Qo‘zg‘atuvchining antibiotiklarga chidamliligida kuniga 1—2 tabletkadan 2 mahal baktrim (biseptol) beriladi.
Organizmni dezintoksikatsiya qilish uchun venaga tomchilab 5%
glukoza, Ringer eritmasi, natriy xloridning izotonik eritmasi (500—1000 ml dan) hamda boshqa eritmalar tayinlanadi. Qorin tifining og‘ir shakllarida antibiotiklar bilan birga kortikosteroidlar (prednizolon, gidrokortizon) buyuriladi, ular qisqa kurslar bilan (5—7 kun) beriladi.
Antibiotiklardan keyin vaksina yuborish residivlarning oldini olishda juda foydali hisoblanadi. Vaksina yuborishning bir necha usullari mavjud (teri ostiga, teri ichiga va elektroforez yo‘li bilan). Vaksinoterapiya vaqtida organizmni ultrabinafsha nurlar bilan umumiy nurlantirish maqsadga muvofiqdir. Vaksinani qo‘llagandan keyin residivlar soni 3—4 marta, surunkali bakteriya tashuvchanlik esa 2 martaga kamayadi.
Ichakdan qon ketganda bemorga tinch holat yaratilib, qorin sohasiga muzli xaltacha qo‘yiladi. Shuningdek, qon quyilib (75—100 ml), venaga natriy xloridning 10% li eritmasidan 10 ml, vikasolning 1% li eritmasidan 1 ml, aminokapron kislotaning 5% li eritmasidan 100—200 ml gacha yuboriladi. Qon ketgandan keyin dastlabki 10—
soat davomida bemor ovqatlantirilmaydi, unga faqatgina suyuqlik va sharbatlar berish mumkin bo‘ladi. So‘ngra jele, kisel, saryog‘ tavsiya qilinadi.
Ichak teshilganda zudlik bilan operatsiya qilish kerak bo‘ladi.
Infeksion psixoz rivojlangan taqdirda mushak orasiga 1—2 ml 2,5% li aminazin, 4 ml 0,5% li novokain eritmasi, 1 ml 1% li dimedrol va 10 ml 25% li magniy sulfat bilan yuboriladi. Bemor bezovtalanganda bu aralashmani 6 soatdan keyin yana yuborish mumkin. Bemorga alohida post tashkil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |