E. Egamov,X. Asatullaev, Z. G. Allaberganov zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar


Download 0.86 Mb.
bet24/50
Sana13.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1194210
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZAMONAVIY IQTISODIY TA’LIMOTLAR (2)

b) Konvergentsiya kontseptsiyasi

Nobel mukofoti sohibi, gollandiyalik olim Yan Tinbergen XX asrning 60-yillari ilgari surgan konvergentsiya kontseptsiyasi ko’pchilik iqtisodchilar tomonidan qo’llab-quvvatlandi. Ushbu kontseptsiyaga ko’ra kapitalizm bilan sotsializm rivojlana borgan sari har ikkalasida o’xshash belgilar yuzaga keladi (kapitalizmda rejali ish roli oshib boradi, sotsializmda bozor munosabatlari rivojlanadi), tafovutlar asta-sekin yo’qolib boradi. Ishlab chiqa-rish sharoitlari, madaniyat va fan-texnikaning rivojlanishi umu-miy taraqqiyot natijasida har ikkalasida tobora bir xillashib boradi. Kapitalizm ham, sotsializm ham ayni bir xil muammo-larni hal qilishga, ularni hal etishning bir xil uslublarini qo’llashga intiladi.


Konvergentsiya texnikada, iqtisodiyotda, siyosatda, ijtimoiy sohada kuzatiladi. Ya.Tinbergan hozirgi paytda hech qaerda «sof ka-pitalizm» yo’q deb hisoblaydi. Bu borada fikr yuritgan J.K. Gelbreyt texnika taraqqiyotini kapitalizm va sotsializmning yaqinlashuvi negizi sifatida ilgari suradi. U konvergentsiya moyilligini yirik ishlab chiqarishning o’sishida, jami talabning davlat tomonidan tartibga solinib turishi va hakozolarda ko’radi. «Biz, – deb xulosa qiladi Gelbreyt, – go’yo turlicha bo’lgan ikkita industrial tizimning konvergentsiyasi hamma eng muhim sohalarda sodir bo’layotganligini ko’rib turibmiz».
Iqtisodiyotni davlat yo’li bilan tartibga solib turishni bi-rinchi o’ringa qo’ygan A.Bergson «har ikkala tizim unchalik xilma-xil emas va keyinchalik ular o’rtasidagi tafovut yanada ko’proq ka-mayib borishi mumkin», – deb yozadi.
Amerika sotsiologi P.Sorokin barcha asosiy yo’nalishlar bo’yicha – tabiatshunoslik va texnika, ijtimoiy fanlar, maorif, san’at, din, nikoh va oila, iqtisodiy tizim, ijtimoiy munosa-batlar, siyosiy tizim sohalarida kapitalizm bilan sotsializmning yaqinlashuvini targ’ib qiladi. Uning fikricha, kapitalizm va so-tsializmning o’zaro konvergentsiyasi oqibatida ulardan farq qila-digan qandaydir oraliq jamiyat yuzaga keladi.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling