Dutorlar:-dutor bas, dutor kontrabas, dutor alt ba dutor prima haqida
Dutorda ijro etiladigan milliy kuylar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Download 58.02 Kb.
|
Dutorlar dutor bas, dutor kontrabas, dutor alt ba dutor prima docx
Dutorda ijro etiladigan milliy kuylar[tahrir | manbasini tahrirlash]XX asrda Andijon dutorchilik maktabi namoyandalaridan Dorip dutorchi, M. Najmiddinov, O. Rustamov, K. Jabborov, Farg‘onada Qo‘zixon Madrahimov ijrosida ,,Nolish”, ,,Cho‘pon”, ,,Andijon Kurdi”, ,,Andijon sayqali”, ,,Tuya bo‘zloq”, ,,Qo‘shtor”; Toshkent maktabi yirik vakillaridan Solixon Hoji, A. Vahobov, F. Sodiqov, M. Yunusov, T. Alimatov, S. Yo‘ldoshevlar talqinida ,,Sharob 1, 2”, ,,Shafoat 1, 2, 3”, ,,Toshkent sayqali”, ,,Toshkent Kurdi”, ,,Rajabiy 1, 2”, ,,Kurash”, ,,Dutor Bayoti”, ,,Dutor Navosi”; Samarqand maktabi ustozlaridan Hoji Abdulaziz, Qori Siroj Yusupovlar ijrosida ,,Guluzorim”, ,,Bebokcha”, ,,Bozurgoniy”, ,,Gullar vodiysi”; Xorazm maktabi vakillaridan N. Boltaev, Y. Jabborovlar ijrosida ,,Aliqambar”, ,,Saqili Navo” singari mumtoz kuylar ijro etilgan. 1970-yillardan yakka dutorda Shashmaqom cholg‘u va ashula yo‘llari ham ijro etila boshlandi. O‘zbek bastakorlaridan N. Hasanov ,,Gilos”, F. Sodiqov ,,Dutorim”, S. Yo‘ldoshev ,,Dil kuylasin”, ,,Tog‘ go‘zali”, O. Qosimov ,,Yangra sozim” kabi asarlarni dutor uchun yaratganlar; ,,Jigar pora” (majoziy – jigarband, farzand) – ommaviylashgan o‘zbek mumtoz cholg‘u kuyi ham dutor yoki tanburda ijro etiladi.( Ўзбекистон миллий энциклопедияси. – Т., 2000.) Dutor – O‘zbek xalqining eng sevimli torli- chertma cholg‘ularidan biri hisoblanadi. U katta noksimon shaklidagi qovurg‘ali kosa, yog‘och deka va uzun ichak pardalari bog‘langan dastadan iborat. Cholg‘u xramatik tovushqatoriga ega. Dutorboshqa cholg‘ulardan zarbga boyligi bilan ajralib turadi. Cholg‘uda ijro etish uchun o‘ng qo‘l panjalari hamda ko‘rsatgich va boshqa barmoqlar ishtirok etadi. U yakkanavoz hamda jo‘rnavoz sifatida ansambl va orkestrlarda qo‘llaniladi. Dutor bas – tovush kengligi past registrdan iborat. Cholg‘uga to‘rtta sim tortilgan. Dutor bas mediato bilan asosan tremolo, staccato, pizzicato lar ijro etiladi. O‘zbek xalq cholg‘u orkestrida bu cholg‘u asosan ritmik ko‘makchi vazifani bajaradi. Download 58.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling