E, education


Download 188.4 Kb.
bet9/10
Sana22.04.2023
Hajmi188.4 Kb.
#1380531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
muhammad-aminxo-ja-muqimiy-hayoti-va-faoliyatining-o-rganilishi (1)

VOLUME 1 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784


Shoirning turli janrlardagi lirik sherlari singari Dorig’o mulkimiz”, Hajviy Bekturboy”, “Dar mardumi oqjar batariqi muxammas”, “Dar mazammati zamona, “Hoqandlik bir boyning shaniga Muqimiy shoirning aytkon sheridur”, Sayohatnoma”,”Dar mazammati qurbaqa” kabi ko’plab ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi hajviy asarlari tahrir qilinib, qisqarishlar bilan nashr etilishi buning isbotidir. Jumladan, muxammas janridagi Dorigo mulkimiz” sarlavhali she’r Muqimiy asarlar toplamida 6 band, asliyatda esa 8 band. Ikki band ataylab tushirib qoldirilgan. Bundan tashqari, muxammasning deyarli barcha bandlaridagi misralar tahrirga uchragan. Shundan song joriy nashrga kiritilgan9. Natijada shoirning chor mustamlakachilariga bo’lgan tanqidiy qarashi, umuman, shoir ruhiy olami yashirilgan. Xuddi shunday holni muxammasning birinchi bandidagi misralarda koramiz:
Joriy nashrlarda:
Dorigo mulkimizning sohibi ahli sharor o’lmish, Shariat hukmi qozilar qolida purg’ubor o’lmish, Ba joyi amri ma’ruf kori munkar oshkor o’lmish, Hakim-u, olim-u,sohib fasohat xor-u zor o’lmish, Bu kunda kimki imonin sotar, ul etibor o’lmish.
Asliyatda esa[ Madaminov 1997, 34]:
Dorig’o, dini islom hokimi ahli kuffor o’lmish, Shariat kozgusikim kufr gardidin g’ubor o’lmish, Ba joyi amri ma’ruf nahyi munkar oshkor olmish, Sayid, sodotlar behurmat-u, kop xor-u zor olmish, Bu kunda kimki imonin sotibdur, etibor o’lmish.
Misralarni solishtirib korilganda ko’rinadiki, sher butunlay teskari tahlil qilingan. Natijada, shoirning tanqidi mustamlakachilarga emas, din peshvolariga, qozi-yu boylarga qaratilgan bolib qolgan. Aslini olganda shoirning maqsadi bunday emasligi oydinlashadi. Bu misralarda shoir Shariat ko’zgusikim kufr gardidin gubor olmish-deya sayidlar behurmat ekanligidan iztirob chekadi. Dinimiz, shariatimizning mustamlakachilar tomonidan poymol etilishi, oqibatda xalqning tobora shariatdan uzoqlasha borishi, umuman, millatning shunday ayanchli ahvolga, mustamlaka girdobiga tushib qolgani uning haqli etiroziga sabab boladi. Zamonning ayanchli ahvolga tushib qolganini, nodon kimsalar hurmatda va izzatda-yu, ilm ahlining xor-u zor bo’lishi, ularda zarracha izzat yoqligi kuyunchaklik bilan tilga olinadi: Hazor afsuskim, ilm ahlida bir zarra izzat yo’q” deb boshlanuvchi sherida o’z ifodasini topgan. Shoir ijodida shunga oxshash mavzudagi sherlarni

9 Q.Pardayev. Oltin bitiglar. 2019 Vol. 1.www.navoiy-uni.uz.25-bet 207

2021February www.oriens.uz

Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social scienc es



Download 188.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling