Najmiddinov Ibrohimjonning Transport va muhandislik fanidan mustaqil ishi mavzu: Shaxar va qishloq yo`llari
Download 37.42 Kb.
|
ibrohim3
Andijon Iqtisodiyot va qurilish instituti Arxitektura va qurilish kafedrasi 309-guruh talabasi Najmiddinov Ibrohimjonning Transport va muhandislik fanidan MUSTAQIL ISHI Mavzu: Shaxar va qishloq yo`llari Shahar yo‘l-transport tarmoqlarini rejalashtirish rivojlantirishning asosiy maqsadi va vazifalari - bu shaharlardagi transport muammolari: - ko‘cha va yo‘l tarmoqlarini kuchli yuklanish bilan ishlashi; - shahar yo‘llarida transportlarni o‘tkazish qobiliyatini pasayishi; - aholini avtotransportlardan foydalanishida ko‘p vaqt sarflashi; - shahar hududida yangi yo‘llarni qurish uchun hudud muammolarini o‘rganish va tahlil etish; - shahar yo‘llari va ko‘chalari tarmog‘ini loyihalashda shahar transportining ta’siri; shahar ko‘cha va yo‘llardan suvni chetlatish tarmoqlarini loyihalash; - shahar hududiy sharoitlarini hisobga olgan xolda muhandislik yer osti tarmoqlarini loyihalash; - shahar ko‘cha va yo‘llarda xavfsiz harakatni tashkil etishdan iboratdir; -shahar ko‘cha va yo‘llarini loyihalash atrof-muhit va ekologiyaga zarar etkazmaslik. Shaharsozlik nuq`tai nazaridan shahar deb, ma’lum chegaralangan hududda turar joy, boshqaruv organlari, ishlab chiqarish korxonalari va boshka binolar, hamda turli korxonalar, ijtimoiy, madaniy, sog‘liqni saqlash va boshqa muassasalar jamlangan joyga aytiladi. Transportlarni rivojlantirish nuqtai nazaridan shahar bu - temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, havo va suv transportlari tugunlari joylashgan markazdir. Transport tugunlari hududida yo‘lovchilarni va yuklarni harakati va taqsimlanishi jarayonlari sodir buladi. Shahar ko‘chalari tarmoqlarining rejasi ishlab chiqarish korxonalari, turar joy mavzelari, jamoat binolari, vokzallar, pristanlar, shuningdek, shahar tashqarisidagi yo‘llarning tutashishlarini joylashtirish bilan belgilanadi. Eski shaharlarning rejalashtirilishi ijtimoiy, topografik va iqlim sharoitlarining ta’sirida tarixan yuzaga kelgan (tarkib topgan). Yangi shaharlarni rejalashtirishda aholi uchun eng yaxshi qulayliklar yaratishdek asosiy tamoyildan kelib chiqiladi. Yangi shaharlarni rejalashtirish, mavjud shaharlarni rivojlantirish va qayta qurish kabi, sanoat, transport aloqalarini joylashtirishni, turar joy mavzelari uchun eng yaroqli uchastkalar tanlashni va yashil massivlar yaratishni har tomonlama o‘rganishga asoslanadi. Ishlab chiqarish korxonalari, muassasalar, vokzallar, pristanlar va jamoat foydalanadigan joylarning joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, yuk oqimlarining yo‘nalishi va miqdori belgilanadi. Birinchi navbatda, eng qisqa yo‘nalish bo‘yicha asosiy magistrallar loyihalanadi. Qolgan ko‘chalar turar joy mavzelarini sanoat korxonalari, muassasalar, vokzallar va hokazolar bilan qulay transport aloqasi bilan bog‘lash shartiga ko‘ra asosiy magistrallarga yordamchi yo‘llar tarzida joylashtiriladi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, shahar yo‘l-transport tarmog‘ini rejalashtirishning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat bo`lishi kerak: Transport tarmoqlari iqtisodiyot uchun muhim ahamiyat kasb etib, uning rivojiga xizmat qilishi kerak; Yuklarni va yo‘lovchilarni manzilga qisqa muddatlarda elitish masalasi hal etilishi kerak; Transportning va yo‘lovchilarning uzluksiz, xavfsiz harakatlanishi uchun zarur imkoniyatlar yaratilishi lozim; Haydovchilar va yo‘lovchilarga yetarlicha qulayliklar yaratilishi lozim; Aholining sog‘ligi va hayotiga zarar yetkazmaslik; Atrof-muhitga zararni imkon qadar kamaytirish, ekologiyani himoyalash. Shaharlarning jadal sur’atlarda rivojlanishi XIX asrda boshlandi. Buning asosiy sabablari ishlab chiqarishning, ilmiy texnik jarayonlarning jadal rivojlanishi va mexnatni tashkil kilish xususiyatining o‘zgarishidir. Bu o‘z navbatida qishloq aholisi o‘sishini pasayishiga va shahar aholisini o‘sishiga olib keldi. Bunday jarayonlarni – urbanizatsiya deb ataladi (fransuzcha urbanization). 1900 yilda – dunyo shaharlarida 224.4 mln. aholi, bu yer sharining 13.6 % aholisini tashkil etgan, 1990 yilda 2,3 mlrd. odam – 41 % ni tashkil etgan, hozirda shahar aholisi – salkam 4.0 mlrd.ni va 2030 yilga kelib 5 mlrd. ga etish kutilmoqda. Shahar yo‘llari va ko‘chalari fanining asosiy maqsadi va vazifalari – bu shaharlardagi transport muammolari: ko‘cha va yo‘l tarmoqlarini kuchli yuklanish bilan ishlashi, shahar yo‘llarida transportlarni o‘tkazish qobiliyatini pasayishi, aholini avtotransportlardan foydalanishida ko‘p vaqt sarflashi hamda shahar hududida yangi yo‘llarni qurish uchun xudud muammolarini o‘rganib, taxlil etish va shahar yo‘llari va ko‘chalari tarmog‘ini loyihalashda shahar transportining ta’siri, yo‘llardan suvni chetlatish tarmoqlarini loyihalash, shahar xududi sharoitlarini hisobga olgan xolda muhandislik yer osti tarmoqlarini loyihalash, yo‘llarda xavfsiz harakatni tashkil etishdan iboartdir. Bugun mustaqil O‘zbekiston uchun xalqaro va mahalliy yo‘llarni rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki davlatimizning jahon iqtisodiyotiga jadal integratsiyalashish jarayoni bevosita yo‘l tizimining samarali ishlashi bilan bog‘liqdir. BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekistondagi ekspertlarining fikricha, bugungi kunda yuk va yo‘lovchi tashishning asosiy qismi aynan avtomobil yo‘llariga to‘g‘ri kelmoqda. Xususan, avtomobil yo‘llari orqali yuklarning qariyb 85 foizi, yo‘lovchilarning 95 foizdan ortig‘i tashilmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, avtoyo‘llar mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim o‘rin tutadi. Shu bois O‘zbekistonda iste’molchilarni ishonchli, qulay, xavfsiz va rentabelli transport aloqasi bilan ta’minlaydigan transportkommunikatsiya tarmog‘ini tashkil etish vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi. Shaharlar – madaniy va ilmiy, mehnat va iqtisodiy resurslar markazidir. Lug‘atlarda shahar – bu aholi joylashgan markaz bo‘lib, aholisi qishloq xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanmaydigan, rahbariyat, savdo , ishlab chiqarish va madaniy markazdir.\ Trantsportlarni rivojlantirish nuqtai nazaridan shahar bu – temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, havo va suv transportlari tugunlari joylashgan markazdir. Bu o‘z navbatida qishloq aholisi o‘sishini pasayishiga va shahar aholisini o‘sishiga olib keldi. Bunday jarayonlarni – urbanizatsiya deb ataladi (fransuzcha urbanization). 1900 yilda – dunyo shaharlarida 224.4 mln. odam, bu yer sharining 13.6 % aholisini tashkil etadi, 1990 yilda 2261 mln odam – 41 %, hozirda shahar aholisi – 3.5 mlrd.ni tashkil etadi. Shahar aholisi, ayniqsa, 1973-1986-yillarda tez koʻpaygan. Bunga 1972-yilda Oʻzbekistonda aholi yashaydigan joylarga shahar maqomini berish uchun zarur boʻlgan demografik meʼyorning oʻzgarishi, yaʼni aholi sonining 10 mingdan 7 ming kishiga tushirilishi sabab boʻldi. Natijada bir-yilda oʻnga yaqin qishloqlar shahar toifasiga oʻtkazil di. Mas., 1970-yilda respublikada 42 ta shahar boʻlgan boʻlsa, ular qatoriga 1973-yilda 13 ta, 1974-yilda 9 ta, 1975-yilda 5 ta, 1976-yilda 6 ta, 1977-yilda 5 ta „yangi shahar“ qoʻshildi. Biroq, shaharlar sonining bunday tez surʻatlarda koʻpayishi haqiqiy urbanizatsiya emas, koʻproq „soxta“ urbanizatsiyaga olib keldi. Shaharlar sonining koʻpayishi 20-asrning 90-yillarida keskin qisqardi va eng soʻnggi-yillarda yangi shaharlar deyarli tashkil topmadi. hoz. Toshkent viloyatida 34 ta, Qoraqalpogʻistonda 29 ta, Samarqand viloyatida 23 ta shahar va shaharchalar mavjud. Ularning eng kam soni Sirdaryo viloyatida 11 ta va Xorazm viloyatida 10 ta, Buxoro viloyatida 14 ta va Navoiy, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida 15 tadan, Andijon va Qashqadaryoda 16 tadan, Namangan viloyatida 20 ta va Fargʻonada 19 ta shahar va shaharchalar bor (2005). Urbanizatsiya faqatgina shahar va shaharchalarning umumiy soni bilan emas, balki koʻproq shaharlar aglomeratsiya sining rivojlanganligi bilan belgilanadi. Oʻzbekistonda 2005-yil maʼlumotiga koʻra 17 ta yirik shahar bor. Ular orasida Toshkent sh. keskin ajralib turadi. Aholisining soni 2128 mingdan ortiq boʻlgan poytaxt shaharning respublikadagi urbanizatsiya jarayoniga boʻlgan taʼsiri benihoya katta. Shu tarzda Oʻzbekistonda urbanizatsiya jarayoni Toshkent sh., katta va oʻrta shaharlarga bogʻliq holda amalga oshmoqda. Yirik shaharlar negizida shaharlarning murakkab hududiy tizimi shahar aglomeratsiyalari vujudga kelgan boʻlib, ular urbanizatsiya rivojlanishining muhim koʻrsatkichi sifatida xizmat qiladi. Mas., Toshkent aglomeratsiyasi 30 ga yaqin shahar va shaharchalarni birlashtiradi. `Shuningdek, FargʻonaMargʻilon, Samarqand, Namangan, buxoro, Andijon, va b. aglomeratsiyalar ham rivojlanib bormoqda. Respublikada 2020-2025 yillarda “yo'ldosh-shaharlar”ni rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi belgilanishi rejalashtirilgan. Respublikamizdagi yirik shaharlarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib va ulardagi yuqori demografik holat sabab yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarga shaharsozlik hamda urbanizatsiya tamoyillari asosida echimlarni shakllantirish belgilangan. SHu maqsadda, quyidagi shaharlarga “yo'ldoshshaharlar” maqomi berish rejalashtirilgan: 1. Andijon shahri uchun SHahrixon va Asaka shaharlari; 2. Namangan shahri uchun To'raqo'rg'on va CHortoq shaharlari; 3. Farg'ona shahri uchun Mindon shaharchasi; 4. Samarqand shahri uchun CHelak va Urgut shaharlari; 5. Buxoro shahri uchun Gala-Osiyo shahri; 6. Qarshi shahri uchun Koson va Xonabod shaharlari; 7. Nukus shahri uchun Xo'jayli va Tahiatosh shaharlari. Bugungi kunda avtomobil yoʻllarining xizmat muddatini oshirish, buning uchun yoʻl tuzilmalarida innovasion yoʻl qurilish materiallarini joriy etish va qurilish texnologiyalarini takomillashtirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Ushbu masalalar “2020-2030 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining avtomobil yoʻllarini rivojlantirish strategiyasi” asosini tashkil qiladi. 2030 yilgacha avtomobil yoʻllarini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda mavjud avtomobil yoʻllari tarmogʻining transport-ekspluatasion sifatlarini oshirish, harakat qulayligi va xavfsizligini taʼminlash yechimlari ishonchliligini oshirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Bugungi kunda respublikada jami 209 496 km avtomobil yo‘llari mavjud. Avtomobil yo‘li — transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan, ularning belgilangan tezlikda, og‘irlikda, o‘lchamlarda muttasil va xavfsiz harakatlanishini ta’minlaydigan muhandislik inshootlari majmuasi, shuningdek ushbu majmuani joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalari va majmua ustidagi belgilangan doiradagi bo‘shliq. O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda 98 % ga yaqin yo‘lovchilar va 88 % dan ko‘proq yuklar avtomobil yo‘llari orqali tashilmoqda. Avtomobil yo‘llari Respublika iqtisodiyotini tayanchi va uni rivojlantirishning asosiy ustivor yo‘nalishlardan hisoblanadi. Respublika iqtisodiyotini rivojlantirish bevosita avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish bilan bog‘liqdir. Rivojlangan davlatlar iqtisodiyotni rivojlantirish uchun birlamchi masala sifatida yo‘l tarmog‘ini belgilashgan. Bugungi kunda dunyoning birinchi iqtisodiyoti hisoblangan AQSHda 6586610 km yo‘l tarmog‘i, ikkinchi bo‘lgan Xitoyda 4356200 km yo‘l tarmog‘i, rivojlangan Yaponiyada 1210251 km yo‘l tarmog‘i mavjuddir. Yaponiya yo‘l tarmog‘i zichligi 3,2 km/km2 ni tashkil qiladi, agarda hududi Yaponiyaga nisbatan 1,19 marta katta bo‘lgan O‘zbekiston bilan solishtirsak, O‘zbekistonda 184000 km yo‘l tarmog‘i mavjud, uning zichligi 0,40 km/km2 ni, yaʼni Yaponiyaga nisbatan 8 marotaba kamdir. O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari tarmog‘ining ekspluatatsion holatining qoniqarsizligi sababli transport-ekspluatatsion xarajatlar oshishib bormoqda va bu yo‘qotishlar YAIM ning 1% ga yaqindir. Bugungi kunda avtomobil yo‘llari sohasida 6500 ga yaqin muhandis-texnik xodimlar ishlaydi, shundan 30 % ga yaqini yo‘l sohasi mutaxassisligiga ega emas. Hozirda avtomobil yo‘llari sohasi uchun kadrlar tayyorlash, ularni malakasini oshirish va qayta tayyorlash dolzarb masaladir. Hozirda 10 ga yaqin Prezident farmon va qarorlaridagi avtomobil yo‘llari tarmog‘ini tubdan yaxshilash, rivojlantirish va takomillashtirish uchun avtomobil yo‘llari sohasiga yuqori malakali va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, sohadagi muhandis-texnik xodimlarni zamonaviy talablar va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, avtomobil yo‘llari sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish vazifalarini ijrosini taʼminlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. B Download 37.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling