E. Egamov, X. Asatullaev, Z. Allaberganov iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Qiymatning (va bahoning) tashkil topishi to’g’risidagi A.Smitning ikki kontseptsiyasi


Download 0.98 Mb.
bet33/53
Sana22.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1042458
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI

Qiymatning (va bahoning) tashkil topishi to’g’risidagi A.Smitning ikki kontseptsiyasi.

Ular endi qiymatning shakllanishida ishtirok etuvchi omil sifatida bo’ladi. Mehnat ish haqi ko’rinishida daromad yaratadi, kapital foyda ko’rinishida daromad yaratadi, er renta ko’rinishida daromad yaratadi.


A.Smitning ikkinchi kontseptsiyasi oddiy tovar ishlab chiqa-rishni («qoloq jamiyatni») tahlil qilishdan kapitalistik tovar ishlab chiqarishni tadqiq qilishga o’tish bilan bog’liq. Aynan kapitalistik tovar ishlab chiqarishda jonli mehnat qiymatning yagona manbai bo’la olmaydi. “Oldin mehnat vositalari ishlab chiqaruvchiga qarashli bo’lgan. Kapital jamg’arilishi va erning xususiy mulkka aylanishidan oldingi jamiyatda, –deb yozadi A.Smit, – mehnat miqdorlari o’rtasidagi nisbat mahsulotlarni ayirboshlashning yagona asosi bo’lib kelgan. Barcha mehnat mahsuli ishlab chiqaruvchiga qarashli bo’ladi va sarflangan mehnatning miqdori bahoning yagona o’lchovi hisoblanadi”.
Keyinchalik, kapital jamg’arilib borgan sari vaziyat o’zgarib boradi. Tovarning qiymati ikki qismga bo’linadi: bir qismi ish haqiga, ikkinchi qismi kapital foydasiga. Kapital egasi yollanma mehnatni ishlatadi. Bunda yaratilgan barcha mahsulot ishlab chiqaruvchiga qarashli bo’lmaydi. Uning bir qismi kapital egasiga tegishli bo’ladi. Bunday sharoitda muayyan tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat miqdori tovarning qiymatini aniqlashda birdan-bir manba bo’la olmaydi.
A.Cmitning fikri bo’yicha, «tabiiy baho» (qiymat) - bu shunday bahoki, uning tarkibiy qismlari mehnat, kapital va er uchun to’lanadigan tabiiy me’yorlarga taxminan mos keladi. Bu tabiiy me’yorlar mintaqalar bo’yicha farq qiladi va ular hayot darajasiga, geografik va tabiiy sharoitlarga, o’rtacha xarajatlar darajasiga va boshqalarga qarab o’rnatiladi. Mazkur qoida F.Akvinskiyning «Odil narx» kontseptsiyasiga o’xshab ketadi. Ikki yondashuvning farqi shundaki, F.Akvinskiyda «odil narx» odamlar tomonidan ongli ravishda o’rnatiladi, A.Smit bo’yicha esa, «tabiiy baho»ning shakllanishi – ob’ektiv bozor qonunlarining amal qilish natijasidir.
Bozor bahosi «tabiiy baho» atrofida tebranib turadi, u bozor holatiga qarab undan yuqori yoki past bo’lishi mumkin. Ushbu tebranish tufayli taklif talabga moslashadi. Agar talab taklif-dan kam bo’lsa, bozor bahosi xarajatlardan past bo’lgan bo’ladi va tadbirkorlar ishlab chiqarishni qisqartiradi. Aksincha, talabning ortishi bahoning oshishi va taklifning ko’payishini rag’batlantiradi. Natijada, bozor bahosi «tabiiy baho» darajasiga intiladi. Albatta, axborotning etishmasligi, tabiiy va sun’iy monopoliyalarning mavjudligi bilan bog’liq holatlar bundan istisno.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling