E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Kattalarda profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar xuddi dizenteriyadagi kabi o‘tkaziladi


Download 1.2 Mb.
bet44/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

Kattalarda profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar xuddi dizenteriyadagi kabi o‘tkaziladi.
Nazorat savollari

  1. Bolalar jamoalarida esherixiozning tarqalish sabablari nimada?

  2. Esherixiyalar organizmga qanday tushadi?

  3. Esherixiozda qanday patologoanatomik o‘zgarishlar kuzatiladi?

  4. Esherixioz qanday klinik shakllarda kechishi mumkin?

  5. Esherixioz tashxisi nimalarga asosan qo‘yiladi?

  6. Mazkur patologiyada foydali bo‘lgan preparatlarni gapirib bering.

Qorin tifi (typhus abdominalis),
A va B paratiflar (paratyphus A et B)
Qorin tifi (ich terlama), A va B paratiflar — o‘tkir yuqumli kasalliklar guruhi bo‘lib, ularni salmonellalar qo‘zg‘atadi va bakteremiya (qo‘zg‘atuvchining bemor qonida bo‘lishi), umumiy intoksikatsiya, uzoq davom etadigan isitma, ingichka ichakning limfatik tuzilmalarining zararlanishi va ichakda yaralar paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Etiologiyasi. Qorin tifi (Salmonella typhi), A va B paratiflar qo‘zg‘atuvchilari (Salmonella paratyphi A et B) Salmonella turkumiga kiradi. Morfologik jihatdan ular bir-biridan farq qilmay- digan 1,5—3 mkm kattalikdagi tayoqchasimon mikroblardir. Spora va kapsula hosil qilmaydi. Xivchinlarga ega, harakatchan, grammanfiy, odatdagi oziq muhitlarda o‘sadi (o‘t suyuqligi bo‘lgan muhitlarda juda yaxshi o‘sadi). Ular endotoksinga ega bo‘lib, bu toksin mikrob hujayrasining yorilishi natijasida ajralib chiqadi.
Tif-paratif kasalliklari tayoqchalari tashqi muhitga chidamli. Suvda va tuproqda 1 oydan 5 oygacha, najasda — 20—25 kungacha, choyshab va kiyim-kechaklarda 2 haftagacha saqlanishi mumkin. Qizdirilganda tez nobud bo‘ladi, oddiy konsentratsiyalardagi dezinfeksiyalovchi moddalar (lizol, sulema, xloramin, fenol) qo‘zg‘atuvchilarni bir necha minutda o‘ldiradi. Qo‘zg‘atuvchilar oziq-ovqat mahsulotlari (sabzavotlar, go‘sht, sut mahsulotlari)da o‘z hayot faoliyatini uzoq vaqtgacha saqlab turishi mumkin, tegishli haroratda ularda ko‘payadi. Rivojlanish uchun qulay (optimal) bo‘lgan harorat 37°C hisoblanadi. Ular quritish va quyosh yorug‘- ligiga chidamsizdir.
Epidemiologiyasi. Qorin tifi va A paratif bilan faqat odam kasal- lanadi. B paratif bilan odamdan tashqari, ayrim hayvonlar ham kasallanishi mumkin. Infeksiya manbai bemor odam va bakteriya tashib yuruvchilar (B paratif qo‘zg‘atuvchilarida — hayvonlar ham) hisoblanadi. Bakteriya tashib yuruvchilar sog‘lom kishilar sifatida salmonellalarni uzoq yillar davomida ajratib yurishi bilan katta xavf tug‘diradi.
Kasallikning birinchi kunidan yuqumlilik boshlanadi. Atrof- muhitga qo‘zg‘atuvchilar najas va siydik bilan ajralib chiqadi. Qo‘z- g‘atuvchilar organizmga oshqozon-ichak yo‘llari orqali tushadi. Aloqa yo‘li bilan infeksiya yuqtirishda tif-paratif kasalliklari qo‘z- g‘atuvchilari bilan zararlangan har xil buyumlarga tekkan qo‘llar muhim ahamiyatga ega. Infeksiya asosan oziq-ovqat mahsulotlari va suv orqali tarqaladi. Suv orqali tarqalish ko‘proq kuzatiladi, chunki infeksiya suv orqali uni nafaqat ichish maqsadida qo‘llaganda, balki idishlar, sabzavotlar va mevalarni yuvganda hamda cho‘milganda ham yuqadi. Oziq-ovqatlar orqali yuqish qo‘zg‘atuvchilar tushgan oziq-ovqat mahsulotlari (sut, sovib qolgan go‘shtli ovqatlar va b.) ni iste’mol qilish bilan bog‘liq. Qo‘zg‘atuvchilarning oziq-ovqat mahsulotlariga tushishida pashshalar katta rol o‘ynaydi.
Tif-paratif kasalliklari yil davomida qo‘zg‘alishi mumkin, ammo mavsumiylik ko‘pincha yoz-kuz fasllariga to‘g‘ri keladi.

  1. Yuqumli kasalliklar


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling