E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 1.2 Mb.
bet39/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

Nazorat savollari

  1. Qanday mikroorganizmlar ovqat toksikoinfeksiyalariga sabab bo'lishi mumkin?

2.Ovqat toksikoinfeksiyalari nima uchun yilning issiq kunlarida ko'proq uchraydi?

  1. Stafilokokkli infeksiyalar uchun qanday asosiy belgilar xarakterli?

  2. Toksikoinfeksiyalarda nimalar tekshirish materiallari bo'la oladi?

  3. Toksikoinfeksiyalarda birinchi yordam ko'rsatish va keyingi davolash haqida gapirib bering.

Bakterial dizenteriya (dysenteria)
Dizenteriya (bakterial dizenteriya, shigellez) — shigellalar qo'zg'atadigan yuqumli kasallik bo'lib, intoksikatsiya, qorinning tortishib og'rishi, shilliq va qon aralash ich ketishi va yo'g'on ichakning asosan pastki qismlarining zararlanishi bilan xarak- terlanadi.
Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari Shigella guruhiga mansub dizenteriya bakteriyalaridir. Shigellalarning 4 turi farqlanadi: 1) Sh. dysenteriae, bunga Grigoryev-Shig, Shtutser-Shmitn va Lardj-Saks bakteriyalari kiradi; 2) Sh. flexneri; 3) Sh. boudi va 4) Sh. sonnei. Keyingi yillarda Fleksner va Zonne shigellalari sabab bo‘layotgan dizenteriya ko‘p uchramoqda.
Shigellalar — katta bo‘lmagan (1—3 mkm kattalikda) to‘mtoq uchli bakteriyalardir. Ular grammanfiy, spora va kapsulaga ega emas, harakatsiz. Oddiy oziq muhitlarida o‘sadi. Barcha dizenteriya tayoq- chalari faqat endotoksin ishlab chiqaradi, Grigorev-Shig tayoq- chalari esa ekzotoksin ham ajrata oladi. Dizenteriya toksinlari nerv- tomirga ta’sir qiluvchi zaharlarga mansub.
Dizenteriya mikroblari quyosh nurida, dezinfeksiyalovchi moddalar va antibiotiklar ta’sirida tez o‘ladi. Hozirgi vaqtda mikrob- larning ayrim antibiotiklarga nisbatan chidamliligining oshganligi ma’lum. Past haroratda, namli muhitda, qorong‘ida ular o‘rtacha quyidagicha saqlanadi: oziq-ovqat mahsulotlarida 15—30 kungacha, suvda 9 kungacha. Zonne shigellalari kuchli chidamlilikka ega, ular ochiq suv havzalarida 1,5 oygacha, vodoprovod suvida xona haro- ratida 2,5 oygacha yashay oladi.
Epidemiologiyasi. Tabiiy sharoitlarda infeksiya manbai o‘tkir va surunkali dizenteriya bilan kasallangan hamda bakteriya tashib yuruvchilar hisoblanadi. Kasallikning yengil va uncha bilinmaydigan shakllari (shu bilan birga «sog‘lom tashib yuruvchilar» deb atala- digan kishilar) katta epidemik xavf tug‘diradi. Bunda o‘zlarini yaxshi his qilgan holda ish qobiliyatlarini saqlab qoladilar va tibbiy yordam uchun murojaat qilmay jamoa orasida qolishlari mumkin. Bemor va dizenteriya bakteriyalarini tashib yuruvchilar najasi orqali bakte- riyalar tashqi muhitga ajralib chiqadi.
Odam kasallikka dizenteriya bakteriyalarining og‘iz orqali oshqo- zon-ichak yo‘llariga tushishi natijasida chalinadi. Kasallik asosan dizenteriya bilan og‘rigan bemorlar va infeksiya tashib yuruvchilar najasi bilan ifloslangan qo‘llar, buyumlar orqali yuqadi. Shu bilan birga kasallik dizenteriya bakteriyalari bilan zararlangan suv, sut va oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish orqali ham kelib chiqadi. Dizenteriya tarqalishida pashshalar ham muhim ahamiyatga ega.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling