E. Egamov,X. Asatullaev, Z. G. Allaberganov zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar


Download 0.86 Mb.
bet40/50
Sana13.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1194210
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZAMONAVIY IQTISODIY TA’LIMOTLAR (2)

2. Qiyosli ustunlik nazariyasi

A.Smitdan farqli o’laroq, David Rikardo mamlakatlar o’rtasidagi tovar ayirboshlashda mutlaq xarajatlardagi farq muhim emas, deb hisobladi. Yuqorida qayd qilib o’tganimizdek xarajatlarda mutlaq ustunlikka ega bo’lmagan mamlakatlar nima qilishlari kerak?


Bir qator misollar bilan D.Rikardo “xarajatlardagi mutlaq ustunlik” mamlakatlar o’rtasidagi tovar ayirboshlashning zarur sharti emasligini isbotlab berdi. Savdo qilayotgan mamlakatlar o’rtasida qiyosli xarajatlar farq qilishi kifoya.
Shu asosda D.Rikardo qiyosli ustunlik nazariyasini yaratdi. Bu nazariya butun dunyo ilm-fani va savdosida hamma tan olgan nazariya hisoblanadi. Mazkur nazariyaning asosiy qoidasi shundan iboratki, har bir mamlakat o’zining muayyan tovarni ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlari bilan uni sotib olishga ketadigan xarajatlari o’rtasidagi farqni qiyoslab ko’rgan holda tashqi savdoda ishtirok etadi. Muayyan tovarni ishlab chiqarish bir mamlakat uchun boshqa mamlakatlarga nisbatan qulayroq bo’lishi mumkin. Shu bois, qiyosli ustunlik nazariyasiga binoan, mamlakatlar xarajatlarni hisobga olgan holda u yoki bu mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi kerak.
D.Rikardo shunday misol keltiradi. Portugaliyada muayyan miqdordagi vinoni tayyorlash uchun 80 kishilik mehnat, gazlama ishlab chiqarish uchun esa 90 kishilik mehnat talab qilinadi (bir yilga). Angliyada shu miqdordagi vinoni ishlab chiqarish uchun 120 kishilik mehnat, gazlamani ishlab chiqarish uchun 100 kishilik mehnat sarflash zarur. Garchi olib kelingan gazlama Portugaliyaning o’zida Angliyaga nisbatan kam xarajat evaziga ishlab chiqarilishi mumkin bo’lsa ham, bu sharoitda Portugaliya uchun vinoni gazlamaga ayirboshlash foydali. Gap shundaki, resurslarni gazlama ishlab chiqarishdan, Angliyaga nisbatan katta qiyosiy ustunlikka ega bo’lgan, vino tayyorlash tarmog’iga o’tkazib, Portugaliya vinoni ayirboshlash yo’li bilan 80 kishilik mehnat sarflari hisobiga, ya’ni 10 kishilik mehnatni tejash evaziga, gazlama olishi mumkin. Bunday ayirboshlash Angliya uchun ham foydali, negaki u o’z kuchini gazlama ishlab chiqarishga sarflab, gazlamani sotish yo’li bilan muayyan miqdordagi vinoni 120 kishining mehnati hisobiga emas, balki faqat 100 kishilik mehnat evaziga olishi mumkin (ya’ni 20 kishilik mehnatni tejash hisobiga). Bu misoldan shu narsa ko’rinadiki, qiyosiy ustunlik mavjud bo’lsa, ixtisoslashuv va ayirboshlash ikkala mamlakat uchun ham foydalidir. Bundan mamlakatlar o’rtasida mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi zarurligi kelib chiqadi.
Qiyosli xarajatlar g’oyasi – bu o’zaro foyda ko’rish g’oyasidir. Unga ko’ra “... Frantsiya va Portugaliyada vino tayyorlanishi, Amerika va Polshada don etishtirilishi, Angliyada metall buyumlari va boshqa tovarlar ishlab chiqarilishi kerak”
Lekin qiyosli xarajatlar nazariyasida bir qator soddalashtirishlar mavjud bo’lib, tashqi iqtisodiy aloqalarda bo’ladigan qiyinchiliklar aks ettirilmagan. D. Rikardo modeli –bu ikki mamlakat o’rtasidagi savdo modelidir. Mazkur model qiyosli xarajatlarning o’zgarishini, savdo qilayotgan mamlakatlarning unumdorlik imkoniyatlaridagi farqlarni ham hisobga olmaydi.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling