E. Egamov, X. Asatullaev, Z. Allaberganov iqtisodiy ta’limotlar tarixi


O’rta Osiyodagi iqtisodiy g’oyalar


Download 0.98 Mb.
bet9/53
Sana22.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1042458
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI

2. O’rta Osiyodagi iqtisodiy g’oyalar

O’rta Osiyo mustaqil davlatlarining tashkil topishi, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari bilan aloqalarning kuchayishi ularning fan va madaniyatining yana ham rivojlanishiga katta turtki bo’ldi. O’rta Osiyo X–XIV asrlarda Sharqda ilg’or ijtimoiy tafakkurlar rivojlangan bir markazga aylandi. Bu davrda dunyoga mashhur bo’lgan Forobiy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Navoiy va boshqa ko’plab olim va shoirlar, davlat arboblari etishib chiqdi. Ularning asarlarida iqtisodiy fikrlar ham o’z aksini topgan. Biz ularni quyida ko’rib chiqamiz.




Forobiy

A.Forobiyning iqtisodiy fikrlari. O’rta asr davrida ilg’or iqtisodiy fikrlarni ilgari surgan buyuk mutafakkirlardan biri, Aristotelning izdoshi, uning asarlarini tahlil qilgan «ikkin-chi muallim» Abu Nasr Forobiy (870–950) hisoblanadi. U ko’p qirrali olim bo’lib, o’z bilimini oshirish yo’lida tinmay mehnat qilgan, qaysi yurtda mashhur olim borligini eshitishi bilan, suh-batlashib undan saboq olish uchun yo’lga chiqqan. U 70dan ko’p tilni bilgan.


Forobiy bir asarni bir marta o’qib tushunolmasa, uni qayta-qayta o’qirdi. Aristotelning «Jon haqida» asarining Forobiy o’qigan nusxasi topilgan bo’lib, kitob chetiga uning tomonidan «Men bu kitobni yuz marta o’qidim», boshqa bir kitobda esa «Bu kitobni qirq marta o’qidim, lekin yana o’qishim kerak», deb yozilgan. Forobiy Aristotel asarlarini o’qib o’rganish bilan birga, ularga sharhlar ham yozgan. Buyuk alloma Ibn Sino Aris-totelning «Metafizika» asarini Forobiy yozgan sharhlar yordami bilangina to’liq tushunganligi haqida yozgan.
Forobiy bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan moddiy ehtiyojlar to’g’risida ta’limot yaratdi. Uning fikricha, odamlarning ehtiyoji jamiyat shakllanishining asosiy sababidir. «Tabiatan har bir odam shunday yaralganki, u yashashi va kamol topishi uchun ko’p narsalarga ehtiyoj sezadi. Ularni u bir o’zi topa olmaydi va ularga erishish uchun kishilar jamoasiga muhtoj bo’ladiki, uning har biri u ehtiyoj sezayotgan narsalardan biron-birini beradi. Bunda har bir odam boshqalarga nisbatan xuddi shunday holatda bo’ladi». Jamiyat shakllanishi uchun moddiy eh-tiyojlar to’g’risida bunday tushuncha o’sha davrdagi ilg’or fikr-lardan hisoblanadi. Shu bilan birga, moddiy boylik yaratishdagi mehnat va mehnat qurollarining ahamiyatini, har xil hunar turlarini uqtirib o’tgach, qullikka keskin qarshi chiqdi.
Forobiy Platonga o’xshab ideal tuzum to’g’risida fikr yurit-di. U kelajak haqida o’ylab, baxtga erishishning zarur va birlamchi shartini tashkil etuvchi o’zaro yordam va do’stlik tufayli bo’ladigan shaharni ideal shahar deb hisoblagan; er yuzida barcha xalqlarning o’zaro yordami asosida bir butun yagona jamiyat qurish mumkinligi to’g’risida, mahsulotlarni adolatli taqsimlash haqida fikrlar bildirgan. Ammo Forobiy mazkur o’zaro yordamning iqtisodiy asosi – mehnat mahsulotlarini ayirboshlashning zarurligini ko’rsatib bera olmadi. Shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, Forobiy iqtisodiy savollarni ikkinchi o’ringa surib qo’ydi. Bu, ayniqsa, uning davlat to’g’risidagi talqinida ko’rinadi, unda adolat o’rnatish, ommani ma’rifatli qilish uning asosiy fun-ktsiyalaridan deb e’tirof etiladi.
Forobiyning mulkchilik to’g’risidagi qarashlari. Abu Nasr Forobiy mulkchilik haqida fikr yuritib, mulkka egalik qilish, undan maqsadga muvofiq foydalanish, o’ziga to’q yashash to’g’risidagi ilg’or fikrlarni ilgari suradi. U odamlarga, avlodlarga zarar keltirmaydigan mol-mulk orttirish foydali ish ekanligi, bosh-qalar uchun zarar keltiradigan boylik to’plash, mol-mulk orttirish esa yomon odat ekanligini aytib o’tadi.
Forobiy kishilarni mulkiy qonunlar asosida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor beradi. Uningcha, ma’rifatli, qonun asosida ish yuritadigan, huquqiy madaniyatli kishilar jamiyat taraqqiyotida muhim rol o’ynaydilar va aksincha “...shahar aholisi ma’rifatsiz, tajribasiz odamlar va bolalardan iborat bo’lsa, u holda ular qonun o’rnatgan tartib va boshqaruv usulini qabul qilmaydilar”. Ko’rinib turibdiki, qonun-qoidalar asosida ish yuritishga alohida e’tibor qaratilgan. Huquqiy tarbiya, madaniyat mulkni to’g’ri tasarruf etish, undan unumli foydalanish va mulkni ko’paytirishga undaydi. Forobiyning ta’kidlashicha, “Mulk ort-tirishda unchalik xavf yo’q... Mulkni ehtiyot qilib saqlab, o’z ehtiyoji uchun ishlatsa, bu yomon hisoblanmaydi”.
Forobiyning mulkchilik to’g’risidagi iqtisodiy fikrlari-ning to’g’ri ekanligini hayotning o’zi ko’rsatib berdi. Mamlakati-mizda mulkdorlar sinfining shakllanib, ularning soni ko’payib, iqtisodiyotni rivojlantirishda roli ortib borayotgan hozirgi davrda Forobiyning mulk va unga egalik qilish haqidagi g’oyalari yana ham faollashib bormoqda.
Forobiyning taqsimotga bo’lgan iqtisodiy qarashlari. Taq-simot Forobiyning iqtisodiy qarashlarida o’ziga xos usulda tal-qin etiladi. Uningcha, jamiyat va kishilar qo’lidagi mol-mulkini, noz-ne’matlarni to’g’ri taqsimlash davlat miqyosidagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Taqsimot maqsadga muvofiq amalga oshirilmas ekan, ko’pchilik kishilar bachkanalashib ketadi, odamlar faqir ahvolga tushib qoladi.
Shu narsa ayonki, mavjud narsalar taqsimlanadi. Shu bois maqsadga muvofiq taqsimotni amalga oshirish maqsadida Forobiy mavjud bo’lgan barcha boyliklarni to’g’ri hisobga olishni nazrda tutadi. U shunday yozadi: “Avvalo er va joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan o’rinlari, so’ngra nihoyatda zarur narsalar bo’lgan oziq-ovqatlar, ekiladigan erlar, saroy va shaxsi uylar miqdori hisobga olinishi zarur”. Forobiy Platonning: “Taqsimot juda qiyin ish, lekin juda zarur ishdir”, – degan fikrini alohida ko’rsatib o’tadi. Biz bundan Forobiy taqsimot muammosining qiyinligini, uni to’g’ri hal etish jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini yaxshi tushunganligini ko’ramiz.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling