E. Egamov, X. Asatullaev, Z. Allaberganov iqtisodiy ta’limotlar tarixi
Download 0.98 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI
b) iqtisodiy erkinlik printsipi
Jamiyatdagi mehnat taqsimoti odamlarni bir birlari bilan bog’lab turuvchi va ularga mahsulot va resurslarni almashtirish imkonini beruvchi mexanizmning bo’lishini taqozo etadi. Bunday mexanizm bozor hisoblanadi. Bozor to’g’risida A.Smit ta’limo-tidagi asosiy g’oya iqtisodiy liberalizm g’oyasi, davlatning iqti-sodiyotga aralashuvini minimallashtirish g’oyasi, erkin raqobat asosida tashkil topadigan baho yordamida iqtisodiyotning o’zini -o’zi boshqarish g’oyasi hisoblanadi. Uning ta’limotiga ko’ra, bozor odamlar faoliyatini muvofiqlashtiradi (koordinatsiyalashtiradi), ularning manfaatlarini uyg’unlashtiradi. Bozor iqtisodiyoti nov-voyni shirin non yopishga, bog’bonni ekologik toza meva-sabzavot etishtirishga, savdogarlarni boshqa mintaqalardan arzon bahoga tovarlar olib kelishga undaydi. Raqobat sharoitida iste’mol-chilar ehtiyojini yuqori darajada qondira oladigan ishlab chiqa-ruvchilar yashab keta oladi. Demak, ko’proq foyda olish ishtiyoqida bo’lgan tadbirkorlarning bir tomonlama manfaatlari, ularni ja-miyatning boshqa a’zolari manfaatlariga xizmat qilishga majbur qiladi. “Menga nima kerak bo’lsa, shuni menga ber va sen o’zingga nima kerak bo’lsa o’shani olasan”. Aynan shunday ko’rinishda odamlar o’zlari ehtiyoj sezgan narsalarni bir-birlaridan ko’proq olishga erishadilar. A.Smit kitobining asosiy mohiyati hukumatning va boshqa-larning erkin raqobatga aralashuvini tanqid qilishdan iborat. A.Smitning fikricha, iqtisodiy hayotda garmonik tartib hukmron-lik qiladi: agar erkin raqobat cheklanmasa, unda u dunyoni takomil-lashuvga olib kelgan bo’lar edi. Bunday xulosaga kelishda A.Smit o’zgarmas «tabiiy» iqtisodiy qonunlar mavjudligiga asoslangan. A.Smit tushunchasi bo’yicha, shaxsiy manfaatlar ijtimoiy man-faatlardan ustun tursa, ya’ni jamiyat manfaatlari uning a’zolari manfaatlarining yig’indisi deb qaralsa, shundagina bozor qonun-lari iqtisodiyotga ko’proq ta’sir ko’rsatadi. A.Smitning asosiy xizmatlaridan biri shundan iboratki, u birinchi bo’lib iqtiso-diyotni o’zining ichki qonuniyatlariga muvofiq amal qiluvchi, ob’ektiv, odamlarning irodasiga bog’liq bo’lmagan tizim sifatida qaraydi. Bunday tizim o’zining ichki qonuniyatlariga muvofiq amal qiladi. A.Smit iqtisodiyotning davlat sektori samarasizligini ko’rsatib o’tadi. «Har xil sabablarga ko’ra,– deb yozadi u, – hukumat doimo va beistisno tarzda isrofgar. Eng avvalo, u birovlar ishlab topgan pulni sarflaydi, o’zgalar pulini esa hamisha o’zingnikidan ko’ra behuda sarflaysan. Bundan tashqari, hukumat xususiy korxonalardan juda uzoq turadi va ularning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo’lgan e’tiborni ularga qarata olmaydi». A.Smit davlatning faqat uch funktsiyasini tan oladi: adolatli sud qilish, mamlakat xavfsizligini ta’minlash, jamiyat uchun zarur bo’lgan ijtimoiy korxona va muassasalarni ta’minlash. A.Smit merkantilistlarning protektsionizm siyosatini tan-qid qiladi. Unga ko’ra, chetdan ancha arzon bahoga olib kelishi mum-kin bo’lgan tovarni o’zida ishlab chiqarish be’mani narsadir. «Har qanday ongli oila boshlig’ining qoidasi sotib olishdan ko’ra uyda tayyorlash qimmatga tushsa, uni uyda tayyorlamaslikdan iborat... Ayrim oilalar uchun oqilona hisoblangan narsa, bir butun davlat uchun be’mani hisoblanmaydi». Erkin raqobat sharoitida bozor mexanizmi, eng avvalo, baho orqali iqtisodiyotda “tartib o’rnatadi”. Baho bozor xo’jaligining asosiy tashkiliy kuchi sifatida qaraladi. Baho talab va taklif o’zgarishi to’g’risida ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarga signal berib turadi, ularni bir-birlarining manfaatlariga mos-lashishga majbur etadi. Baho orqali talab asosida kapital qo’yil-masi amalga oshiriladi, kerakli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Odamlar bir-birlariga xizmat qilish orqali o’z manfaatlarini amalga oshiradi. Bozor iqtisodiyoti o’z-o’zidan amal qilayotgandek ko’rinadi, aslida u xatolar va tuzatishlar uslubida tartibga solib turiladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling