P = nkT bo‘lishni eʼtiborga olsak, gazning konsentratsiyasini balandlikka bog‘liq ifodasi:
μ = m0NА, R = kNА tengliklardan foydalanib
Bu yerda m0gh = Eр molekulaning gravitatsiyaviy tortishish maydonidagi potensial energiyasidir
Bu ifoda tashqi potensial maydonidagi Bolsman taqsimoti deb ataladi.
Issiqlik o‘tkazuvchanligi Agar, gazning bir qismida molekulalarning o‘rtacha kinetik energiyasi boshqa qismiga qaraganda kattaroq bo‘lsa, natijada, vaqt o‘tishi bilan molekulalarning doimiy to‘qnashishlari sababli, ularning o‘rtacha kinetik energiyalari fazo bo‘yicha tenglasha boradi, boshqacha qilib aytganda, fazo bo‘yicha temperatura tenglasha boradi. Energiyaning issiqlik ko‘rinishda ko‘chishi Furʼe qonuniga bo‘ysunadi:
bu yerda jE – birlik vaqtda, birlik yuzadan issiqlik ko‘rinishida ko‘chadigan, energiya bilan aniqlanadigan issiqlik oqimining zichligidir, l – issiqlik o‘tkazuvchanligi, – yuza normali yo‘nalishida birlik dx uzunlikka to‘g‘ri kelgan temperatura o‘zgarishiga teng bo‘lgan temperatura gradiyentidir.
Issiqlik o‘tkazuvchanligi l - temperatura gradiyenti birga teng bo‘lganda issiqlik oqimi zichligiga teng bo‘lgan kattalikdir:
bu yerda Cv – xajm o‘zgarmas bo‘lganda, gazning solishtirma issiqlik sig‘imini ifodalaydi (yaʼni,hajm o‘zgarmaganda 1 kg gazni 1 K ga isitish uchun zarur bo‘lgan issiqlik miqdoridir), – molekulalar issiqlik harakatining o‘rtacha tezligi, λ – o‘rtacha erkin yugurish yo‘li.
Diffuziya Ikkita tutashgan gaz, suyuqlik va qattiq jismlarda zarrachalarning betartib harakati tufayli ichkariga kirish va aralashish jarayoniga - diffuziya hodisasi deb ataladi. Kimyoviy bir jinsli gaz uchun diffuziya hodisasi Fik qonuniga bo‘ysunadi:
Bu yerda jm – birlik vaqt ichida birlik yuza orqali diffuziya jarayonida o‘tadigan, miqdor jihatdan moddalar massasiga teng bo‘lgan massa oqimining zichligidir, D – diffuziya koeffitsiyenti , – yuza normali yo‘nalishida birlik uzunlikdagi zichlik o‘zgarishi tezligiga teng bo‘lgan zichlik gradiyentidir. Minus ishora, massa ko‘chishining zichlik kamayishi yo‘nalishida sodir bo‘lishini ko‘rsatadi.
Diffuziya koeffitsiyenti D zichlik gradiyenti birga teng bo‘lganda miqdor jihatdan massa oqimi zichligiga teng.
Gazlarning molekulyar kinetik nazariyasiga binoan diffuziya koeffitsiyenti quyidagiga tengdir:
Do'stlaringiz bilan baham: |