E. Egamov,X. Asatullaev, Z. G. Allaberganov zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar
Jamg’arma miqdori foiz stavkasiga qarab emas, balki yalpi daromadning o’sishiga qarab o’zgarib turadi
Download 0.86 Mb.
|
portal.guldu.uz-ZAMONAVIY IQTISODIY TA’LIMOTLAR (2)
Jamg’arma miqdori foiz stavkasiga qarab emas, balki yalpi daromadning o’sishiga qarab o’zgarib turadi.Investitsiyalar hajmi, J.M. Keyns bo’yicha, kapital qo’yilma-laridan keladigan daromad miqdoriga yoki ularning me’yorli unumdorligiga va foiz me’yoriga bog’liq bo’ladi (kutiladigan daromad qancha yuqori va foiz stavkasi qancha past bo’lsa, kredit olish va investitsiyalar hajmini ko’paytirish shuncha foydali). Tadbirkorlar kapital qo’yilmasining me’yorli foydaliligi foiz me’yoridan pasayib ketmaguncha investitsiyalar jarayonini davom ettiradilar. Agar foiz me’yori yuqori bo’lsa, jamg’arma egalari o’z mablag’larini investitsiyalarga, kapital qo’yilmasiga sarflamay-dilar. Negaki pulni qarzga berish, obligatsiyalarni sotib olish yo’li bilan ancha oson daromad topishi mumkin.Investitsiyadan keladigan foyda darajasining pasayishi va foiz me’yoriga yaqinlashib borishi kuzatilayotgan vaziyatda inves-titsion faoliyat to’xtatiladi, turg’unlik kelib chiqadi. Foiz me’yori bo’lajak investitsiyalar foydasining quyi chegarasini aniqlab beradi. Foiz me’yori qancha past bo’lsa, investitsiya jarayoni shuncha jonli bo’ladi va aksincha.5. Multiplikator J.M. Keyns investitsiyalarning ko’payishi bilan milliy daromadning ko’payishi o’rtasidagi bog’liqlikni tahlil qildi. Uning ko’rsatib berishicha, investitsiyalarning ko’payishi milliy daromadning o’sishiga olib keladi va u quyidagi formula ko’ri-nishida ifodalanadi: K = Y / I, bu erda, K – multiplikator, Y – milliy daromadning o’si-shi, I – investitsiyalarning o’sishi. Investitsiyalarning ko’payishi va uning natijasida milliy daromad va aholining ish bilan bandligining o’sishi maqsadga muvofiq iqtisodiy samara sifatida ko’riladi. Ana shu iqtisodiy samara iqtisodiy adabiyotlarda multiplikator samarasi deb ataladi. Multiplikator – bu son koeffitsienti bo’lib, daromad o’sishi bilan, ushbu o’sishni yuzaga keltirgan investitsiyalar o’simi o’rtasidagi nisbatni ifodalab beradi. Multiplikator atamasini birinchi marta ingliz iqtisodchisi R.Kan 1931 yili ishlatgan. Unda ish bilan bandlik sohasidagi multiplikator samarasi to’g’risida so’z yuritiladi. R.Kanning «ish bilan bandlik multi-plikatori» investitsiyalar bilan bevosita bog’liq bo’lgan tarmoq-larda ish bilan bandlikning ko’payishi o’rtasidagi nisbatni ifodalab beradi. J.M.Keynsning «Investitsiyalar multiplikatori» nazariya-siga ko’ra, «qachonki investitsiyalarning umumiy summasi o’ssa, unda daromadlarning ko’payishi investitsiyalar o’simidan K marta ortiq bo’ladi». J.M.Keynsning ta’kidlashicha, bunday holatning sababi «psixologik qonundan» kelib chiiqadi, unga ko’ra «real daromad-ning o’sib borishi bilan jamiyat doimo uning kamayib boruvchi qismini iste’mol qilishni xohlaydi». Multiplikator samarasi, yuqorida qayd qilib o’tganimiz-dek, investitsiyalarning ko’payishi daromadning ortishiga olib kelishini ko’rsatadi va bu ortgan daromad (jamg’armani chiqarib tashlagandan keyin) yalpi talabning bir qismiga aylanadi. Daromadlarning multiplikatsiyalashuvi jarayoni to’xtamaguncha shunday davom etib boraveradi. Bu erda shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, kishilarning jamg’armaga bo’lgan moyilligi qancha ko’p (shunga muvofiq MRS miqdori kam) bo’lsa, multiplikator-ning ahamiyati shuncha kam bo’ladi. To’la ish bilan bandlik sharoi-tida multiplikator amal qilmaydi, negaki bo’sh turgan resurslar-ning bo’lmaganligi sababali ishlab chiqarishini ortiqcha kengay-tirib bo’lmaydi. Real ijtimoiy mahsulot ko’paymagan holda resurslarni faqat tarmoqlararo qayta taqsimlash yuzaga keladi. Multiplikatsiyalashgan iste’molning kengayishi baholarning o’sishida ifodalanadi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling