Xalqalarning turlari va ularni ilgakda terish
Download 0.49 Mb.
|
Amaliy 12
AMALIY MASHG’ULOT № 12 MAVZU: TO‘QISHDA QO‘LLANILADIGAN SHARTLI BELGILAR. XALQALARNING TURLARI VA ULARNI ILGAKDA TERISH. BOLALAR SHARFI VA QALPOQCHASINI TO‘QISH Ishdan maqsad: To‘qishda qo‘llaniladigan shartli belgilarni hamda xalqalarning turlari va ularni ilgakda terishni o’rganish. To`qish orqali turli xil inson va turmush uchun mahsulot buyumlari tayyorlash mumkin. Paypoq nusxa to`qish (bir tomonlama) (77- rasm). Doiraviy yo`nalishda to`qiganda halqalar hamisha o`ng halqa qilib to`qiladi; yassi polotno shaklida to`qishda esa bir qatorni (polotnoning o`ng tomonidan) o`ng halqalar va ikkinchi qatorni (polotnoning teskari tomonidan) ters halqalar tashkil etadi. Kovak to`qish (xaltacha). Bunda buyumning o`ng tomoni teskari tomoni ham bir hilda to`qiladi: 1-qatorda 1 o`ng halqa to`qiladi. 1 halqa to`qimasdan ko`chiriladi (asosiy ip polotnoning oldingi tomonida bo`ladi); 2- qator va undan keyingi qatorlarning hammasida o`ng halqalar o`ng halqa qilib to`qiladi, ters halqalar esa to`qimasdan ikkinchi spisaga ko`chiriladi (asosiy ip polotnoning oldingi tomonida bo`ladi). Ro`mol nusxa to`qish (78-rasm). Doiraviy yo`nalishda to`qishda navbatma-navbat bir kqator — o`ng halqaar bilan, ikkinchi qator — ters halqalar bilan to`qdadi.. Yassi to`qishda esa polotnoning o`ngi ham, teskarisi ham bir xilda: yo faqat o`ng halqalardan, yoki faqat ters halqalardan iborat qilib to`qiladi. Rezinka nusxa to`qish (lastik).Bunda ters halqa va o`ng halqa ustunchalari turlicha almashib keladi; masalan, 1 o`ng halqalar ustunchasi va 1 ters halqalar ustunchasi yoki 2 o`ng halqalar ustunchasi, 3 ters halqalar ustunchasi va hakazo. Quyida ba’zi naqshlarga tegishli rapportlar ko`rsatilgan. Naqsh ya’ni gulning takrorlanadigan qismi rapport deb ataladi. Nakshlarning ta’rifida rapport, odatda, yulduzchalar (*) orasiga olinadi. Bu esa naqshning ikki yulduzcha orasida berilgan qismini qatorga qancha sig`sa, qator oxirigacha shuncha marta takrorlash kerakligini bildiradi. Agar naqshning ta’rifida yulduzcha oldida bitta yoki bir necha halqa ko`rsatilgan bo`lsa, avvalo shu halqalar to`qiladi, so`ngra qatorning oxirigacha rapport takrorlanadi. Qatorning oxirida ikkinchi yulduzchadan keyin ko`rsatilgan halqalar to`qiladi. Eng chetki ikki halqa naqsh hosil qiluvchi halqalar hisobiga kirmaydi, ular umumiy halqalar hisobigagina kiritiladi. Chatishtirilgan rezinka. Bu hildagi rezinka ham oddiy rezinka singari (1 o`ng halqa, 1 ters halqa qilib) to`qiladi, lekin o`ng halqalar hamma vaqt orqa devorchasidan ilib olinadi, ters halqalar esa odatdagicha to`qiladi. Ikki marta chatishtirilgan rezinka — bunda 1x1 rezinka to`qiladi, lekin o`ng va ters halqalar hamma. qatorlarda, orqa devorchasidan ilib olib to`qiladi. Inglizcha rezinka. 1-qator—to`g`ri homaki halqa hosil qilinadi, 1 halqa tuqimasdan ikkinchi spisaga o`tkaziladi (asosiy ip polotnoning orqasida bo`ladi) 1 o`ng halqa to`qiladi, 2- qator va bundan keyingi qatorlarning hammasi—1 to`g`ri xomaki halqa hosil qilinib, 1 halqa to`qimasdan ko`chiriladi (asosiy ip polotnoning orqasida bo`ladi), oldingi qatordagi halqa va xomaki halqa ustki tomonidan ilib olinib, o`ng halqa qilib qo`shib to`qiladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling