Dvigatelning nosozliklari va ularning kelib chiqish sabalari. Dvigatelning texnik holatini avtomobilda tekshirish


Download 342.5 Kb.
bet5/11
Sana04.04.2023
Hajmi342.5 Kb.
#1324629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1474959185 65191

Avtomobilni ravonligi yuqoridagi sanab o`tilgan sharoitlarga rioya qilgan holda o`zaro qarama-qarshi yo`nalishda ikki marta borib kelishi bo`yicha o`rtchasi olinadi. yengil avtomobilni ravonligi odatda 400 m dan kam bo`lmasligi lozim.
Avtomobilni eng katta tezligi uni yuqori uzatmada o`zaro qarama-qarshi yo`nalishda avtomobil nazorat yo`lini eng katta tezlikda o`tishi natijasi bo`yicha aniqlanadi. Bunda 1 km li yo`lni nazorat bo`limini t vaqtda o`tishi o`lchanadi, bu vaqt bo`yicha eng katta tezlik aniqlanadi, yani V=3600/t. Haqiqiy eng katta tezlik o`zaro qarama-qarshi yo`nalishdagi eng katta tezliklarni o`rtacha arifmetik qiymati qabul qilinadi.
Avtomobilni yugurish dinamikasi avtomobilni 100 km/s tezlikka erishish vaqti yoki o`rnidan uzatmalarni tez-tez almashtirish bilan 1 km masofani qancha vaqtda o`tishi bo`yicha aniqlanadi.
Yo`l sinovlari bo`yicha olingan natijalarni avtomobilni pasport ma`lumotlari bilan solishtiriladi. Eng katta tezlikni 10-15 foizga kamayishi hamda yugurish vaqtini 20-25 foizga ko’payishi dvigatel quvvatini yetarli emaligini koprsatadi va uni quvvatini kamayish sabablarini aniqlash maqsadida texnik holatini to`laroq tekshirish lozim bo`ladi.
Dvigatelni tejamkorligi. Avtomobilni dvigateli qizdirilgan va yurish qismi soz bo`lganda yonilg`ini nazorat sarfi bo`yicha tekshiriladi. YOnilg`ini nazorat sarfi asfaltlangan tekis, quruq 3...5 km li yo`l bo`limida avtomobilni doimiy 90 km/s tezligida o`zaro qarama-qarshi yo`nalishlarda borib-kelishi bilan aniqlanadi. Bunda benzin dvigatelga o`lchov idishidan uzatiladi. Yo`l sinovlarida olingan yonilg`ini o`rtacha nazorat sarfi avtomobilni pasport tavsifnomasi bilan solishtiriladi, agar yonilg`ini olingan nazorat sarfi pasportdagisidan 10 foizga ko’paygan bo`lsa, yonilg`i sarfini ko’payishi sababi aniqlanadi va bartaraf qilinadi.
Moy sarfini dvigatelda navbatdagi moy almashtirishlar orasida avtomobilni bosib o`tgan yo`lida moy sarfini o`lchash natijasi bo`yicha tekshiriladi. Moy sarfi avtomobilni 100 km bosib o`tgan yo`li bo`yicha qo`yidagi formula bilan aniqlanadi:

G = 100 (q1-q2 qq3)/ S, g


bu yerda G-moyni Ekspluatatsion srfi, g/100km;


q1-moy almashtirishda yangi quyilgan moy miqdori, g;
q2-navbatdagi moy almashtirishlar orasida qo`shimcha quyilgan moy miqdori;
q3-dvigateldan to`kilgan ishlatilgan moy miqdori, g;
S-navbatdagi moy almashtirishlar orasida avtomobilni bosib o`tgan yo`li, km.
Moyni Ekspluatatsion sarfini aniq bilish uchun dvigatelni karteridan to`kilayotgan moyni harorati 600S dan, to`kish davomiyligi esa daqiqadan kam bo`lmasligi lozim. Moyni Ekspluatatsion sarfini tezda aniqlash lozim bo`lganda avtomobil 50...60 km/s tezlik bilan harakatlanganda 200 km bosib o`tgan yo`li bilan cheklanish mukin.
Moyni Ekspluatatsion sarfi 100 km bosib o`tilgan yo`lga yengil avtomobillar uchun 200 g dan oshmasligi lozim. Aks holda qoida bo`yicha shatun-’orshen guruhini (birinchi navbatda porshen halqalari hamda guruhni boshqa detallari almashtiriladi) ta`mirlash talab etiladi.

Download 342.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling