Dvigatel reja Dvigatelning vazifasi Dvigatelning ishlash prinsplari Ichki yonuv dvigatelning mexanizmi va tizimlari


Download 210.37 Kb.
bet5/5
Sana25.10.2023
Hajmi210.37 Kb.
#1720734
1   2   3   4   5
Bog'liq
02. DVIGATEL

1.6-rasm. Rotor-porshenli dvigatelning ishlash chizmasi:
1—yondirish svechasi; 2—harakatsiz shesterna; 3—rotorning tishli gardishi;
4—rotor-porshen; 5 va 6—sovitish suyuqligi uchun kiritish va chiqarish
kanallari; 7—ekssentrik; 8—val; 9—statorning ichki bo‘shlig‘i.



1.7-rasm. «Mazda» avtomobilining ikki rotorli dvigateli detallari.

Har qaysi bo‘shliqda, to‘rt taktli porshenli dvigatel kabi, ish sikli jarayoni sodir bo‘ladi. Porshen 1.6-rasm, a da ko‘rsatilgan holatda bo‘lganida IIIII qirrasi bilan cheklangan hajmda ish yo‘li bajariladi, ya'ni gazlarning kengayishi sodir bo‘ladi. Rotor- porshenning gaz bosimini qabul qilishi uning val bilan birgalikda aylanishiga olib keladi. Shu vaqtda III—I qirrasi bilan cheklangan A hajmdan ishlatilgan gazlar kanal (5) orqali atmosferaga siqib chiqariladi, B hajmda esa (porshenning III qirrasi) ish aralashmasini siqish boshlanadi. Rotor-porshenning keyingi burilishida E hajmida kengayish davom etadi (1.6-rasm, b). Shunda kattalashayotgan G hajmiga karburatordan kanal (6) orqali yangi yonuvchi aralashma so‘rilsa, kichiklashayotgan D hajmida esa siqish davom etadi.


1.6-rasm, d da chiqaruvchi kanal (5) ni to‘la ochilgan holati ko‘rsatilgan bo‘lib, K hajmidan ishlatilgan gazlar chiqarila boshlangan bo‘lsa, J hajmida esa yonuvchi aralashmani kiritish davom etadi. Shu vaqtda I hajmida siqilgan ish aralashmasi yondirish svechasining uchqunidan alangalanadi. 1.6-rasm, e da ko‘rsatilgan holatda porshenning III qirrasi bilan cheklangan hajmida, ish aralashmasining alangalanishi natijasida gazlarning kengayishi boshlanadi, ya'ni ish yo‘li boshlanadi. Shunday qilib, uchta bo‘shliqning har birida ketma-ket kiritish (A, G, J, I bo‘shliqlari), siqish (B, D, I bo‘shliqlari), yonish va kengayish (M, V, E bo‘shliqlari) jarayonlari sodir bo‘ladi. Bu jarayonlar tezkor bo‘lib, rotor-porshenli dvigatellarda valning aylanishlar chastotasi 6000—8000 min-1 oralig‘ida bo‘ladi. Bunday dvigatellarning quvvatini oshirish uchun valga bir nechta rotor-porshenlar o‘rnatish lozim.
Download 210.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling