Dyurkgeyning deviant xulq-atvor to’g’risidagi nazariyasi
Qonunlar, jinoyatlar va jazolar
Download 89.5 Kb.
|
Dyurkgeyning deviant xulq-atvor to’g’risidagi nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanoat davrigacha bo’lgan jinoyatlar
Qonunlar, jinoyatlar va jazolar
Qonunlar — bu hokimiyat tomoyushdn fukarolar amal qilishi uchun belgilab qo’yiladigan tamoyil shaklidagi me’yorlar; Konformlik namoyish yetmaydigan odamlarga qarshi qo’llanadigan formal sanksiyalar ham mavjud. Qonun bor joyda jinoyat ham topiladi, chunki jinoyatchi qonunni buzuvchi har qanday xulq deb ta’riflash mumkin. So’ngti ikki-uch asr davomida kriminal xulq-atvorning tabiati, turli jinoyatlarning jiddiylik darajasi va davlat hokimiyati tomonidan kriminal xatgi-harakatlarni bartaraf qilish usullari jiddiy o’zgardi. «Sosiologiya: muammo va istiqbollar» nomli birinchi bobda aytib o’tilganiday, buning sabablarini jamoa tamoyiliga asoslangan an’anaviy jamiyatning ko’pchilik an’anaviy tizimga qaraganda anonim (noma’lum, xufyona) sharoitda yashaydigan sanoat ijtimoiy tizimlarida almashtirilishidan topish mumkin. Sanoat davrigacha bo’lgan jinoyatlar Sanoatlashtirishgacha Yevropada eng beshafqat jazoga sabab bo’ladigan va eng jidsiy jinoyat hisoblanadigan xatti-harakatlar, bular — diniy jinoyatlar yoki hukmdor va zodagonlarning mulkiga qarshi jinoyatlar ekan. Bugungi kunda bunday harakatlar yo umuman jinoyat deb hisoblanmaydi, yoki bo’lmasa qonunni salgina buzish deb hisoblanadi. Shakkoklik (xristianlikdan farq qiluvchi diniy doktrinalarni targ’ib qilish), mal’unlik (cherkov mulkini o’g’irlash yoki unta zarar keltirish) yoki hatto ma’budni haqoratlash (ma’bud ismini masxaralab tilga olish, diniy materiyalar haqida salbiy fikrlar aytish) uzoq vaqtgacha Bvropa mamlakatlarida o’lim jazosi bilan jazolanar edi. Qirol yoki zodagonlarning yerida ovchilik qilish yoki baliq tutish, daraxt kesish yoki shox-shabba to’plash, meva yig’ish ham og’ir jinoyatlar hisoblanardi (garchi ularga nisbatan har doim ham o’lim jazosi qo’llanmasa ham). Oddiy fuqaro ikkinchi bir fuqaroni o’ldirishi yuqorida bayon qilingan jinoyatlar kabi jiddiy hisoblanmas edi. Jinoyatchi ko’pincha jabrlanganning qarindoshlariga ma’lum miqdorda pul to’lab, gunohini yuvishi mumkin edi. Ba’zan esa qurbon bo’lganning oilasi ishni o’zi adolatli hal qilish uchun aybdorni o’ldirar edi. Mana shunday usul bilan jazolash, ya’ni qonli qasos yuzaga keltiradigan muammo shunda ediki, birinchi qotilning oilasi ikkinchi qotilga nisbatan xuddi shu tarzda reaksiya qilishi va shu tariqa qatl qilishlarning uzun zanjiri paydo bo’lar edi. Janubiy Italiyaning ba’zi tumanlarida qonli qasos amaliyoti XX asrgacha davom etdi. U Qo’shma Shtatlardagi raqobatlashayotgan «kriminal oilalar o’rtasida adolatli sudlovni» amalga oshirish maqsadida bugungacha qo’llaniladi. Baho Klovard — Elin va Koen tadqiqotlarida konformlik va og’ish o’rtasidagi aloqa ta’kidlanadi: jamiyatdagi ko’pchilik tomonidan qabul qilingan ma’nodagi muvaffaqiyatga erishish imkoniyati yo’qligi jinoiy guruhlarga kirgan va kirmaganlarni tabaqalashtiruvchi asosiy omil hisoblanadi. Shunga qaramasdan, kambag’al tabaqalarning vakillari ham o’ziga to’qroq muhit vakillari darajasida «muvaffakiyat»ga ehgiyoj sezadilar, degan fikr yetarli asosga ega emas. Aksincha ularning ko’pchiligi o’z intilishlarini amaldagi voqyelik bilan bog’laydi. Intilish va imkoniyatlar o’rtasidagi nomutanosiblik faqatgina aholining imtiyozga ega bo’lmagan qatlamlari uchun xos, deb o’ylash ham xato bo’ladi. Kriminal faoliyatga o’tkazilayotgan bosim, ehgimol Merton taklif qilgan og’ishlarning boshqa tiplariga ham bosim o’tkazish, intilish va imkoniyatlar o’rtasidagi tafovut juda katta bo’lganda yuz beradi. Mana shunday tafovut to’g’risida, masalan, «oq yoqali»larning jinoyatlarsh kamomadlar, qalloblik va soliq to’lashdan bosh tortish haqida gapirish mumkin. Download 89.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling