E. Egamov,X. Asatullaev, Z. G. Allaberganov zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar
Download 0.86 Mb.
|
portal.guldu.uz-ZAMONAVIY IQTISODIY TA’LIMOTLAR (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- M.Pozner, G.Xufbaujr, L.Uells
4. Mahsulotning hayotiy tsikli
Klassiklarning qiyosiy ustunlik nazariyasida ba’zi bir savollar o’z echimini topmaganligi (masalan, eksport tuzilmasi dinamikasi qonuniyatlari qanday, nega bir xil tarmoqlar oldinga siljisa, ikkinchisi orqaga surilib ketadi) xalqaro mehnat taqsimoti muammosiga bo’lgan yangi yondashuvlarning kelib chiqishini taqozo etdi. Shunday yondashuvlardan biri “Mahsulot-ning hayotiy tsikli” kontseptsiyasi hisoblanadi. Bu nazariyani ishlab chiqishda M.Pozner, G.Xufbaujr, L.Uells va boshqa iqtisodchilar qatnashdi. Lekin birinchi marta bu nazariyaning tasnifiy bayoni 1966 y. atoqli amerika olimi R.Varronning “Mahsulotning hayotiy tsikli nuqtai nazaridan ko’rilgan xalqaro investitsiyalar va xalqaro savdo” maqolasida e’lon qilingan. AQSh eksport tuzilmasini tahlil qilish natijalari mazkur nazariyaning yaratilishiga bevosita turtki bo’ladi. Tahlil natijalari jahon bozorida raqobatbardoshlik asosini tashkil etuvchi tarmoqlar majmuining o’zgarib turishini ko’rsatib berdi. XX asr boshiga kelib bunday tarmoqlar jumlasiga to’qimachilik va o’rmontexnik sanoati, qora metallurgiya, mashinasozlik kiritilgan. 30-chi yillarning oxiriga kelib tarmoqlar majmui va tartibi o’zgardi (birinchi o’ringa mashinasozlik chiqdi, oziq-ovqat sanoati ilg’or ekport qiluvchi tarmoqlar qatoriga qo’shildi), 60-chi yillarning boshiga kelib esa, transport vositalarini, asbob-uskunalarni, kimyoviy tovarlarni, elektr uskunalarini va boshqa mashinalarni ishlab chiqarish tarmoqlari Amerikaning asosiy eksport qiluvchi tarmoqlari majmuini tashkil etdi. Urushdan keyingi tashqi savdo tuzulmasi tahlili natijalari eksport tarmoqlarida ilmsig’imli mahsulotlarni ishlab chiqara-digan tarmoqlarning roli ortib borayotganligini aniqlab berdi. Shu sababli “ilmsig’imli tarmoqlar” atamasi kiritilidi. Hozir ilmsig’imli tarmoqlar oldingi qatorga ko’tarildi va ular mamla-katning jaxon bozorida raqobat qudratini belgilab bermoqda. “Ilmsig’imli” atamaning muomilaga kiritilishi ishlab chiqarish omillari to’g’risidagi tushunchani qayta ko’rib chiqishni taqozo etadi. Ilmsig’imli mahsulot - mehnat sig’imli mahsulotning o’zgargan shaklidan boshqa narsa emas. Ko’pchilik ilmiy – texnik xodimlari (barcha yollanma ishchilarning 50 foiziga yaqini) ish haqining yuqoriligi va ko’p sonli yuqori malakali ishchilarining mavjudligi tufayli ilmsig’imli mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi umumiy sarflarda ishchi kuchiga to’g’ri keladigan sarflar hissasi ham yuqori. Bundan tashqari turli ishlab chiqarish bosqichlarida xar bir yollanma mehnat egasining hissasi xam har xil bo’ladi. Demak, mehnat omilini tarkibiy tuzilishi jixatdan bir xil deb qaragan Xeksher-Olin nazariyasini qo’llash xatodan xoli emas. Shu bois “mahsulotning hayotiy tsikl” nazariyasi mualliflari mehnatni bir qancha turlarga ajratadi: yuqori malakali mehnat, boshqaruv mehnati, malakasiz mehnat va b. Shunday qilib, ikki omilli model ko’p omilga aylandi, ya’ni kapital omili bilan birga mehnatning har xil turlari amal qiladi. Har bir omilni axamiyatining o’zgarishiga muvofiq ravishda ishlab chiqarishning uch fazaga (ular “mahsulotning hayotiy tsikl”iga mos tushadi) bo’linishi mazkur nazariyaning kelib chiqishiga yana bir sabab bo’ldi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling