E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 1.2 Mb.
bet197/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

Tashxisi. Toksoplazmoz avvalo kasallikning klinik ko‘rinishlari va a’zo hamda sistemalarning maxsus tekshirishlaridan EKG, ko‘z tubini ko‘zdan kechirish, bosh suyagi va zararlangan mushaklarni rentgenografiya qilish natijalariga asoslangan holda aniqlanadi.
Toksoplazmozga gumon qilinganda qon, orqa miya suyuqlig‘i, limfatik tugunlar punktati hamda o‘likdan olingan yoki biopsiya materiallari tekshiriladi. Toksoplazmalar Romanovskiy usulida bo‘yalgan surtmalarda, to‘qimalarning gistologik kesmalari va oq sichqonlar bilan qo‘yiladigan biologik sinamalarda aniqlanadi.
Serologik reaksiyalardan KBR, PGAR, immunoflyuores- sentlanuvchi antitelolar usuli, presipitatsiya reaksiyasi, bo‘yovchi moddalar bilan qo‘yiladigan Seybin — Feldman reaksiyasi va boshqalar qo‘llanadi.
Toksoplazmin bilan teri ichiga qo‘yiladigan sinama keng tarqalgan. Agar 0,1 ml toksoplazmin yuborilgan joyda 10 mm dan kam bo‘lmagan (20 mm dan ko‘p bo‘lsa o‘ta ijobiy hisoblanadi) gipe­remiya va teri infiltratsiyasi kuzatilsa va u 48 soatdan keyin kamaysa, sinama ijobiy hisoblanadi. Sinama odatda kasallikning 4-haftasidan boshlab ijobiy bo‘la boshlaydi va ko‘p yillar davomida saqlanib qolishi mumkin. Shuni ham ta’kidlash kerakki, 20—30% sog‘lom kishilar va qo‘shimcha kasalligi bo‘lgan bemorlarda toksoplazmozga ijobiy reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Shuning uchun serologik reak­siyalar va teri ichiga qo‘yiladigan sinamalarni baholashda ehtiyot bo‘lish zarur. Jarayonning faolligini aniqlash uchun toksoplazmin bilan qo‘yiladigan titratsiyali sinamadan foydalaniladi, bunda teri ichiga 1:10, 1:100, 1:1000, 1:10000, 1:100000 nisbatlarda eritilgan toksoplazminlarning har biridan 0,1 ml dan yuboriladi. Faol jarayonda 1:100000 gacha va undan ham yuqori nisbatlarda reaksiya aniqlanadi. Bu sinama davolashda toksoplazminning ishchi miqdorini aniqlash uchun ham xizmat qiladi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling