E. Egamov,X. Asatullaev, Z. G. Allaberganov zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar


I.Karimovning bozor iqtisodiyotiga o’tish


Download 0.86 Mb.
bet47/50
Sana13.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1194210
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZAMONAVIY IQTISODIY TA’LIMOTLAR (2)

I.Karimovning bozor iqtisodiyotiga o’tish
kontseptsiyasi

Bozor iqtisodiyoti umumbashariy tizim bo’lganidan, ko’pchilik mamlakatlar qatorida O’zbekiston ham bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lini tanladi. Prezident Islom Karimov so’zi bilan aytganda: “Bozorga o’tish muqarrar. Bu – davr amri, ob’ektiv reallikdir. Ayni vaqtda bozor faqat maqsad emas, balki yangi qadriyatlarni shakllantirish, odamlar farovonligining sifat jihatidan tubdan yuqori darajasiga erishish uslubi va vositasidir” 3. Bozor munosabatlarigina xalq farovonligi uning turmush darajasini o’stirish, respublikada mavjud juda katta imkoniyatlardan to’la – to’kis foydalanishni ta’minlashi mumkin.


J.M. Keyns o’zining “Umumiy nazariyasida” iqtisodchilar va siyosiy arboblar g’oyalarining ahamiyati va ta’siri to’g’risida to’xtalib, haqiqatda dunyo ular bilan boshqarilib turadi, deb yozgan edi. I.Karimovning bozor munosabatlari to’g’risidagi nazariy qarashlari, O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi naqadar to’g’ri ekanligini hayotning o’zi ko’rsatib berdi, O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi.
I.Karimovning O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi bozor iqtisodiyotiga o’tishning ham umumiy tomonlarini, ham O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlarini o’z ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning (ayniqsa rejali iqtisodiyotdan) umumiy tomonlarini tahlil qilgach, I.Karimov mamlakatda bozor munosabatlarini shakllantirish va ularni rivojlantirish uchun zarur bo’lgan umumiy jihatlarni ko’rsatib berdi. Ular jumlasiga kiritish mumkin:

  • davlat mulkini xususiylashtirish;

  • har xil mulk shakllarini shakllantirish;

  • ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish;

  • raqobat muhitini yaratish;

  • erkin xo’jalik yuritishni ta’minlash;

  • mulkdorlar sinfini shakllantirish;

  • narxning erkin shakllanish mexanizmini yaratish;

  • resurslarning erkin oqib yurishiga sharoit yaratish;

  • davlatning iqtisodiyotdagi monopol mavqeini tugatish.

O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning umumiy jihatlari asta-sekin shakllantirib va rivojlantirib boriladi.
Shu bilan birga I.Karimov O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishining o’ziga xos “O’zbek modeli”ni ishlab chiqdi. “Bizning bozor munosabatlariga o’tish modelimiz, - deb yozadi I.Karimov, - Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf – odatlar va turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, iqtisodiyotni biryoqlama beso’naqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi”1. Mazkur model O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lini, mamlakatning taraqqiyot yo’lini belgilab beradi. Bu yo’l uch tarkibiy qismdan iborat:
- ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining tavsifi;

  • qat’iy markazlashtirilgan ma’muriy buyruqbozlik tizimidan xo’jalik yuritishning bozor munosabatlariga asoslangan yo’liga o’tishning eng muhim printsiplari;

  • iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning, barqarorlikni va muhim ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashning aniq yo’nalishlari.

O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishida o’z yo’lidan izchillik bilan borishi mamlakatda aholi farovonligini oshirishga, barqaror iqtisodiy o’sishga, to’la ish bilan bandlikni ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishga ishonchli asos bo’lib xizmat qiladi. O’zbekiston tanlagan yo’l - “o’zbek modeli” hayot sinovlaridan o’tgan, o’zini oqlagan model hisoblanadi. “Bugun uni xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, jahonning ko’pgina mamlakatlari tan olmoqda. Eng asosiysi – hayotning o’zi uni tasdiqlamoqda”2.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan kontseptsiya O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lini, mamlakatning taraqqiyot yo’nalishini belgilab beruvchi keng qamrovli, zamon talabiga javob beradigan, ilmiy asoslangan kontseptsiyadir.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling