E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Davolash. Tif va paratif kasalliklarida yotoq rejimi, parhez va etiotrop moddalar asosiy ahamiyatga ega


Download 1.2 Mb.
bet46/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

Davolash. Tif va paratif kasalliklarida yotoq rejimi, parhez va etiotrop moddalar asosiy ahamiyatga ega.
Bemor shifoxonaga yotqizilishi shart. Unga normal haroratning kamida 7—10-kunlarigacha qat’iy yotoq rejimi tayinlanadi.
Parhez ovqatlar to‘la qimmatli, kaloriyali, vitamin va oqsillarga boy hamda ichakda yarali jarayonlar mavjudligi tufayli qirg‘ichdan o‘tkazilgan va kletchatkasi chegaralangan bo‘lishi kerak. Ovqat kam porsiyalarda berilishi zarurligini e’tiborga olib bemorni tez-tez ovqatlantirish lozim. 2-parhez tavsiya etiladi. Bemorlarni shifoxona­dan chiqarishdan 5—7 kun oldin 15-parhezga o‘tkaziladi. Bemor isitmalayotgan davrda vitaminlar kompleksi (askorbin kislota sutkasiga — 900 mg gacha, B1 va B2 vitaminlar 9 mg, RR — 60 mg, R — 300 mg) tayinlanadi.
Etiotrop davolash. Levomitsetin — bemorlarni davolashda asosiy antimikrob preparat hisoblanadi. Uni 0,5—0,75 g dan sutkasiga 4 mahal normal tana haroratining 10—12-kunigacha beriladi. Tana harorati normaga tushgandan so‘ng preparat miqdori biroz kamay- tiriladi (sutkasiga 0,5 g dan 3 mahal). Noxush belgilar paydo bo‘lganda (ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq) preparat shamchalar tarzida yoki levomitsetin suksinat (sutkasiga mushak orasiga 0,7 g dan 3 mahal) qo‘llanadi. Bu foyda bermasa yoki monelik qiluvchi omillar (psoriaz, ekzema, qon ishlab chiqaruvchi a’zolar faoliyatining pasayishi) mavjud bo‘lsa va bemor preparatni qabul qila olmasa ampitsillin 1—1,5 g dan sutkasiga 4—6 mahal normal tana haroratining 10—12-kunigacha ichishga buyuriladi. Mushak orasiga

  1. 5 g dan 6 soat oralig‘ida ampitsillin yuborish mumkin.


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling