E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar


Download 1.2 Mb.
bet199/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Infeksiya profilaktikasi uy hayvonlari orasida toksoplazmoz bilan kurashish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, bundan tashqari xom go‘sht qiymalari hamda yetarlicha termik ishlanmagan go‘shtli ovqatlarni iste’mol qilish (tatib ko‘rish)ni man etish kabilarni o‘z ichiga oladi. Tug‘ma toksoplazmoz profilaktikasida ayniqsa bu qoidalarga ayollar homiladorlik vaqtida qat’iy rioya qilishlari shart. O‘choqda tadbirlar o‘tkazilmaydi.
Nazorat savollari

  1. Odamga toksoplazmoz qanday yuqadi?

  2. Homiladorlik vaqtida toksoplazmoz qanday asoratlarga olib kelishi mumkin?

  3. Orttirilgan toksoplazmozning qanday klinik shakllarini bilasiz?

  4. Surunkali toksoplazmoz haqida gapirib bering.

  5. Toksoplazmin yordamida o‘tkaziladigan «titratsion sinama» nima?

  6. Toksoplazmozning surunkali shakllarini qanday davolash mumkin?

  7. Toksoplazmoz profilaktikasi qanday tadbirlarni o‘z ichiga oladi?

Sarkosistoz (sarcocystosis)
Qo‘zg‘atuvchilari — sarkosistalardir. Odam ikki turdagi sarkosis- talarning oxirgi xo‘jayini hisoblanadi: Sarcocystis hominis va Sarco- cystis suihominis (grekcha sarc — go‘sht degan ma’noni anglatadi).
Sarkosistalar jinsiy yo‘l bilan odam ingichka ichagining shilliq qavatida ko‘payadi. Bunda yetilgan sporosistalar hosil bo‘lib, ular najas bilan ajraladi. Sporosistalar 12—16 mkm kattalikka ega, tashqi muhitda yaxshi saqlanadi.
Oraliq xo‘jayinlari hisoblangan yirik shoxli hayvonlar (Sarco­cystis hominis ning oraliq xo‘jayinlari) va cho‘chqalar (Sarcocystis suihominis ning oraliq xo‘jayinlari) sporozitlarni yutganda ular ichakda sporosistalardan ajralib, qon orqali ko‘ndalang-targ‘il mushaklarga kiradi. Bu yerda jinssiz ko‘payish sikli bo‘lib o‘tadi. Sarkosistalar mushak tolalarida bo‘ylama joylashadi. Ular uzunchoq, ba’zan 5 sm gacha kattalikda bo‘lib, nozik parda bilan qoplangan.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling