Dyurkgeyning deviant xulq-atvor to’g’risidagi nazariyasi


Stigmatizasiya nazariyasi


Download 89.5 Kb.
bet3/6
Sana21.11.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1791687
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dyurkgeyning deviant xulq-atvor to’g’risidagi nazariyasi

Stigmatizasiya nazariyasi
Jinoyatlar qanday sodir etilishini tushunishda yordam beradigan eng muhim yondoshuvlardan biri - stigmatizasiya (ya’ni yorliq yopishtirish, tamg’a bosish) nazariyasidir, garchi bu atama yagona yondoshuvning emas, o’zaro bog’langan g’oyalar guruhini anglatsa ham. Stigmatizasiya nazariyasi tarafdorlari og’ishni individ yoki guruh tavsiflarining majmui, deb emas, og’ayotgan xulkli odamlar va og’ishsiz xulkli odamlar o’rtasidagi o’zaro ta’sir jarayoni, deb talkin qilishadi. Bu nuqgai nazarga ko’ra, og’ishning mohiyatini tushunish uchun avvalo, ba’zi odamlarga nima uchun og’ayotganlar yorlig’ini yopishtirishlarini tushunish kerak. Qonun kuchi va tartibot vakillari yoki o’zining axlokiy ustanovkalarini boshqalarga o’tkaza oladigan odamlar yorliqning asosiy manbai hisoblanadilar. Yorliqlar og’ishning toifasini aniqlash uchun qo’llaniladi va shu tarzda jamiyatdagi hokimiyat tuzilmasini ifodalaydi. Bu og’ishlarni aniqlashda foydalaniladigan qoidalar va sharoitlar kambag’allar uchun boylar tomonidan, ayollar uchun erkaklar tomonidan, kichiklar uchun kattalar tomonidan, mayda etnik birliklar uchun etnik ko’pchilik tomonidan belgilanadi. Masalan, ko’pgina bolalar birovlarning bog’iga tushishadi, deraza oynalarini sindiri-shadi, meva o’g’irlashadi va darslarda qatnashmay yurishadi. Boy hududlarda bunday qilmishlarga otachjalar, o’qituvchilar va polisiya tomonidan unchalik jiddiy bo’lmagan sho’xlik sifatida qaraladi. Qashshoq hududlarda ular ilk yoshlarda jinoiy mayllarning namoyen bo’lishi sifatida baholanadi.
Bolaga jinoyatchi yorlig’i yopishtirilishi bilan, u tamg’a bosilgan hisoblanadi; o’qituvchilar va kelajakdagi ish beruvchilar unga ishonib bo’lmaydigan odam sifatida qaraydilar. Individ yana kriminal harakat sodir etadi va ortodoksal ijtimoiy me’yorlar bilan o’rtadagi tafovutni yana ham ko’paytiradi Huqukni buzishning dastlabki holatini Envin Lemert birlamchi og’ish, deb ataydi. Ikkilamchi og’ish esa individ o’ziga osilgan tamg’ani qabul kilib, o’zini jinoyatchi sifatida idrok eta boshlaganda yuz beradi.
Shanba oqshomida do’stlari bilan shahardan tashqarida bo’lib, do’kon vitrinasining oynasini sindirib qo’ygan bola xulqini ko’rib chiqaylik. Bu xarakat yoshlar uchun kechirimli bo’lgan to’polonchilikning tasodifiy natijasi, deb baholanishi ehtimoli ko’proq. Agar u «respektabelli» oiladan bo’lsa, voqyeaning shunday yakunlanishiga to’la ishonsa bo’ladi. Vitrina oynasi tufayli yuz bergan hodisa, agar yosh yigitcha «tuzuk» ko’rinishga ega bo’lsa, o’sha paytda biroz ehtiyotsizlik qilgan, deb baholanishi mumkin. Biroq polisiya va sudning reaksiyasi keskinroq, aytaylik, shartli hukm chiqarish va vasiylik kengashiga yuborish to’g’risida bo’lsa, bu hodisa ikkilamchi og’ish jarayoniga qo’ygan birinchi kadam bo’lishi mumkin. «Jinoyatchi bo’lishga o’rganish» jarayoni og’ayotgan xulqni tuzatish asosiy vazifasi bo’lgan tashkilotlar - koloniyalar, qamokxonalar tomonidan chukurlashtirib yuboriladi.
Stigmatizasiya nazariyasining muhimligi shundaki, nazariya birorta ham xatti-harakat aslida jinoiy emas, degan farazdan kelib chiqadi. Kriminallikni aniqlash va talqin qilish hokimiyatta ega bo’lgan odamlar tomonidan qonunlarni shakllantirish va ularni polisiya, sud va axloq tuzatish muassasalari talqin qilishi yo’li bilan belgilanadi. Yorliqlar nazariyasining tanqidchilari aytishicha, barcha madaniyatlar tomonidan man qilingan qotillik, zo’rlash, qaroqchilik kabi hara-katlar bor. Bunday nuqtai nazar aslida unchalik to’g’ri emas: hattoki bizning o’z madaniyatimiz doirasida ham qotillik har doim jinoyat, deb baholanavermaydi. Harbiy davrda dushmanni o’ldirish ijobiy baholanadi va yaqin vaqtlargacha Britaniya qonunlari bo’yicha ayolning o’z eri tomonidan zo’rlanishi zo’rlik hisoblanmas edi.
Stigmatizasiya nazariyasini boshqa uch yo’nalish bo’yicha ishonchliroq tarzda talqin qilish mumkin. Birinchidan, bu nazariya doirasida yorliqlar yoshdshtirishga urg’u beriladi, og’ma

Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling