Dvigatel detallarini tiklash Reja: Val va o’qlarni to’g’rilash


Download 25.21 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi25.21 Kb.
#1517900
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dvigatel detallarini tiklash

Р= ;

bu yerda, Р – mikrometrning ochilish o’lchami, mm;


Дцsilindr deametri, mm;
Дг – keskichli golovkaning deametri, mm;
К – 0 ,05...0,07 mm, yetiltirish (xoninglash) uchun qoldiriladigan quyim.Keskich xisoblab topilgan o’lchamga moslab o’rnatiladi. So’ngra kesish rejimi tanlanadi va stanok shpindelining aylanish chastotasi xisoblanadi:


n = ;

bu yerda V - qabul qilingan kesish, tezligi, m/sek.


Stanok pasporti bo’yicha shpindelning eng yaqini aylanish chastotasi tanlanadi. Silindr butun o’zunligi bo’ylab bir o’tishida yo’nib kengaytiriladi. Blokning qolgan silindrlari aynan usha remont o’lchamida yo’nib kengaytiriladi. Yo’nib kengaytirilgan silindrlarning konusligi va ovalligi, butun o’zunlik bo’yicha ko’pi bilan 0,04...0,05 mm, sirtning g’adir-budurligi Ra =2,5...1,25 mkm bo’lishi lozim.


Yo’nib kengaytirilgan gilzalar va silindrlar xoninglash yo’l i bilan o’zil-kesil ishlanadi (etishtiriladi). Xoninglash 3833 M tipdagi maxsus vertikal yetiltirish stanoklarida amalga oshiriladi.
Xoninglashda kerosindan yoki kerosinning (80...90%) mashina moyi bilan aralashmasidan sovitish suyuqligi sifatida foydalaniladi. U butun jarayon davomida silindrga o’zatib turiladi
Odatda xoninglash ikki usulda bajariladi: dastlabki (xomaki) va o’zil-kesil (tozalab) xoninglash. Dastlabki xoninglash keramik qo’shilmali yashil karborudning danodorligi 10...16 bo’lgan yirik donli brusoklar yoki ASB 50/40 va ASR 100/80 markali sintetik olmosdan iborat brusoklar bilan bajariladi. Tozalab xoninglash uchun 0,02...0,03 mm atrofida quyim koldiriladi va u ASM 20/14 va ASM 28/20 markali sintetik olmoslardan iborat bruslar bilan amalga oshiriladi.
Xoninglashning taxminiy rejimi: xoninglash kallagining aylanish tezligi 60...80 m/min; ilgarilanma-kaytma tezligi 20...25 m/min


4. Porshen barmoqlari va xalqalarni remont qilish

Aksari zamonaviy dvigatellarda porshenlar alyuminiy qotishma-laridan tayyorlanadi. Ishlatish jarayonida yo’l quyiladigan o’lchamlardan ortiq yoyilgan porshen va porshen xalqalari tiklanadi. Joriy remont vaqtida porshen bobishkalaridagi yoyilgan teshiklar kattalashgan barmoqka moslab razvertkalanadi (kengaytiriladi). Teshiklarni o’qdoshligini Saqlash uchun ular maxsus o’zun razvertka bilan bir o’tishida kengaytiriladi.


Porshen barmoqlarini normal o’lchamga markazlashtirilgan xolda tiklashda ko’proq sovuqlayin kengaytirish usulidan foydalaniladi. Dastlab barmoqlar ichki apital bo’yicha 0,3 mm intervalda uchta o’lcham guruxiga sortlanadi, So’ngra kum tula temir yashiklarga solinib, termik pechlarda yumshatiladi. (800...830 temperaturada 1,5...2 soat tutib turilib), keyin sekin sovitiladi.
Barmoqlar pnevmatik bolgada avtol surtilgan puason yordamida ikki-uch marta teshilib, uning tashqi apitalnormal diametrdan 0,2...0,5 mm ga kengaytiriladi. Agar barmoq kengaytirilgandan keyin normal o’zunlikdan 2 mm ga qisqarsa, u brakka chiqariladi.
Barmoqlarda 56...62 NRS atrofidagi normal qattiqlik xosil qilish uchun, ular 790...810 S da moyda toblanadi va 200...220 S da bushatiladi. Qattiqligi past barmoqlar tsementitlanadi. Shundan keyin barmoqlar markazsiz – jilvirlash stanoklarida normal o’lchamgacha jilvirlanadi. Barmoq sirtida uyilgan joylar, kora doglar, kildek yerilgan joylar bulmasligi lozim.Porshen barmoqlari Po’latlash va xromlash bilan ham tiklanadi.



Download 25.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling