E, education


Download 188.4 Kb.
bet8/10
Sana22.04.2023
Hajmi188.4 Kb.
#1380531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
muhammad-aminxo-ja-muqimiy-hayoti-va-faoliyatining-o-rganilishi (1)

VOLUME 1 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784


asarlarini toplash, o’rganish, nashr etish qizgin va samarali olib borildi. Gazeta va jurnallarda qator maqolalar e’lon qilindi. Bu xayrli ishning boshida buyuk shoir G’afur G’ulom turdi.Uning tashabbusi bilan 1938-yil Muqimiy bayozi” tuzilib nashr etildi. ”Bayozda shoirning 800 misradan iborat 27 ta sheri berilgan bo’lib, ular janr xususiyatiga qarab joylashtirilgan (Satira-yumor, lirika) va ularga zaruriy izohlar, lugatlar berilgan.1950-yil shoir asarlari Lirika i satira” nomi bilan Moskvada rus tilida bosildi.1953 yil Muqimiy vafotining 50 yilligi munosabati bilan u haqda bir qator tadqiqotlar yaratilib, Muqimiyshunoslikka asos solindi. H.Yoqubovning Ozbek shoiri Muqimiy, A.Olimjonovning Muhammad Amin Muqimiy”, H. Zaripovning “ Muhammad Amin Muqimiy”, H.Razzoqovning Muqimiy va Zavqiy” nomli kitoblari hamda Furqat va Muqimiy”nomli maqolalar toplami nashr etilgan.
Shoir ijodi namunalari yuzasidan koplab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Afsuski, ularda Muqimiy asarlari shoro davri mafkurasi talabiga kora bir tomonlama talqin qilingan. Natijada, shoir nazmiy merosi o’zining asosiy mohiyatidan uzoqlashtirildi. Yani asarlari tahrirga uchradi, qisqartirildi, manbalarda qolib ketdi. Muqimiy asarlari turli qo’lyozma va toshbosma bayozlarda, sanatkorlarning yon daftarlarida, adabiyot havaskorlari kolleksiyalarida, ayrim parcha qogozlarda turli kishilar qo’lida saqlanib kelingan.Takidlash joizki, shoir asarlarini yigish va nashr etish professor G.Karimov tomonidan Asarlar to’plami” jami tort marta (1958,1960,1973,1974) chop etilgan. Afsuski, bu nashrlarda Muqimiy ijodi kommunistik mafkuraning kuchli tazyiqi sabab toliq va mukammal holda nashr etilgan emas8.
Muqimiy adabiy merosi qo’lyozmalari yuzasidan A.Shokirov tomonidan ilmiy izlanishlar olib borildi. Ayniqsa, shoir asarlarining sovet davridagi eng so’nggi nashriga [ Karimov 1974] kiritilmagan ayrim sherlar keng jamoatchilik etiboriga havola qilindi.
Ilmiy izlanishlar natijasida shoir ijodi shoro davri mafkurasiga kora quyidagi jihatlari ataylab buzib ko’rsatilgan:
birinchi, shoirning diniy- tasavvufiy ruhdagi aksariyat sheriy asarlari nashr etilmay qolgan;
ikkinchidan, Muqimiyni boy, savdogar, qozilarga qarshi qilib korsatish tadqiqotlar uchun ustuvor vazifa etib belgilangan;
uchinchidan, Muqimiyning Saroy adabiyoti” va ananalariga bo’lgan munosabati notogri talqin qilinib, ulardan sinfiy kurash alomatlari izlangan.

8 Q. Pardayev. Oltin bitiglar. 2019 Vol.1. www.navoiy-uni .uz. 23-bet 206

2021February www.oriens.uz

Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social scienc es



Download 188.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling