Dvigatel Va Uning Agregat Va Tizimlarini Diagnozlash Usullari


Gazlarning karterga o’tib ketishi bo’yicha diagnozlash


Download 68.5 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi68.5 Kb.
#1545453
1   2   3   4
Bog'liq
REFERAT - Dvigatel Va Uning Agregat Va Tizimlarini Diagnozlash Usullari

Gazlarning karterga o’tib ketishi bo’yicha diagnozlash.
Bu TSPG detallarining yeyilishiga bog’lik bo’lib, avtomobil ekspluatatsiyasi jarayonida dvigatel karteriga o’tib ketayotgan gazlarni miqdori ko’payib boradi. Gazning hajmi diagnozlash jihozi yordamida, yuklanish va eng katta burovchi momentda aniqlanadi. U gaz schetchigi yordamida aniqlanib, moy o’lchash tayokchasi o’rniga ulanadi va ma’lum vaqt ichida karterga o’tgan gaz miqdori aniqlanadi.
Kiritish taktidagi vaakumni o’lchash: Kiritish taktidagi vaakum havo to’ldirish tezligiga, kompressiyaga, havo tozalagich qarshiligiga, klapanlarning egarida to’lik o’tirmasligiga va ish jarayonining notekis borishiga bog’liq bo’ladi. SHuning uchun vaakum holati va uning doimiyligi dvigatelni texnik holatini xarakterlaydi.
Vaakum holati vakkummetr yordamida, kiritish kollektori orqali aniqlanadi. Dvigatelь mexanizmlarining holatini aniqlash, ta’minot va o’t oldirish tizimlari sozlangandan so’ng bajariladi.
Dvigatelning soz xolida, uni starter bilan aylantirganda ko’rsatgich 0.5-0.57 MPa ni, hamda salt yurishda 0.64-0.745 MPa ni tashkil etishi va bu ko’rsatgich o’zgarmay turishi kerak.
Sikilgan havoning tsilindrlardan chiqib ketishi bo’yicha diagnozlash.
Bu vaqtda porshenь yuqori yoki pastki chetki nuqtalarda bo’lib, klapanlar berkilgan holatda bo’ladi, Diagnostika natijasida porshenь xalqalarning yeyilganligini, ularning egiluvchanligini yo’qolganligi, singan yoki qurum bosib qolganligini, tsilindirning yeyilganligini, klapanlar va porshenlar germetikligi buzilganligini aniqlash mumkin.
Dvigatelь holati K-69M pribori yordamida, svecha yoki forsunka urnidan tsilindirga yuborilgan havoning sarfini monometr yordamida aniqlash yo’li bilan amalga oshiriladi.
Karterdagi moyning sifat ko’rsatkichlari bo’yicha diagnozlash.
Ushbu usul orqali dvigatelь detallarining yeyilishi, havo va moy filьtrining ishlash sifati, sovo’tish sistemasining germetikligi, hamda moyning yaroqligi yoki yaroqsizligi aniqlanadi. Buning uchun vaqti vaqti bilan namuna olib turish, uning qovushqoqligini, undagi suvni, kremniyni va detallarni ng yeyilma tarkibini aniqlab turish kerak.
Moy tarkibidagidagi metal maxsulotlari miqdori orqali detal birikmalarining texnik holati aniqlanadi. Kremniy miqdorini oshishi havo tozalagichlarning nosozligini, suvning paydo bo’lishi sovo’tish tizimining nosozligini, qovushqoqlikning kamayishi moyning yaroqsiz xolga kelib qolganligini ko’rsatadi.

Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling