asosan o‘zbek kompozitorlari tomonidan qayta ishlangan (garmonizatsiyalashgan) xalq kuylari, fortepiano jo‘rligida ijro etilayot-gan asarlar o‘rin olgan. Mazkur dutor asosida (O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestriga moslab) turli hajmdagi dutor xillari (dutor-bas, dutor-kontrabas) ishlandi. (Манба: Ўзбекистон миллий энциклопедияси. – Т., 2000.) Jumladan, XX asrning 30-yillarning birinchi yarmida boshida musiqa cholg‘ulari yasash bo‘yicha nom qozongan Usta Usmon Zufarov (1892-1981) dutor va g‘ijjaklarning turdosh oilasini yaratish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi va O‘zbekiston radiosi qoshidagi xalq cholg‘ulari milliy ansamblining rahbari, akademik Yunus Rajabiy usta Usmon Zufarov bilan hamkorlikda dutor bas (katta dutor) turini yaratdi. Download 58.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling