E, education


Download 188.4 Kb.
bet7/10
Sana22.04.2023
Hajmi188.4 Kb.
#1380531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
muhammad-aminxo-ja-muqimiy-hayoti-va-faoliyatining-o-rganilishi (1)

VOLUME 1 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784


Ana shunday murakkab davr Markaziy Osiyo, shu jumladan Chor Rossiyasining mustamlakasiga aylantirilgan sharoitda qalam tebratgan. Muqimiy oddiy xalq ichidan chiqqan va butun kuch-qudratini shu xalq uchun baxsh etgan shoir hisoblanadi. Ayni paytda, rus istilosi tufayli ijtimoiy hayotda kechayotgan ozgarishlarni adabiyotga olib kirib, uning yangilanishida ozining munosib hissasini qo’shdi. Uning sherlari hayotlik davridayoq Turkistonning turli shaharlariga yoyilgan, shoirlar ularga muxammaslar bog’lar, xonandalar qoshiq qilib aytar edilar. Muqimiy milliy ozodlik harakati haqida sherlar yozgan, oz salohiyati va mavqeyi bilan maktab yaratgan alloma edi5. U ezilgan mehnatkash omma, bechora kosib-u hunarmandlar va xonavayron qishloq dehqonlarining otashin kuychisi bolib maydonga chiqdi. Mustamlaka tuzimidagi adolatsizlik va zoravonlikni, joriy tartib-qoidalarini, xalqona uslubda qoraladi. Uning asarlarida insoniy ishq-muhabbat uluglandi.
Shoir ularning hayotini, dard-u tashvishini, orzu-intilishlarini realistik boyoqlarda yuksak badiiylik bilan ifodaladi. Har qanday ilgor adabiyotning eng muhim xususiyatlaridan biri xalqchillikdir 6 . Demokratik adabiyot XIX asrning ikkinchi yarmidagi yangi tarixiy sharoit zaminida qad kotardi va o’sha davr hayotini ozida aks ettirdi.
Demokratik adabiyot oz davrining ilgor adabiyotidir, chunki u turmushga munosabat masalasida birinchi o’rinda hayot haqiqatini bo’yab emas, ro’y-rost tasvir etishga kirishdi. Muqimiy ijodi ham hayot haqiqatiga suyanib yozilganligi bilan ahamiyatlidir. Uning ijodi bilan jahon adabiyotshunosligida Devon adabiyoti” deb nomlanadigan sharq adabiyotidagi eng yaxshi ananalarni davom ettirdi. Ayni paytda rus istilosi tufayli ijtimoiy hayotda kechayotgan ozgarishlarni adabiyotga olib kirib, uning yangilanishida munosib hissasini qo’shdi. Muqimiy shoirlar orasida ozining zor istedodi, oziga xos uslubi bilan ajralib turadi.
Muqimiy ijodini organish uning hayotlik chog’idan boshlangan. Sherlariga bildirilgan turli-tuman munosabatlar haqidagi bahslar, maqolalar bunga dalil bo’ladi. Shoir vafotidan tort yil keyin uning devoni Devoni Muqimiy nomi bilan ilk bor 1907-yilda Muqimiy Nikolay Ostroumov tomonidan nashr etilgan7. Unda shoirning sheriy asarlari bilan birga tarjimayi holi va ijodi haqida qisqacha malumot ham berilgan.1910-yili Portsev litografiyasida Devoni Muqimiy maa hajviyot nomi bilan shoir asarlarining ikkinchi nashri amalga oshirildi. Shoir ijodini jiddiy va keng ko’lamda o’rganish otgan asrning 30-yillaridan boshlandi. Bu davrda Muqimiy

5 Bu haqda qarang: Til va adabiyot ta’limi jurnali,2015-yil,9-son,O.Karimov.Muqumiy ijodi klaster tahlilda.20-bet 6 O’sha adabiyot
7 N. Karimov, B .Nazorov, U, Narmatov , Q. Yo’ldashev. Adabiyot darslik. Toshkent 2004-yil. 205

2021February www.oriens.uz

Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social scienc es



Download 188.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling