Keyns
|
Fridmen
|
Davlatning bozor xo’jaligiga aralashuvi zarur
|
Bozor o’zini o’zi tartiblashga qodir
|
Ish bilan bandlik yalpi talabga bog’liq
|
Iqtisodiyot o’zi ishlab chiqarish va ish bilan bandlik darajasini o’rnatadi
|
Pul massasi ishlab chiqarishga nisbatan xolis (yomon ham, yaxshi ham ta’sir etmaydi)
|
Pul massasi – baholarning o’sishi va kon’yunkturaning o’zgarishi sababchisidir
|
Asosiy muammo - ishsizlik
|
Asosiy muammo – inflyatsiya
|
O’zgaruvchan pul siyosati lozim
|
Barqaror pul siyosati zarur
|
Byudjet kamomadi – talabni rag’batlantirish vositasi
|
Byudjet kamomadi – inflyatsiya sababchisi
|
Monetarizm ham, Keynschilik ham iqtisodiyotni tartiblash zarurligidan kelib chiqadi. Ularning nazariy tavsiyalari muayyan bir davrda qo’l kelsa, boshqa davrda ish bermaydi. Shu bois, iqtisodiy vaziyat va sharoitlarga qarab ulardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Tayanch iboralar
monetarizm;
pulga bo’lgan talab;
pul taklifi;
boylik shakllari;
«ayirboshlash tenglamasi»;
likvidli aktivlar;
“likvidlik tuzog’i”;
foiz stavkasi;
barqaror pul siyosati.
Takrorlash uchun savollar
1. Monetarizmning asosiy qoidalarining o’ziga xosligi nimada?
2. Ayirboshlash tenglamasining mohiyatini tushuntirib bering?
3. M.Fridmen bo’yicha, pulga bo’lgan talab qanday omillar bilan aniqlanadi?
4. Pul taklifi degandi nimani tushunasiz?
5. J.M.Keyns va M.Fridmen bo’yicha, pul massasi bilan YaIM o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik qanday mexanizmlar orqali tushuntirib beriladi?
6. M.Fridmenning pul qoidasining mohiyati nima?
7. Monetarizm va keynschilik nazariyalarining o’xshashligi va o’ziga xosligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |