E. Egamov,X. Asatullaev, Z. G. Allaberganov zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar
Download 0.86 Mb.
|
portal.guldu.uz-ZAMONAVIY IQTISODIY TA’LIMOTLAR (2)
8. Yangi keynschilik
50-yillarning ikkinchi yarmida J.M.Keyns nazariyasi asosida yangi keynschilik shakllandi. Uning ancha ko’zga ko’ringan vakillari amerkalik E.Xansen (1887–1975), P.Samuelson (1915 y. tug’ilgan), E.Domar (1914), S.Xarris (1897–1974), R.Solou (1924 y. tug’ilgan), ingliz R. Xarrod (1900–1978) lar hisoblanadi. Yangi keynschilikning asosiy tadqiqot ob’ekti makroiqtiso-diy miqdorlarning (yalpi talab, yalpi taklif, yalpi, jamg’arma) o’zaro ta’siri hisoblandi. Masalaga bunday yondashuv tsiklli ishsizlik, inflyatsiya, iqtisodiy o’sish muammosini tahlil qilishga yordam beradi. Yangi keynschilar (E.Domar, R.Xarrod) iqtisodiy o’sish nazariyasini ishlab chiqdilar. Undagi asosiy muammo – realizatsiya muammosi hisoblanadi. Bu nazariyaga muvofiq, iqtisodiyot dina-mik muvozanat holatda bo’ladi, agar talab ishlab chiqarish resurs-laridan to’la foydalanish imkonini bersa. Talab bog’liq bo’lgan milliy daromadning ko’payishi, ularning fikriga ko’ra, faqat kapital jamg’arilishi funktsiyasi hisoblanadi, kapitalga bo’lgan talab esa, faqat milliy daromadning o’sish sur’ati bilan aniq-lanadi. Iqtisodiy o’sishning yangi keynschilik modelida iste’mol va jamg’arma o’rtasidagi o’zaro miqdoriy bog’liqlik, «multiplika-tor-akselerator» tizimi asosiy o’rinda turadi. Investitsiya (kapi-tal jamg’armasi me’yori) va ishlab chiqarishning kapital sig’imi (kapitalning ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbati) iqtisodiy o’sishning asosiy omillari hisoblanadi. Yangi keynschilar industriallashtirish paytida kapital sig’imining o’sish moyilligini va «etuk iqtisodiyot» davrida pasayishini payqadilar. Iqtisodiyotda jamg’armaning investitsiya-lardan ortib ketishi korxonalarning to’la quvvat bilan ishlamas-ligiga va ishsizlikka olib keladi. Investitsiyalarga bo’lgan talab-ning jamg’armadan ortib ketishi baholarning o’sishini keltirib chiqardi. Yangi keynschilar iqtisodiyotni bilvosita va bevosita tartib-lash chora-tadbirlarini ishlab chiqdilar. Bilvosita ta’sir ko’rsa-tish usuliga soliq siyosati, byudjet orqali moliyalashtirish, kre-dit siyosati, tezlashtirilgan amortizatsiyalar kiradi. J.M.Keyns tomonidan taklif qilingan ssuda foizini tar-tiblash keng qo’llaniladi. Asosiy kapitalga kapital qo’yilmasini rag’batlantirish uchun foiz me’yorini o’zgartirish, birinchi nav-batda uzoq muddatli kreditlashga nisbatan olib boriladi. Davlat krediti ishlab chiqarishning tarmoq tuzilishini o’zgartirishda, eksport tarmoqlarini rag’batlantirishda, iqtisodiyotning qoloq bo’g’inlarini qo’llab-quvvatlashda, infratuzilmani rivojlanti-rishda, texnika taraqqiyotini jadallashtirishda muhim rol o’ynay boshlaydi. Yangi keynschilar multiplikator printsipini akselerator (jadallashtirish) printsipi bilan to’ldirdilar. Multiplikator printsipi bo’yicha investitsiya ish bilan bandlikni ta’minlab daromadni oshiradi. Akselerator printsipiga ko’ra daromadlar-ning o’sishi konkret sharoitda investitsiyaning ko’payishiga olib kelishi ham mumkin. Buning ma’nosi shundan iboratki, daromad-larning ko’payishi yalpi talabning oshishiga olib keladi, yalpi talabning oshishi esa, ishlab chiqarishning kengaytirilishini taqozo etadi va demak, yangi investitsiyalarga bo’lgan talab kelib chiqadi. Akselerator daromad o’sishi bilan kelgusi investitsiyalar o’simi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling